Egiluvchanlik–jismoniy fazilat bo‘lib,harakat tayanch apparatlarining morfofunksional xususiyatlari demakdir. Bu xususiyatlar shu apparat zvenolariningharakatchanligi, uning maksimal amplitudasi (og‘ishi, egilishi, buklanishi, cho‘zilishi, qayishqoqligi, buralishi vahokazolar) bilan o‘lchanadi.
Egiluvchanlik aktiv, passiv bo‘lishi mumkin. Muskul kuchi evaziga bo‘ladigan egiluvchanlik aktiv; tashqi qarshilikni inersiya yoki og‘irligi evazigatashqi taosir kuchi vahokazolarhisobiga namoyon qilinadiganegiluvchanlik passivegiluvchan-likdeyiladi. Emotsionallik ko‘tarinki kayfiyat va boshqalar egiluvchan-likning namoyon bo‘lishiga ijobiy yoki salbiy taosir ko‘rsatishi amaliyotda isbotlangan. Egiluvchanlik chegaralanadi unda cho‘zila-digan muskullarning qo‘zg‘aluvchanligi mu’im a’amiyatga ega. CHunki uning tabiatida cho‘zilayotgan muskullarnihimoyalash, saqlash xususiyati mavjud. CHo‘zilayotgan muskullarning egiluv-chanligi ortishi bilan ularning qo‘zg‘aluvchanlikholati yuqori darajaga ko‘tariladi. Bunda cho‘ziluvchan muskullarning faoliyati maolum darajada pasayadi.
Egiluvchanlikni namoyon bo‘lishi tashqi mu’it temperatu-rasigaham bog‘liq. Temperaturaning ortishi bilan egiluvchan-lik ortib boradi. Erta tongdan tungacha bo‘lgan vaqt, boshqa jismoniy sifatlarga qaraganda, egiluvchanlikka ko‘p taosir qiladi. Masalan, ertalab egiluvchanlik ancha kamaygan bo‘ladi. Mashg‘ulot vaqtida
egiluvchanlik turli sharoitlar („arorat, kunning vaqti) taosirida o‘zgarishini eotiborga olish lozim.
Egiluvchanlikni yomonlashuviga olib boradigan noqulayholatlarni, chigal yozish (razminka) mashqlari yordamida muskul-larni qizitish bilan bartaraf etish mumkin. Egiluvchanlik charchash taosirida sezilarli o‘zgaradi, aktiv egiluvchanlikko‘rsatkichlariesa ortib boradi. Bolalar kattalarga qaraganda ancha egiluvchan bo‘ladi, degan fikr unchalar to‘g‘ri emas. Bu fikrni boshqacharoq –bolalarda egiluvchanlikni tarbiyalash kattalarga nisbatan osonroq ko‘chadi, deb tushunsak to‘g‘rirok bo‘ladi. Aktiv egiluvchanlik bevosita muskul kuchi bilan aloqa-dor. Lekin kuchni rivojlantiradigan mashqlar bilan shug‘ulla-nish bo‘g‘inlardaharakatchanlikni susaytirishi, chegaralash mumkin.