1.3. Hikoya ustida ishlash
Kitob o‘qish dunyodagi eng kuchli insonlardan biri bo‘lish uchun juda zo‘r imkon
manbaiidir.Ayniqsa tanlab ularni mutolaa qilish yanayam muhimdir. Badiiy asar
ustida ishlash va uning asosiy bosqichlarini belgilashda o‘qituvchi badiiy asarning
san’at asari sifatida o‘ziga xos xususiyatlari va o‘quvchilamintayyorgarlik
darajasini nazarda tutadi.Badiiy asarda barcha qismlar (g‘oyaviy asos,
kompozitsiya, sujet,tasviriy vositalar) o‘zaro bog‘liq bo‘ladi. Sujet rivoji asosida
asar qahramonlarining yangi-yangi qirralari ochila boradi. Bu xususiyatlar asar
ustida ishlashda uni yaxlit o‘qish va idrok etishni talab etadi.O‘quvchilarni badiiy
asar ustida ishlashga o‘rgatish ularda adabiyestetik tahlil malakasini shakllantirish
va o‘stirish orqali ta’lim-tarbiya berishni nazarda tutadi. Asar matnini tahlil qilish
muallif fikrini, hissiyoti va xulosalarini tushunishga yordam beradi, asarda ifoda
etilgan voqealarga munosabat uyg‘otadi. Asar tahlili o‘qituvchidan o‘quvchilar
faoliyatini ma’lum maqsadiga yo‘naltirishni taqozo qiladi. “Maktabda badiiy
asarni tahlil qilishdan asosiy maqsad asarda ifodalangan hayotiy voqeani yoritish
orqali o‘quvchilarni badiiy adabiyot olamiga olib kirish, tasvirlanayotgan
voqealarga nisbatan muallifning munosabati va niyatlarini payqab olishga
imkoniyat yaratishdan iboratdir. O‘quvchilaming yozuvchi oldinga surgan g‘oya,
muammolarni to‘liq tushunishlariga erishmay turib, adabiyotning yoshlami
tarbiyalashdagi vazifasini amalga oshirib bo‘lmaydi” . O‘quvchi asarning mazmuni
bilan uni mutolaa qilish paytida tanishsa, tahlil qilishda uning poetik vositalariga
murojaat qiladi. Mutolaa hissiyotni boyitib, aqlni peshlasa, tahlil asar zamiridagi
ma’noni chuqur o‘rganishga yordam beradi. O‘qituvchi badiiy asar ustida
ishlashda quyidagi masalalarni hal qilishi lozim:
1. Asar ustida ishlashning maqsad va mazmunini aniqlab olishi.
4. Asami qanday metodlar asosida o‘rganishni aniqlashi.
5. O‘quvchilar egallaydigan bilim, ko‘nikma va malakalar doirasini belgilab olishi.
Boshlang‘ich sinflarda badiiy asar ustida ishlash uch asosiy bosqichga bo‘linadi:
Birinchi bosqich (birinchi sintez).
Bu bosqichning asosiy vazifasi matnni yaxlit idrok etish asosida asarning aniq
mazmuni va tasviriy ifoda vositalari bilan tanishtirishdan iborat.
Ikkinchi bosqich (analiz). Bu bosqichning vazifasi va ish mazmuni voqealar
rivojining bog‘lanishini belgilash, ishtirok etuvchi shaxslarning xulq-atvori va
ularning asosiy xususiyatlarini aniqlash (nega shunday qildi va bu uning qanday
xususiyatini ochadi), asar kompozitsiyasini ochish (tugun, kulminatsion nuqta,
yechim), asarning aniq mazmunini tasviriy vositalar bilan birga tahlil qilish va
qahramonlar xulq-atvorini baholash (muallif nimani tasvirlagani, qanday
tasvirlagani, nima uchun u yoki bu dalilni tanlagani)dan iborat.
Uchinchi bosqich (ikkinchi sintez). Bu bosqichning ish mazmuni ishtirok
etuvchi shaxslarning muhim xususiyatlarini umumlashtirish, qahramonlami
taqqoslash va baholash, asarning g‘oyasini aniqlash, badiiy asarni hayotni bilish
manbai va san’at asari sifatida baholash(qanday ma’lumotlarga ega bo‘ldik, asar
nimaga o‘rgatadi, muallif o‘z fikri va taassurotlarini qanday qilib aniq-ravshan va
ta ‘sirli tarzda yetkazadi va hokazo)dan iboratdir. Ikkinchi sintezdan so‘ng o‘qilgan
asarga bog‘liq holda ijodiy xarakterdagi ishlar o‘tkaziladi. Asar maqsadga muvofiq
tahlil qilinsa, o‘quvchilar faolligi ortadi, chunki asarni tahlil qilish ular uchun
ijodiy jarayondir.Badiiy asarni o‘qishga tayyorgarlik Asarni o‘qishga kirishishdan
oldin o‘quvchilarni badiiy asarni o‘qishga tayyorlash lozim bo‘ladi. Chunki
o‘quvchilar asar mazmunini to ‘g ‘ri idrok etishlari uchun hayot haqida ma’lum
tasawurga
ega
bo‘lishlari
zarur.
Buning
uchun
tayyorgarlik
ishlari
o‘tkaziladi.Ma’lumki, sinfda o‘qish asosida badiiy va ilmiy-ommabop matnlar
turadi. O‘quvchilarni matn bilan tanishtirish o‘qishga tayyorgarlik bosqichidan
boshlanadi.
Tayyorgarlik bosqichi yozuvchilar haqida ma’lumot berish,o‘quvchilarni
asarda tasvirlanadigan voqea-hodisalami idrok qilish, asar pafosini his etish,
notanish va ko‘p ma’noli so‘zlar, murakkabroq tarzdagi obrazli ifodalami izohlash
kabi masalalarni o‘z ichiga oladi. Agar asar yil fasllari haqida bo‘lsa, tabiat
qo‘yniga sayohat uyushtirish ham sinfda o‘qish muvaffaqiyat ini ta ‘minlashga
xizmat qiladi.Matn bilan dastlabki tanishuvdan so‘ng quyidagicha savollar bilan
murojaat qilish darsda o‘quvchilaming faolligini oshiradi:
1. Hikoyadagi qaysi epizodni qiziqarli deb о ‘ylaysiz ?
2. Hikoya qahramontaridan qaysi birining xatti-harakaUni ma’qullaysiz?
Qaysi birining fe’l-atvori, o‘zini tutishi sizga yoqmadi?
3. Hayotda shunday kishilami uchratganmisiz?
Tayyorgarlik ishlarining vazifalari quyidagilar:
1. O‘quvchilaming asarda aks ettirilgan voqea-hodisalar haqidagi tasawurlarini
boyitish, matnni ongli idrok qilishga ta ‘sir etadigan yangi ma’lumotlar berish,
badiiy asarda tasvirlangan dalillarni o‘quvchilaming o‘z hayotida kuzatganlari
bilan bog‘lay olishlariga sharoit yaratish.
2. Yozuvchining hayoti va ijodiga qiziqish uyg‘otish. Masalan,
4-sinfda Zafar Diyorning hayoti va ijodi haqida quyidagicha ma’lumotlar berish
mumkin: Zafar Diyor Namangan viloyatining Chust tumanida tug‘ilgan. Ota-onasi
dehqon bo‘lgan. Ular kambag‘allikda kun kechirishgan. Zafar Diyor to ‘rt yoshga
to‘lganda uning oilasi Toshkentga ko‘chib keladi. Onasi bosmaxonada ishlaydi.
Shoirning o‘zi esa eski maktabda o‘qiydi. Keyinchalik Toshkentdagi 7-bolalar
uyida tarbiyalanadi.Shoirning birinchi she’rlar to‘plami 21 yoshida bosilib chiqadi.
3. O‘quvchilarni asarni hissiy idrok etishga tayyorlash.
4. Asar mazmunini tushunishga xalal beradigan so‘zlaming lug‘aviy ma’nolarini
tushuntirish. Masalan, 4-sinf “O‘qish kitobi”dagi “Xarita”matni ustida ishlaganda
so‘z va iboralar lug‘ati quyidagicha bo‘lishi mumkin: O g‘zing ochilib qolsin —
Dostları ilə paylaş: |