Albatta biz so‘zimiz so‘ngida shunga iqror bo‘ldik,hikoya bilan dars o‘tish
juda muhimdir,bolajonlar qiziqib o‘rganishiga imkon beradi.Hikoya kichik hajmli
badiiy asar bo‘lib, unda kishi hayotidagi ma’lum
bir voqea, hayotning muhim
tomonlari umumlashtirib tasvirlanadi. „Hikoya ko‘pincha kishi hayotida bo‘lgan
bir epizodni tasvir etadi. Uning mazmuni ertakdagidan ortiqroq hayotiydir».
Hikoya mazmunan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun mos janr hisoblanadi.
Kichik yoshdagi o‘quvchilarni qahramonlam ing xatti-harakati, tashqi ko‘rinishi,
portret tasviri, voqea-hodisalar haqidagi hikoyalar ko‘proq qiziqtiradi. Shuning
uchun bolalami hikoya bilan tanishtirish uning sujetini tushuntirishga bog‘lab olib
boriladi. Boshlang‘ich sinflarda hikoyani o‘qishga bag‘ishlangan izohli o‘qish
darslarida o‘qilgan
hikoya mazmunini ochish, lug‘at ustida ishlash, o‘qilgan
matnni qayta hikoyalash kabilar asosiy ish turlaridan hisoblanadi. Hikoya mazmuni
odatda savollar asosida tahlil qilinadi. So‘roqlardan ikki maqsadda: hikoya
mazmunini tahlil qilish hamda
dalillar, mulohazalar, xulosalarni taqqoslash, voqea-
hodisalar, xatti-harakat o‘rtasidagi bog‘lanishlarni aniqlash va umumlashtirish
uchun foydalaniladi. Hikoyani o‘qish darsida o‘quvchilar tushunmaydigan so‘z va
iboralar m a’nosini tushuntirish ham muhim, aks holda ular hikoya mazmunini
tushuna olmaydilar. Hikoyani o‘qishda uning mazmunini
tahlil qilish va shu
asosda o‘quvchilar nutqini o‘stirish markaziy o‘rin egallaydi. Hikoya o‘qib
bo‘lingach, o‘quvchilar o‘ylashi, o‘z mulohazalarini ay. tishi uchun
tayyorlanishga vaqt berish kerak. O‘qilgan asar yuzasidan beriladigan dastlabki
savollardan maqsad hikoya bolalarga yoqqan-yoqmaganligi, undagi
qaysi qahram
onning xarakteri bolaga ta’sir etganini bilishdan iborat. Shundan keyingina hikoya
sujeti, voqeaning yo‘nalishini ochishga, personajlar xarakterini tushunishga,
nihoyat, asarning asosiy g‘oyasini bilib olishga yordam beradigan savollardan
foydalaniladi. ―Yoshlikda olingan bilim toshga o‘yilgan naqsh kabidir‖ –
degan
edi buyuk allomalarimizdan biri. Shunga ko‘ra, boshlang‘ich sinfda egallangan
bilimni kelgusidagi bilimlar uchun poydevor deb atasak, noto‘g‘ri bo‘lmaydi.
Poydevor qanchalik mustahkam bo‘lsa, qurilajak imorat ham shunchalik ko‘p yil,
balki asrlarga ham asqotadi.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ta‘lim- tarbiya
beruvchi o‘qituvchiga juda ko‘p narsa bog‘liq bo‘ladi.Hozirgi zamon boshlang‘ich
sinf o‘qituvchisi erkin
fikrli keng dunyoqarashli, izlanuvchan, intiluvchan,
yangiliklarni tezda ilg‘ab oluvchi va innovatsion texnologiyalardan boxabar
bo‘lishi lozim.Shundagina u ko‘zlagan maqsadiga yetishadi.Ona
tili darslarida
imloviy bilimlarni takomillashtirishning samarali metod va usullarini tanlay bilish
hozirgi kun tilshunoslik ta‘lim tizimi oldida turgan eng muhim vazifadir. Umuman
olganda, o‘zbek tilining asosiy imlo qoidalariga rioya qilish, nafaqat
o‘quvchilarning, balki shu yurt tuprog‘ida yashayotgan, jozibali tilimizda biyron-
biyron so‘zlayotgan har bir fuqaroning burchidir. Imlo qoidalari biz uchun xuddi
yo‘l belgilaridek bo‘lishi lozim. Buning uchun o‘quvchilarni bolalikdanoq bilimli,
salohiyatli va aqli raso qilib tarbiyalash lozim. Shundagina, har qadamda, bot –bot
duch keladiganimiz – imloviy xatoliklarning
birmuncha oldi olinardi, deb
o‘ylayman.
Dostları ilə paylaş: