yaratilgan maktab dasturida kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda
shakllantiriladigan matn ustida ishlash ko‘nikmalari belgilab berildi, shuningdek,
1-4-sinflarda o‘qish malakasiga qo‘yilgan talablar ancha aniq ajratildi. XX asming
70-yillari boshlarida mazmuni va metodik apparati jihatidan hayotga
yaqinlashtirilgan o‘qish kitoblari yaratildi. Mustaqillik tufayli ta ‘lim sohasida
ham katta islohotlar amalga oshirildi. 1999-yil boshlang‘ich ta ‘limning ham
“Davlat ta ‘lim standart”i yaratildi, o‘quv dasturlari yangilandi. 2005-yil tajriba-
sinov natijalari hisobga olinib, davlat ta ‘lim standartlari va o‘quv dasturlari qayta
ko‘rib chiqildi, “O‘qish kitobi” darsliklari ham yangilandi. O‘zbek maktablarida
taniqli rus metodist-olimlari T. G. Ramzayeva,M. S. Vasileva, V. G. Goreskiy, К.
T. Golenkina, L. A. Gorbushina,M. I.Omorokova, E. A.Nikitina, N. S.
Rojdestvenskiy, o‘zbek olimlaridan A. Zunnunov, K. Qosimova, Q. Abdullayeva,
S.Matchonov, M.Yusupov, M.Umarova, X. G ‘ulomova kabilar ishlab chiqqan
takomillashgan sinfda o‘qish metodikasidan ijodiy foydalanilmoqda.
Eng muhim joylari shu bo‘lsa kerak.
Boshlang‘ich sinflarda badiiy asar quyidagi muhim
metodik qoidalar asosida
tahlil qilinadi:
1. Asar mazmunini tahlil qilish va to‘g‘ri, tez, ongli, ifodali o‘qish malakalarini
shakllantirish bir jarayonda boradi (asarning mazmunini tushuntirishga oid
topshiriq o‘qish malakalarini takomillashtirish topshirig‘i ham hisoblanadi).
2. Asarning g‘oyaviy
asoslari va mavzusini, uning obrazlari, sujet chizig‘i,
kompozitsiyasi va tasviriy vositalarini tushuntirish o‘quvchilaming shaxs sifatida
umumiy kamol topishiga yaxshi xizmat qiladi, shuningdek, bog‘lanishli nutqining
o‘sishi (lug‘atining boyishi va faollashishi) ni ta ‘minlaydi.
3. O‘quvchilaming hayotiy tajribasiga tayanish
asar mazmunini ongli idrok
etishning asosi va uni tahlil qilishning zaruriy sharti hisoblanadi.
4. Sinfda o‘qishga o‘quvchilaming bilish faoliyatini faollashtirish, atrof-muhit
haqidagi
bilimlarini
kengaytirish
va
ilmiy
dunyoqarash
asoslarini
shakllantirishning samarali vositasi sifatida qaraladi.
Asarni tahlil qilishda hisobga olish zarur bo‘lgan
muhim omillardan biri uning
o‘quvchilarga hissiy ta’siridir. O‘quvchilar muallifning asosiy fikrini tushunibgina
qolmay, muallif hayajonlangan voqeadan ham hayajonlansinlar. Matnni tahlil
qilish o‘quvchida fikr qo‘zg‘atishi, hayotiy tajribasining muallif qayd etgan
dalillarga to‘g‘ri kelish-kelmasligini aniqlashi zarur.
Tahlil davomida asarning
estetik qimmati, badiiy go‘zalligi ham alohida qayd qilib o‘tiladi. O‘qish
metodikasi adabiyotshunoslik, psixologiya, pedagogika
ishlab bergan nazariy
qoidalarga asoslanadi. Sinfda o‘qishni to‘g‘ri uyushtirish uchun o‘qituvchi badiiy
asarning o‘ziga xos xususiyatlarini, ta ‘limning turli bosqichlarida o‘qish
jarayonining
psixologik asoslarini, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilaming
matnni idrok etish va o‘zlashtirish xususiyatlarini hisobga olishi zarur.
Dostları ilə paylaş: