KIRISH
Hikoyalar bilan o‘qitish bolajonlar uchun juda juda qiziq bo‘ladi.Bolaning til
tizimini egallash borasidagi barcha yutuqlarini muloqotni ta’minlovchi mazmunli,
keng yoyilgan fikr sifatida qaraladigan ravon nutq о’z ichiga oladi. U
mazmunliligi, mantiqliligi va izchilligi bilan ajralib turadi.
Ravon nutq bola til
boyligini qanchalik о’zlashtirganligining kо’rsatkichi hisoblanadi, u bolaning
aqlan, estetik, emotsional jihatdan rivojlanish darajasini aks ettiradi.
Monologik nutqni rivojlantirish nazariyasi va metodikasining yanada
rivojlanishi bolalar ravon nutq turlari va fikr bildirishning turli xillarini
о’zlashtirish xususiyatlarining chuqur tadqiq etilishi bilan tavsiflanadi. Izohlovchi
nutqlar, mulohaza shaklidagi jumlalarning xususiyatlari о’rganiladi
va uning
negizida
bolalarga
monologlarning
turli
xillarini о’rgatish metodikasi
yaratiladi.F.A.Soxin, O.S.Ushakova va ularning shogirdlari tomonidan ravon
nutqni shakllantirishninig turli jihatlari bо’yicha olib borilgan tadqiqotlar ravon
nutqni baholashning shunchaki mantiqlilik, izchillikdan kо’ra
yanada aniqroq
mezonlarini qidirishni galdagi vazifalardan biri qilib qо’ydi. Ravonlikning asosiy
kо’rsatkichi sifatida sо’zlar, gaplar va fikrlarning qismlari о’rtasida zarur aloqa
vositalaridan foydalangan holda, matnni tarkibiy jihatdan tо’g‘ri tqobiliyatini
shakllantirish qabul qilingan.Olimlar bolalarni о’qitishni
ularning yuqori
darajadagi aqliy va nutqiy rivojlanish darajasini ta’minlash, til qobiliyatlarini
shakllantirish imkonini beradigan darajada optimal tashkil etish yо’llarini topish
borasida faol ish olib bormoqdalar.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi.
Nutqni о’qitishning nazariy va empirik muammolarini tadqiq etish quyidagi
nazariy qoidalardan kelib chiquvchi umumiy boshlang‘ich pozitsiyalarga ega:
- ta’lim maktab yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishda, ayniqsa zamonaviy
noqulay nutqiy muhit sharoitida hal qiluvchi ahamiyatga ega;
- nutqni о’rgatish – «…dan to …gacha» kabi qattiq qoliplar tо’g‘ri
kelmaydigan hamda nutqni rivojlantirishning yosh
qonuniyatlari va bolaning
individual xususiyatlari bilan belgilanadigan ijodiy jarayondir;
- nutqni rivojlantirishning asosida kommunikativ yondashuv bо’lishi kerak,
xususan: ona tilini о’zlashtirish nutqiy muloqot faoliyatiga qо’shilishi, о’quv
sharoiti tabiiy muloqot sharoitlariga yaqinlashtirilishi lozim;
- о’qitish vaziyatida katta yoshli odamning bola bilan о’zaro hamkorligining
xususiyati ushbu bola uchun yetakchi bо’lgan muloqot shakli bilan belgilanishi
lozim;
- til ustida nutqiy faoliyat tuzilmasi doirasida hamda uning barcha
komponentlarini: undov-motivatsiya, yо’naltirish-tadqiqot,
ijro komponentlarini
hisobga olgan holda ish olib borish zarur;
-nutqni о’qitish bolalarning tilni о’rganish bо’yicha mustaqil faoliyatiga
asoslanishi va bolalar faolligining boshqa turlari bilan bog‘liq bо’lishi
kerak.Hozirgi paytda maktabgacha yoshdagi bolalarga nutqni о’qitish muammosini
ishlab chiqish mazkur metodologik xolatlardan kelib chiqqan holda olib
borilmoqda.
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish sohasidagi psixologik,
pedagogik tadqiqotlarni tahlil qilish quyidagi xulosalarga kelish imkonini beradi:
-nutqni rivojlantirish – bolaning individual psixik rivojlanishida markaziy
о’rin tutuvchi ijtimoiy-tarixiy tajribani о’zlashtirishining
murakkab, kо’p omilli
jarayonidir;
-nutqni rivojlantirish – bu malakali pedagogik rahbarlikni nazarda tutuvchi ijodiy
jarayon, lekin u stixiyali jarayon emas;
-bola nutqni rivojlantirish jarayonini boshqaruvchi pedagog bu jarayonning turli
yosh bosqichlaridagi qonuniyatlari,
mexanizmlari, о’ziga xosliklarini bilishi,
nutqiy rivojlantirishning о’ziga xosliklarini kо’ra olishi va bolaning
individualligini hisobga olgan holda, uning nutqiga ta’sir kо’rsatishning eng
samarali yо’llarini tanlashi lozim.
Kurs ishi maqsadi: o‘qish darslarida hikoya o‘qishni tashkil etishning amaliy-
nazariy asoslari.
Kurs ishi vazifalari:
—mavzuga oid adabiyotlarni o‘rganish, uning o‘rganilganlik darajasini aniqlash;
—kurs ishning nazariy va
amaliy asoslarini belgilash;
—o‘quvchilarining real bilish imkoniyatlarini tahlil qilish;
—darslarda mustaqil fikrlash kontseptsiyasini asoslash va o‘qish taʼlimi
mazmuniga mos biluv topshiriqlari tizimini ishlab chiqish;
—biluv topshiriqlari tizimini taʼlimga tatbiq qilish va uning samaradorligini
o‘rganish.2-sinf o‘qish darslarida hikoya o‘qitishda biluv topshiriqlari va ijodiy
mashqlarni amaliyotga tatbiq qilish tamoyillari, vositalari asoslandi. kurs ishida
o‘quvchilarning o‘qish darslarida hikoya o‘qishni hamda mustaqil ishlarini tashkil
etish muammosi alohida
mavzu sifatida ajratilib, uning vositalari, samaradorligi,
o‘quvchilar o‘zlashtirishining sifatini yaxshilashdagi o‘rni ilk bor o‘rganildi.
Kirish, 2 bob, 5 fasl, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tuzilgan.