Kirish………………………………………………………………….…..3 I.Bob. Pedagogik konfliktologiya fan sifatida 1.1. Pedagogik konfliktologiya fanining maqsad va vazifalari…..…5
1.2. Pedagogik konfliktologiya fanining ilmiy-tadqiqot metodlari...10
1.3. Pedagogik konfliktologiyaning ilmiy asoslari…………………10
II.Bob. Pedagogik konfliktologiyaning fanlar bilan aloqadorlikda rivojlanishi 2.1. Konfliktologiyaning fan sifatida yuzaga kelish tarixi…………18
2.2. Pedagogik konfliktologiyaning fanlar bilan aloqadorlikda rivojlanishi………………………………………………………….21
Xulosa……………………………………………………………………32 Foydalanilgan adabiyotlar:…………………………………………….34
Kirish Mavzu dolzarbligi: Konfliktning dastlabki yaxlit konsepsiyalari XIX-XX asrlar oralig‘ida paydo bo‘ldi. Insonlarning dastlabki jamiyatlari bilan birga paydo bo‘lib, konfliktlar kundalik hodisalardan biri edi va uzoq davr mobaynida ilmiy-tadqiqot ob’ekti bo‘lmay keldi, ammo ular to‘g‘risidagi ba’zi genial fikrlar bizgacha еtib kelgan eng qadimgi manbalarda ham mavjud. Vaqt o‘tishi bilan hayot sharoitlari o‘zgarib, konfliktlar ko‘rinishi ham o‘zgarishga yuz tutgan. Antik davr urushlarining ikir-chikirigacha tafsilotlarini va bu kabi konfliktlarning ilk baholarini qoldirdi. O‘rta asrlar va Yangi davrlarga ajratib o‘rganilishi ushbu hodisaning mohiyatini anglashga bo‘lgan o‘ziga xos urinishlar bo‘ldi. Insonparvar mutafakkirlar konflikt to‘g‘risidagi, ularning insoniyat taraqqiyotidagi halokatli roli, urushlarni jamiyat hayotidan yo‘qotish va tinchlik o‘rnatish to‘g‘risidagi o‘z tasavvurlarini bildirib ketganlar.
Sohaning bugungi kundagi dolzarb ahamiyatini inobatga olib, nafaqat maxsus maktablar balki, mavjud ilmiy markazlar o‘rtasida hamkorlikning dasturiy omillari ham jadallik bilan yo‘lga qo‘yilmoqda. 1989 yili konfliktologiya bo‘yicha Rossiya-Amerika dasturi yaratildi. Ushbu dastur doirasida konfliktlarni o‘rganish va hal qilish instituti (CRI) ko‘magida Peterburg konfliktlarni hal etish markazi yaratilib, u ham bilishga oid-nazariy, ham utilitar-amaliy muammolarni hal qilishga qaratilgan, ya’ni odamlarga konfliktlar bilan nima qilish kerakligini anglatishi, tushuntirishi, yordam berishi kerak edi. Mahalliy olimlar fikriga ko‘ra, konflikt va undan himoyalanish davrning eng dolzarb muammosi bo‘lib, uni hal qilish (echish) nafaqat muayyan bilim, balki u odamlarning masalalarni amalda konfliktsiz hal qilishga xohishi, istagini ifoda etadi.1 Insoniyat taraqqiyoti tarixi turli, ayni paytda, o‘ziga xos manfaatli munosabatlarga ega, shaklan mazmunan bir-birini takrorlamaydigan shaxs, guruh, qatlamlar hamda voqea-hodisalarga har xil yondashuvlarning namoyon bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Turfa madaniyat va yondashuvlar ijtimoiy hayotning rivojlanishining oqilona asoslari paydo bo‘lishiga, taraqqiyot qonuniyatining nazariy va amaliy mezonlari shakllanishiga xizmat qilishi bilan birga inson va jamiyat hayotida turli ijtimoiy xatarlar, tanazzullar, murosasizlikning, toqatsizlikning betakror shakllarining namoyon bo‘lishiga olib keladi.