Mundarija: kirish I. Bob. O‘qish darslarida hikoyaviy mavzularning maqsad,vazifalari va ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/13
tarix16.02.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#84600
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
o`qish darslarida hikoya o`tish uslubiyoti

hikoyasini o‘qishda “Mehrobdan chayon” filmidan parcha ko‘rsatilishi,3-
4- sinflarda Ibn Sino haqidagi asarlarni o‘rganishda “Ulug‘bek xazinasi”, Alisher
Navoiy haqidagi asarlar bilan tanishtirishda “Alisher Navoiy” filmi namoyish 
etilishi mumkin.Kinofilm va diafilmlardan o‘quvchilarni asarni o‘qishga 
tayyorlash davrida foydalaniladi. Ular o‘quvchilaming tasawur qilishlariga, 
tushunchalarini oydinlashtirishga, ongli o ‘qish va hissiy idrok etishlarigan yordam 
beradi. O‘quvchilaming film namoyishida tug‘ilgan ayrim savollariga ulaming 
o‘zlari yangi o‘qiydigan asarlardan javob topadilar. 
Tayyorgarlik ishlarini bunday uyushtirish o‘quvchilaming o‘qishga bo‘lgan 
qiziqishlarini ham oshiradi.O‘qituvchi hikoyasi. Bu metod asar muallifi haqida
ma’lumot berishda eng samarali hisoblanadi. Asar muallifi shoir va yozuvchilar 


haqida so‘zlab berilayotganda ulaming portretlari, bolalar uchun yozgan asarlari 
namoyish etilsa, o‘quvchilaming muallif ijodiga qiziqishlari ortadi. Boshlang‘ich 
sinfda shoir, yozuvchilarning o‘z tilidan o‘qigan asarlari yoki ular haqida boshqalar 
aytgan fikrlami magnit tasmasidan eshittirilsa yoki video tasmadan ko‘rsatilib, 
unga o‘qituvchi hikoyasi qo‘shilsa, darsning samaradorligi yanada oshadi. 
Masalan, 4-sinfda O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi aytilgach,
A. Oripovning o‘zi aytgan “O‘zbekiston” she’ri qo‘yib eshittirilishi mumkin. 
O‘qituvchi yozuvchi va shoirlar haqidagi ma’lumotlami o‘quvchilar saviyasiga 
mos qilib, hayajonli qilib hikoya qilsa, o‘quvchilaming badiiy asami o‘qishga ichki 
istagi kuchayadi, ularda kitob o‘qishga muhabbat ortadi. Yozuvchi haqidagi 
ma’lumot 1-sinfdan 4-sinfga borgunga qadar ko‘paytirilib, chuqurlashtirilib 
boriladi. Asami o‘qishga tayyorgarlik bevosita o‘quvchilaming mustaqil 
izlanishlari asosida ham tashkil etiladi. Masalan, “Kitobga ixlos” (4-sinf) asarini 
o‘qishga tayyorgarlikda o‘quvchilaming o‘tmishda yashagan tarixiy shaxslar 
haqidagi tushunchalari aniqlangach, o‘quvchilar xayolan sayohatga olib chiqiladi. 
O‘qituvchi o‘quvchilarni Buxorodagi tarixiy muzeyga taklif etadi. Muzeyda 
o‘quvchilar Abu Ali ibn Sino portretini kuzatadilar, u haqdagi yozuvlami 
o‘qiydilar (Muzey uchun sinfning biror qismi ajratiladi). 
Abu Ali ibn Sino - ma’rifatparvar alloma 
Abu Ali ibn Sino — buyuk hakim 
Men kechalari kam uxlar, kunduzlari ham ilmdan boshqa narsa bilan 
shug‘ullanmas edim. (Ibn Sino) Bir kuni shohdan kutubxonasiga kirishga va u 
yerda tibga oid kitoblarni mutolaa qilishga ruxsat so‘radim. Shoh menga ruxsat 
berdi. (Ibn Sino) Ibn Sino dorivorlar tayyolash, yurak kasalligi, jarrohlik va boshqa 
sohalarga doir 400 dan ziyod asar yozgan o‘quvchilarni mustaqil izlanishga 
o‘rgatishning yana bir usuli o‘quvchilarga oldindan yozuvchi yoki asar yozilgan 
davr haqida kitoblar, manbalar tavsiya etib, ulardan ma’lumotlar to‘platish, 
albomlar tayyorlatish, so‘ng o‘quvchilar o‘zlari aniqlagan ma’lumotlami o‘qib, 
so‘zlab berishidir. Sinfdan sinfga ko‘chish bilan yozuvchi hayoti va ijodi haqidagi 


o‘quvchilar bilimi ortib boradi. Asar muallifi bilan tanishtirishga qo‘yilgan talablar 
ham ko‘payadi. O‘qituvchi qisqa ma’lumot berishdan yozuvchi hayoti bilan 
to‘liqroq tanishtirishga o‘tadi. Bunda u kichik maktab yoshidagi o‘quvchilaming 
yoshiga mos imkoniyatlarni, ular yozuvchi bilan qay darajada tanish ekanligi va 
uning asarlaridan nimalarni o‘qiganligini hisobga oladi.
Asar bilan tanishtirish:Tayyorgarlik davridan so‘ng 1-bosqich amalga 
oshiriladi. Bu bosqichning asosiy vazifasi asar mazmuni bilan tanishtirishdir. 
Badiiy asarni yaxlit idrok etish muhim bo‘lgani uchun maktab tajribasida asar 
ustida ishlash shu asar yoki uning bir darsda o‘rganishga mo‘ljallangan qismi 
yaxlit o‘qish usulida tanishtiriladi. Hikoya, masal, she’ming mazmunini to‘g‘ri 
idrok etish, shuningdek, matnning hissiy ta’sirini oshirish uchun ifodali o‘qish kata 
ahamiyatga ega. Asar matni bilan tanishtirishning bir necha usullari mavjud. Ular 
quyidagilar: 
I. Matn o‘qituvchi tomonidan ifodali o‘qib beriladi (ba’zan asar matni 
magnitafon orqali ham eshittirilishi mumkin). O‘quvchilar matn mazmuni bilan 
tanishtirilgach, o‘qituvchi ularga boshlang‘ich taassurotlarini aytishni talab 
qiladigan savollar beradi. Masalan, “Hikoyaning qaysi o ‘rni sizga yoqdi?”, “ 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin