Egiluvchanlikni va bo‘g‘imlar qayishqoqligini tarbiyalash. Egiluvchanlik va bo‘g‘imlar qayishqoqligi sport gimnastikasida ustivor ahamiyatga molikdir. Gimnastikada deyarli barcha mashqlar maksimal amplitudada ijro etiladi, binobarin, mazkur zaruriyat egiluvchanlik va qayishqoqlik qanchalik muhim ekanligidan dalolat beradi. Aynan ushbu sifatlar gimnastik mashqlar texnikasini samarali o‘zlashtirish, jismoniy sifatlarni tejamli ijro etish va yuksak sport natijalariga erishish istiqbolini ta’minlaydi (12,13). Ko‘p sonli manbalarga asosan egiluvchanlik va bo‘g‘imlar qayishqoqligini unumli rivojlantirishning ustivor uslubi – bu mushaklarni «cho‘zish» va «bo‘shashtirish» mashqlarini surunkasiga qaytarishdan iborat. Bunday mashqlarga faol va passiv egiluvchanlikka oid harakatlar, maksimal amplituda va tezlikda ijro etiladigan yoysimon harakatlar misol bo‘lishi mumkin. Ta’kidlash joizki, mazkur mashqlarni qo‘llashda, bolalarning jismoniy va morfofunksional imkoniyatlar e‘tiborga olinishi lozim.
Egiluvchanlik va bo‘g‘imlar qayishqoqligini tarbiyalashda sekin-astalik, izchillik, ketma-ketlik, mutanosiblik tamoyillariga amal qilish mashg‘ulotlar samarasini belgilaydi.
Koordinatsion qobiliyatlarni tarbiyalash. Gimnastikada, jumladan, yangi elementlarni o‘zlashtirishda, koordinatsion qobiliyat ham dolzarb omillardan biridir (11).
Dastlabki tayyorgarlik bosqichida yosh gimnastikachilar koordinatsion qobiliyatlarini o‘rganish masalalari Qayd etilgan adabiyotlar tahlili shundan darak beradiki, bolalarning kichik yoshdan boshlab yuksak sport natijalariga erishib kelayotganligi ularning harakat imkoniyatlari ulkan ekanligini isbotlaydi. Ana
vaziyatni e‘tiborga olgan holda ko‘pgina mutaxassislar jismoniy sifatlarni rivojlantirish sur’ati bolalikdan boshlab jadallashtirilishi lozimligiga ahamiyat qaratishadi. YAna boshqa bir guruh olimlar (17) kichik maktab yoshidagi bolalarda barcha sifatlarni bir maromda tarbiyalash zarurligiga e‘tibor qaratish bilan bir qatorda, 5-6 yoshda harakat tezligi, egiluvchanlik, epchillik va statik kuchni, 8-9 yoshli bolalarda esa tezkorlik, epchillik, statik kuchni rivojlantirishga urg‘u berish muhimligini ta’kidlaydilar. Diqqatni tortadigan joyi shundaki, ko‘pgina tadqiqotlar jismoniy tayyorgarlikning asosiy tarkibi va fundamental o‘zgarishi aynan dastlabki tayyorgarlik bosqichida amalga oshishini isbotlaydi.