Mundarija: Kirish I. Bob. Pedagogik konfliktologiya fan sifatida


Nizolar kelib chiqishiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi



Yüklə 338,92 Kb.
səhifə11/14
tarix18.10.2023
ölçüsü338,92 Kb.
#156849
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Pedagogik konfliktologiyaning fanlar bilan aloqadorlikda rivojlanishi2

Nizolar kelib chiqishiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi: xalqaro; jamoaviy; oilaviy; xududiy.
Nizo ishtirokchilariga ko‘ra: millatlararo; shaxslararo; ichki shaxsiy; davlatlararo; ma’lum guruhlar, tizimlar o‘rtasidagi konfliktlarga bo‘linadi.

  • millatlararo – millatlar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar;

  • shaxslararo – o‘z hayotiy faoliyatida qarama-qarshi maqsadlarni amalga oshirishga intiluvchi shaxslarni ifoda etadi;

  • ichki shaxsiyshaxsning kuchi bo‘yicha tahminan teng motivlari, qiziqishlari, ishqibozligi, manfaatlarining kurashini aks ettiruvchi;

  • davlatlararo – davlatlar o‘rtasidagi tortushuvlar;

  • guruhlararo – biri-biriga mos kelmaydigan maqsadlarni ko‘zlagan va ularni amalga oshirish yo‘lida bir-biriga to‘sqinlik qiluvchi ijtimoiy guruhlar nizo tomonlari sifatida ishtirok etishlari bilan ajralib turadi.

Pedagogik konfliktlar mavxumligiga qarab ochiq yoki yopiq ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin.
Ochiq nizolar odatda o‘qituvchi va o‘quvchining ko‘z oldida, to‘g‘ridan-to‘g‘ri vujudga keladi. Ular to‘qnashish sodir bo‘lgunga qadar to‘liq еtilgan bo‘ladi. Bunday nizolar rahbariyat nazorati ostida turganligi sababli ta’lim jarayoni uchun unchalik xavf tug‘dirmaydi va ularni boshqarish oson kechadi.
Yopiq nizolar o‘ta xavflidir. Bunday nizolarni asta-sekin, belgilangan fursatda portlaydigan minaga o‘xshatsa bo‘ladi. Agar nizo hali "etilmagan" yoki ularni boshqalar nigohidan yashirilsa, boshqacha qilib aytganda nizo o‘qituvchi va o‘quvchi "ichida "bo‘lsa, bilingki, bu nihoyat xavfli va uni boshqarish juda qiyin.
Yopiq nizolar ko‘pincha fitna, ig‘vo, hiyla-nayrang, fisq-fa­sod shaklida rivojlanish oqibatida vujudga keladi. Ular oraga fitna solish, buzg‘unchilikka qaratilgan bo‘lib, yolg‘on-yashiq, uydirma, bo‘xton gaplar o‘quvchilar uchun asosiy qurol vazifasini bajaradi.
Ochiq nizolar ko‘pincha nizo, chaqiriq shaklida rivojlanishi oqibatida vujudga keladi. Ular ochiqdan-ochiq chaqiriq, tovush chiqarish, da’vat etishda o‘z ifodasini topadi. Bunda o‘qituvchilar o‘zlariga qarama-qarshi bo‘lgan o‘quvchilarning manfaatini o‘zining manfaati tomon burishga harakat qiladi.

Yüklə 338,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin