II. Bob. HIKOYALARNI JANRIY XUSUSIYATLARIGA KO‘RA
O‘RGANISH.
2.1. Hikoyani o‘qish metodikasi.
Biz bilamiz,hikoyalar bolajonlar uchun juda qiziq bo‘ladi.Shu sabab biz bu
bo‘limizda,bunga alohida to‘xtalishni xohladik. Hikoya kichik hajmli badiiy asar
bo‘lib, unda kishi hayotidagi ma’lum bir voqea, hayotning muhim tomonlari
umumlashtirib tasvirlanadi. “Hikoya ko‘pincha kishi hayotida bo‘lgan bir epizodni
tasvir etadi.
Uning mazmuni ertakdagidan ortiqroq hayotiydir” Hikoya mazmunan
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun mos janr hisoblanadi. Kichik yoshdagi
o‘quvchilarni qahramonlaming xattiharakati, tashqi ko‘rinishi, portret tasviri,
voqea-hodisalar haqidagi hikoyalar ko‘proq qiziqtiradi. Shuning uchun bolalami
hikoya
bilan
tanishtirish
uning
sujetini
tushuntirishga
bog‘lab
olib
boriladi.Boshlang‘ich sinflarda hikoyani o‘qishga bag‘ishlangan izohli o‘qish
darslarida o‘qilgan hikoya mazmunini ochish, lug‘at ustida ishlash, o‘qilgan
matnni qayta hikoyalash kabilar asosiy ish turlaridan hisoblanadi. Hikoya mazmuni
odatda savollar asosida tahlil qilinadi. So‘roqlardan ikki maqsadda: hikoya
mazmunini tahlil qilish hamda dalillar, mulohazalar, xulosalarni taqqoslash, voqea-
hodisalar, xattiharakat o‘rtasidagi bog‘lanishlami aniqlash va umumlashtirish
uchun foydalaniladi. Hikoyani o‘qish darsida o‘quvchilar tushunmaydigan so‘z va
iboralar ma’nosini tushuntirish ham muhim, aks holda ular hikoya mazmunini
tushuna olmaydilar. Hikoyani o‘qishda uning mazmunini tahlil qilish va shu
asosda o‘quvchilar nutqini o‘stirish markaziy o‘rin egallaydi. Hikoya o‘qib
bo‘lingach, o‘quvchilar o‘ylashi, o‘z mulohazalarini aytishi uchun tayyorlanishga
vaqt berish kerak. O‘qilgan asar yuzasidan beriladigan dastlabki savollardan
maqsad hikoya bolalarga yoqqan-yoqmaganligi, undagi qaysi qahramonning
xarakteri bolaga ta ‘sir etganini bilishdan iborat.
Shundan keyingina hikoya sujeti, voqeaning yo‘nalishini ochishga, personajlar
xarakterini tushunishga, nihoyat, asarning asosiy g‘oyasini bilib olishga yordam
beradigan savollardan foydalaniladi. Badiiy asarni tahlil qilishda sujetni to‘liq
tushuntirishga berilib ketib, qahramonlarga tavsif berish, asar qurilishi va tilini
tahlil qilish kabi ish turlari e ‘tibordan chetda qolmasligi lozim. Ertak janriga xos
matnlar jozibadorligi bilan bolani o‘ziga tortadi. Lekin hikoya janri ham
hayotiyligi bilan o‘ziga xos. Hikoyada voqealar tez rivojlanib boradi. Unda inson
hayoti, u bilan bog‘liq hayotiy lavhalar bayon etiladi. O‘quvchilar
qahramonlaming xarakteri, ulardagi xususiyatlar bilan qiziqadilar. Masalan, 3-sinf
„O‘qish kitobi“dagi “Dadam qurgan dengiz” (Hakim Nazir), “Olma” (Malik
Murodov), “Ilmli mingyashar” (Nurmat Maqsudiy), “Xazonchinak” (O‘.
Hoshimov), “Qo‘sh- terak“ (A. Irisov), “Mehnatkash qiz” (Oybek) va boshqa
qiziqarli hikoyalar berilgan. Ular mavzu jihatdan xilmaxil bo‘lib, qahramonlarining
xarakter-xususiyatlari bilan ham farq qiladi. Hikoya biror bir davr bilan bog‘liq
bo‘ladi. O‘quvchilar qahramonlaming ma’naviyatiga bo‘lgan qiziqishlari tufayli
hayotning nurli va qorong‘i tomonlari xususida muayyan tushunchaga ega bo‘la
boshlaydilar.Ularda go‘zallik va nafosatga muhabbat, yovuzlikka nisbatan nafrat
tuyg‘usi hikoyalar bilan tanishish va uni tahlil qilish davomida shakllanib boradi.
Masalan, 3-sinfda “Jaloliddin Manguberdi” hikoyasida Chingizxon va uning
qo‘shinlariga nisbatan nafrat uyg‘otilsa, Jaloliddin Manguberdining xatti-harakati
misolida ona-Vatanga mehrmuhabbat uyg‘otiladi, uning taqdiri orqali o‘z
ajdodlaridan faxrlanish tuyg‘usi paydo bo‘ladi. Hikoya tahlili adabiy tur sifatida
o‘ziga xos xususiyatlari va vazifasidan kelib chiqib ish ko‘rishni taqozo etadi.
Undagi har bir so‘z, ibora, gap yozuvchining fikrini ifodalashga xizmat qiladi.
Hikoya matni uning mazmunini yoki badiiy xususiyatlarini o‘rganishdagina emas,
tahlilning ifodali, adabiy, shartli yoki ijodiy o‘qish, muammoli usullardan
foydalanish uchun ham manba bo‘lishi lozim. Boshlang‘ich sinflarda hikoya sujeti,
kompozitsiyasi, qahramonlarini o‘rganish bo‘yicha turli tahlillar matn ustida
ishlash asosida olib boriladi. Bunda o‘quvchining ijodiy faolligi ortadi, ijodiy
fikrlash doirasi kengayadi. “Jaloliddin Manguberdi” hikoyasi qahramonlarini,
ularning xatti-harakatlarini o‘rganish va tahlil qilishni matnga tayangan holda
quyidagi reja asosida amalga oshirish mumkin:
1. Chingizxonning hiyla ishlatgan o‘rnini matndan topish. Uning o‘quvchilarda
qanday taassurot qoldirganligini aniqlash.
2. Jaloliddin Manguberdining Eron va Afg‘onistonda mo‘g‘ullarga qarshi kurashib,
erishgan g‘alabasi tasvirlangan o‘rinni topib o‘qish.
3. Lashkarboshilarning o‘lja taqsimlashi oqibatida nima yuz berganini aniqlash. Bu
o‘rinni matndan topish.
4. Jaloliddin Manguberdining jasorati yana qaysi o‘rinda ko‘ringani naniqlash.
5. Chingizxon Jaloliddin Manguberdiga nima uchun tan berganini aytish.
Shundan so‘ng o‘quvchilar Jaloliddin Manguberdi haqida ongli fikr yuritadilar.
Chingizxon bilan Jaloliddin Manguberdining xattiharakatlarini taqqoslab,
farqlaydilar.Hikoya mazmunini o‘zlashtirish bo‘yicha matn asosida quyidagicha
ishlar amalga oshiriladi:
1. Matn mazmuni yuzasidan o‘qituvchi savollariga javob berish.
2. Hikoya matni asosidagi savol-topshiriqlami bajarish.
3. Hikoya mazmuni yuzasidan o‘quvchilaming savollar tuzishi.
4. Hikoya mazmuniga mos rasmlar chizish.
5. Hikoya matnini qismlarga bo‘lish.
6. Har bir qismga sarlavha topish.
7. Hikoyaga reja tuzish.
8. Reja asosida qayta hikoyalash (to‘liq, qisqartirib va ijodiy qayta hikoyalash).
9. Reja asosida bayon yozish.
Tahlilda o‘qilayotgan hikoya matnining tushunarliligi hal qiluvchi ahamiyatga
ega. Tushunarlilik deganda yozuvchi yaratgan badiiy olamning o‘ziga xosligi,
obrazli tasvirning o‘quvchi hayotiy tajribasi, bilim darajasiga muvofiqligi nazarda
tutiladi. Hikoyani o‘rganishda savollarni, odatda, o‘qituvchi beradi, ammo asar
mazmuni, qatnashuvchi shaxslarning xulq-atvorini ochish yuzasidan o‘quvchilarga
ham savol tuzdirish juda foydali. Bu usul bolalarga juda yoqadi va ishni
jonlantiradi, asar mazmunini yaxshi tushunish, o‘z fikrini izchil bayon qilish
malakasini egallash, mazmun va voqealar orasidagi bog‘lanishni to‘liq esda saqlab
qolishda o‘quvchilarga yordam beradi. Hikoyani izohli o‘qish darsini quyidagicha
reja asosida olib boorish mumkin:
1. Hikoyani o‘qishga tayyorlash (hikoyadagi kabi odamlar hayoti va davrga
xarakteristika berish va boshqa.).
2. Hikoyani o‘qish (bunda to ‘liq va m a ‘no jihatdan tugal qismni o‘qituvchi yoki
oldindan tayyorlangan o‘quvchi ifodali o‘qishi mumkin).
3. Lug‘at ustida ishlash.
4. Idrok etishni tekshirish (qatnashuvchilarning xatti-harakatlari, shaxslar va
voqealar o‘rtasidagi munosabatlar, badiiy vositalar yuzasidan qisqacha suhbat).
5. Hikoyani qayta o‘qish (qismlarga bo‘lib, rollarga bo‘lib o‘quvchilarga o‘qitish).
6. Hikoyaning har bir bo‘limi (qismi) yuzasidan suhbat uyushtirish, hikoya rejasini
tuzish.
7. Reja asosida qayta hikoyalash.
8. Hikoya asosida ijodiy va mustaqil ishlar.
9. Hikoyani ifodali o‘qishga yoki sahnalashtirishga tayyorlanish(sinfda yoki uyda).
10. Hikoyani ifodali o ‘qish va ifodali qayta hikoyalash.
Dostları ilə paylaş: |