I.BOB.
O‘QISH
DARSLARIDA
HIKOYAVIY
MAVZULARNING
MAQSAD,VAZIFALARI VA TA’LIMIY-TARBIYAVIY AHAMIYATI.
1.1. Kichik yoshdagi o‘quvchilaming hikoyani idrok etishdagi psixologik
xususiyatlari.
Boshlang‘ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilish metodikasida kichikyoshdagi
o‘quvchilaming badiiy asarni idrok qilishidagi psixologik xususiyatlar hisobga
olinadi. Ruhshunos olimlaming tekshirishlaridan ma’lum bo‘lishicha, asarni idrok
qilishga, bilim olishga xizmat qiladigan komponentlar bilan birga, uni emotsional-
estetik his etish ham kiradi.Badiiy asami yaxshi idrok etish uchun uni
tushunishning o‘zigina yetarli emas. Asarni idrok etish murakkab jarayon bo‘lib,
asarga unda tasvirlangan voqelikka qandaydir munosabatning yuzaga kelishini o‘z
ichiga oladi. Psixologik tekshirishlar natijasida kichik yoshdagi o‘quvchilaming
adabiy qahramonlarni idrok etishi va baholashidagi psixologik xusisiyatlari
o‘rganilgan va ular adabiy qahramonga ikki xil munosabatda bo‘lishlari
aniqlangan:
1. Adabiy qahramonga emotsional munosabat.
2. Elementar tahlil qilish.
Asarda qatnashuvchi shaxslarga baho berishda o‘quvchilar o‘z shaxsiy va
axloqiy tushunchalaridan foydalanadilar. Bunday axloqiy tushunchalar kichik
yoshdagi o‘quvchilarda chegaralangan bo‘ladi, albatta.Ular axloqiy sifatlardan
botirlik, to‘g‘rilik, mehnatsevarlik, yaxshilik tushunchalarini ko‘p ishlatadilar.
Qahramonlaming boshqa sifatlarini tasvirlash uchun ulaming so‘z boyliklari
yetishmaydi. O‘qituvchining vazifasi o‘quvchilar bilan asarni tahlil qilib, ular
nutqiga personajlarning axloqiy, intellektual, emotsional sifatlarini tasvirlovchi
so‘zlarni kirita borishdan iborat. Bu adabiy qahramonlaming xarakterini yaxshi
yoritish shartlaridan biri hisoblanadi. Asardagi qahramonlaming xarakteri ulaming
axloqiy sifatlarini anglash asosida tushuniladi.
Bunda qahramonning nima qilishi emas, nima uchun shunday qilishi kerakligini
bilish muhimdir.
Ushbu jarayonda asar qahramonlarining axloqiy sifatlari ustida ko‘proq ishlash
lozim.O‘qish darslarida o‘qilayotgan asarning ongli o‘zlashtirilishini ta’minlashda
o‘quvchilaming psixologik xususiyatlarini albatta hisobga olish zarur.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida idrok etish, talaffuz qilish va matn mazmunini
tushunish o‘rtasida puxta sintez yo‘q bo‘lgani uchun ular o‘qishda xatoga yo‘l
qo‘yadilar. Bu esa matn mazmunini tushunishni qiyinlashtiradi.To‘g‘ri o‘qish
so‘zning uzun-qisqaligiga, o‘quvchining so‘z boyligiga, ya’ni so‘zning leksik
ma’nosini qanchalik bilishiga hamda so‘zning bo‘g‘in va morfemik tarkibiga
bog‘liq. O‘quvchilar ko‘pincha quyidagi sabablarga ko‘ra xatoga yo‘l qo‘yadilar:
1. So‘zni talaffuz qilish bilan uning ma’nosini tushunish o ‘rta sida puxta sintez
bo‘lmagani uchun bola so‘zning oldin tovush tomonini ko‘radi, uni talaffuz
qilishga oshiqadi. So‘zning ma’nosini esa e’tibordan chetda qoldiradi.
2. So‘z ko‘p bo‘g‘inli bo‘lib, bola uni oldin eshitmagan bo‘lsa, xatoga yo‘l
qo‘yadi.
3. So‘zning ma’nosini bilmaslik tufayli xatoga yo‘l qo‘yadi.
4. Tez o‘qiyman deb xatoga yo‘l qo‘yadi.
5. To‘g‘ri o‘qish yorug‘likka va yorug‘likning tushishiga ham bog‘liq.
6. Undosh tovush so‘zning o‘rtasida va oxirida kelgan yopiq bo‘g‘inli so‘zlarni
o‘qishda qiynaladilar.
Xato o‘qishning oldini olish uchun quyidagilar e’tiborga olinadi:
1. Matnni o‘qitishdan oldin undagi o‘qilishi qiyin so‘z, birikma va gaplarni
aniqlash va ular ustida ishlash usullarini belgilab olish. Tuzilishi murakkab
so‘zlarni bo‘g‘inlab o‘qilishini mashq qildirish.
2. Matnni o‘qishdan oldin uning mazmunini tushunishni qiyinlashtiradigan
so‘zlaming lug‘aviy ma’nosini tushuntirish. So‘z ma’nosini izohlash usullarini
aniqlash.
3. Vazifalarni aniq va tushunarli qilib berish.
4. Matnni diqqat-e’tibor bilan o‘qishlari uchun sharoit yaratish.
5. Oldin ichda o‘qitish, so‘ng ovoz chiqarib o‘qitish.
6. O‘qitishda o‘quvchilaming individual xususiyatlarini hisobga olish, ya’ni matnni
oson, o‘rtacha qiyinlikda va qiyin o‘qiladigan o‘rinlarini belgilab olib, unga kuchi
yetadigan o ‘quvchilarga oldindan taqsimlab berish.
7. O‘quvchilarning o ‘qishini muntazam tekshirib turish.
8. Xatoning xarakteriga qarab, uni metodik tomondan to ‘g‘ri tuzatish yo‘lini
aniqlash.
9. O‘quvchilarni xato qilish mumkin bo‘lgan o‘rindan ogohlantirib turish.
10. Xatcho‘pdan foydalanish.
11. Xato o‘qish o ‘quvchining shaxsiy ko‘ruv sezgisiga bog‘liq bo‘lsa, bu jihatni
ham hisobga olish. O‘qituvchining tuzilishi murakkab so‘zlarni oldindan
xattaxtaga yoki kartonga bo‘g‘inlarga bo‘lib yozib qo‘yib, o‘quvchilarga ovoz
chiqarib birgalikda o‘qitishi yaxshi natija beradi.
O‘quvchilar yo‘l qo‘ygan xato ikki xil yo‘l bilan tuzatiladi:
1. O‘quvchi so‘z oxiridagi qo‘shimchani noto‘g‘ri o‘qisa, uni o‘qishdan
to‘xtatmasdan xatoni to‘g‘rilash mumkin.
2. Xato o‘qish bilan gaplarning mazmuni buzilsa, qayta o‘qitish usulidan
foydalaniladi. Bunda o‘quvchiga o‘qigan matni yuzasidan savol berilsa, o‘quvchi
e’tiborli bo‘lib qayta o‘qiydi. Tez o‘qish. Tez o‘qish me’yoriy tezlikda o‘qish
bo‘lib, bunda o‘qish sur’ati matnning mazmunini tushunishdan ajralib qolmasligi
kerak. O‘qish tezligi matnni tushunish tezligi bilan muvofiq ravishda o‘sib borishi
lozim. O‘qilayotgan asar mazmunini o‘zlashtirishni, matn mazmunini ongli idrok
etishni ta’minlaydigan o‘qish tez o‘qish deyiladi.O‘qish sifatlarini yaxshi
o‘zlashtirgan holda o‘quvchilaming o‘qish sur’ati bir-biridan farq qiladi. Bu dastur
talablarini bajarmadi, degan gap emas. Og‘zaki nutq tempiga to‘g‘ri keladigan
o‘qish sur’ati normal tezlik hisoblanadi. Chunki o‘ta tez ham, o ‘ta sekin o‘qish
ham matn mazmunini o‘zlashtirishni qiyinlashtiradi. O‘qish tezligi bir daqiqada
o‘qiladigan so‘zlar soni bilan belgilanadi. 2005-yilda e’lon qilingan o‘qish
dasturida 1-sinfning 2-yarim yilligida o‘qish sur’ati 20—25 so‘z (notanish matnni
o‘qish tezligi ham 20—25 so‘z); o‘quv yili oxirida 25—30 so‘z; 2-sinfning 1-
yarim yilligida matnni o‘qish tezligi 30—35 so‘z; 2-yarim yilligida 40—50 so‘z;
3-sinfning 1-yarim yilligida 60—70 so‘z; 2-yarim yilligida 70—80 so‘z; 4-sinfning
1-yarim yilligida ichda ovozsiz 110—130 so‘z, ovozli o‘qishda 90—100 so‘z deb
belgilangan. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, bir daqiqada bola 250 so‘zli matnni
o‘qisa, undagi 200 ta so‘zni eslab qolar ekan. Agar harflab, bo‘g‘inlab o ‘qisa,
uning diqqat markazida so‘z emas, bo‘g‘in bo‘ladi. Natijada u so‘zlarni eslab qola
olmaydi9. Bu 4-sinf o‘quvchilarining o‘qish tezligiga tatbiq etilsa, 125 so‘zdan 100
so‘zni eslab qoladi. Bu esa yuqori ko‘rsatkichlarga erishish imkonini beradi. 4-
sinfda bir daqiqada 170—180 ta so‘z o‘qiydigan o‘quvchilar ham bor. O‘qish
tezligi to ‘rt yil davomida to ‘g ‘ri va ongli o‘qish bilan bog‘liq holda asta ortib
boradi.O‘qish tezligini
tekshirganda
o‘qituvchi o‘qiladigan materialning
xarakterini, ya’ni g‘oyaviy-mavzuviy murakkabligini, so‘z va gaplaming
tuzilishini, ularning bolalar nutqida qay darajada ishlatilishini, o‘qishning to‘g ‘ri
va ongli bo‘lishini hisobga oladi. O‘quvchilaming o‘qish tezligi har xil bo‘ladi,
albatta. O‘qituvchining vazifasi barcha o‘quvchilaming o‘qish tezligini, iloji
boricha bir xillikka keltirishdan iborat. O‘qish sur’atini oshirishda tez aytishlarni,
maqollarni yod oldirish va matnni ovoz chiqarib o‘qishni mashq qilish kabilar
samarali usullardan hisoblanadi.Ongli o‘qish. Ongli o‘qish yaxshi o‘qishning
asosiy sifati hisoblanadi. Ongli o‘qish o‘qilgan matnning aniq mazmunini, asarning
g‘oyaviy yo‘nalishini, obrazlarini va badiiy vositalarining rolini tushunib
o‘qish,shuningdek, asarda tasvirlangan voqea-hodisalarga o‘z munosabatini
ifodalay olishdir. Ongli o‘qish o‘z navbatida, o‘quvchilaming zarur hayotiy
tajribasiga, so‘zning leksik ma ‘nosini, gapda so‘zlaming bog‘lanishini tushunishga
va bir qator metodik shartlarga bog‘liq. Hozirda ongli o‘qish atamasi adabiyotlarda
va maktab tajribasida ikki ma’noda: birinchidan, o‘qish jarayonini egallashga
nisbatan o‘qish texnikasi ma’nosida, ikkinchidan, keng ma’nodagi o‘qishga
nisbatan o‘qish sifatlaridan biri ma’nosida qo‘llanadi. Matnni ongli o‘qish uchun
o‘quvchilar to‘g‘ri, me’yorida o‘qishni egallagan bo‘lishlari va o‘qish jarayonida
qiynalmasligi talab etiladi. O‘quvchilar matnni ongli o‘qishlari uchun matn
mazmuni va badiiy vositalari jihatidan tahlil qilinadi. Ongli o‘qishning muhim
sharti asar qurilishi va mazmunini tushunish hisoblanadi. O‘qituvchi ongli o‘qishni
matnni ifodali o‘qishga (agar ovoz chiqarib o‘qilsa) va asar mazmuni yuzasidan
berilgan savollarga javobning to‘g‘riligiga, asar voqealari va qahramonlaming
xatti-harakatiga bildirgan munosabatiga qarab baholaydi. Ongli o‘qish va ifodali
o‘qish bir-birini taqozo qiladi, ammo bir-biriga aynan o‘xshamaydigan o‘qish
sifatlaridir. Ifodali o ‘qish. Ifodali o‘qish intonatsiya — ohang yordamida asarning
g‘oyasi va jozibasini to‘g‘ri, aniq, yozuvchi niyatiga mos ravishda ifodalay
bilishdir. “Ifodali o‘qish adabiyotni aniq va ko‘rgazmali o‘qitishning dastlabki va
asosiy shaklidir” , deb ta ‘kidlaydi metodist olima M.A.Ribnikova10. Demak,
“Ifodali o‘qishning asosiy vazifasi asarning mazmunini va emotsionalligini
intonatsiya orqali o‘quvchilarga ko‘rgazmali qilib ko‘rsatishdir. Ifodali o‘qishning
asosiy tamoyili o‘qiladigan asar g‘oyasi va badiiy qimmatini chuqur
tushuntirishdir”. “Intonatsiya (ohang). Intonatsiya og‘zaki nutqning birgalikda
harakat qiluvchi elementlari: urg‘u, nutq tempi va ritmi, pauza, ovozning past-
balandligining yig‘indisi”dir. Bu elementlar bir-biriga ta’sir etadi va hammasi
birgalikda asarning mazmunini, g‘oyasini, qahramonlaming turli kayfiyatini, ichki
kechinmalarini ifodalaydi.
O‘quvchilar ifodali nutq asoslarini egallashlari uchun muhim shartlar
quyidagilardan iborat:
1. Nutq jarayonida nafasni to‘g‘ri olish va to‘g‘ri taqsimlay bilish.
2. Har bir tovushning to‘g‘ri artikulatsiyasi va aniq diksiya (burro gapirish)
malakasini egallash.
3. Adabiy talaffuz me’yorlarini egallash.
Bu shartlar faqat ifodali o‘qishgagina emas, balki ifodali nutqqa,ya’ni hikoya
qilishga ham taalluqlidir. O‘quvchining har qanday og‘zaki hikoyasi ifodali
bo‘lishi zarur. Ifodali o‘qishning asosiy vositalaridan biri ovozdir. Ovoz nafas
bilan uzviy bog‘lanadi. Shuning uchun o‘qituvchi bolalaming ifodali nutqi ustida
ishlashni talaffuz qilayotganda o ‘z nafasini boshqara olish va ovozdan to‘g‘ri
foydalanishga o‘rgatishdan boshlaydi. Ovoz kuchi baland-pastlik, uzun-qisqalik,
tezlik (temp), yoqimli-yoqimsizlik xususiyatlari bilan xarakterlanadi. O‘quvchilar
matn mazmuniga qarab, baland yoki past ovozda o‘qish (gapirish)ga, nutqda tez,
o‘rtacha yoki sekin tempni tanlashga, biror tuyg‘uni ifodalashga o‘rganadilar.
Ifodalio‘qishga o‘rgatishda o‘quvchilar pauza va logik urg‘u bilan ham
tanishtiriladi.Ifodali o‘qishga tayyorlanish shartli ravishda uch bosqichga bo‘linadi:
1. Asarning aniq mazmunini tushunish, unda qatnashgan shaxslarning xatti-
harakatini tahlil qilish, asarning g‘oyasini belgilash, ya’ni asarning g‘oyaviy-
mavzuviy asosini, uning obrazlarini badiiy vositalari bilan yaxlit holda tushunish.
2. Matnning qaysi joyida to ‘xtam (pauza) qilishni, mantiqiy urg‘uning o ‘rnini,
o‘qish tempini belgilab olish.
3. O ‘qishni mashq qilish, muallif fikrini, uning tasvirlangan voqea-hodisalarga va
qatnashuvchi shaxslarga munosabatini ovoz bilan ifodalay olish uchun matnni
qayta o‘qish.Asarning mazmuni va g‘oyaviy yo‘nalishini tahlil qilish ifodali
o‘qishga o‘rgatish bilan bog‘lab olib boriladi. Ifodali o‘qishga o‘rgatishda matn
mazmunini tushunish, muallif hikoya qilgan voqealarga o‘z munosabatini bildirish
asosiy vazifa hisoblanadi. O‘quvchilarda ifodali o‘qish malakasini shakllantirish
uchun asarni o‘qituvchining ifodali o‘qishi muhim ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: |