Mundarija Kirish I bob qashqadaryo okrugining foydali qazilmalari qashqadaryo vohasining foydali qazilmalari 2Qashqadaryo okrugi to‘g‘risidagi yozma manbalar


Qashqadaryo okrugi to‘g‘risidagi yozma manbalar tahlili



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə3/7
tarix19.12.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#186278
1   2   3   4   5   6   7
Kurs ishi mavzu Qashqadaryo vohasining arxeologik o rganilishi

1.2Qashqadaryo okrugi to‘g‘risidagi yozma manbalar tahlili


Qashqadaryo okrugidagi sug‘oriladigan yerlarda madaniy voha tuprog‘i uchraydi.
O‘simliklari. Okrugning g‘arbiy tekislik qismida hamda janubi g‘arbidagi Sandiqli qumligida qurg‘oqchilik va qumga moslashgan o‘simliklar — juzg‘un, iloq, selin, kavrak, qizil qandim, yetmak, bulduruq o‘ti va saksovul o‘sadi. Mustahkamlangan qumlarda shuvoq va efemerlar ko‘proq.
Gilli cho‘llarda shuvoq, sho‘ra o‘tlar, mingbosh, juzg‘un va boshoqli o‘simliklar o‘sadi.
Qashqadaryo adirlarida shuvoq, burg‘un, bug‘doyiq, kavrak, oqquray, qo‘ziquloq, qurg‘oqchil va toshloq yerlarda bir yillik astragal, chiy kabilar o‘sadi. Adirlarda, shuningdek, bodom, zirk, do‘lana kabilar ham uchraydi.
1500-2500 m balandliklarda o‘tlardan bug‘doyiq, shuvoq, tiрchoq, javdar, shirach, daraxtlardan archa, yong‘oq, zarang, qayin, tol, terak, bodom, pista, olcha, do‘lana o‘sadi.
Hayvonot dunyosi. Uning tekislik qismida cho‘lga moslashgan hayvonlar — sariq yumronqoziq, qo‘shoyoq, sichqon, kaltakesak, echkemar, ilon, bo‘ri, tulki va jayron kabilar yashaydi. Daryo vodiylaridagi to‘qaylarda chiyabo‘ri, qirg‘ovul, to‘qay mushugi uchraydi.
Okrugning tog‘li qismida ayiq, tog‘ takasi, tog‘ qo‘yi, bo‘rsiq, bo‘ri, to‘ng‘iz, silovsin, o‘rmon kalamushi, qizildum sug‘ur, kulrang sassiqko‘zan, suvsar, jayra, burgut, kabutar hamda shunga o‘xshash hayvon va parrandalar yashaydi.
Okrug hududida Hisor qo‘riqxonasi barpo etilgan. Bu qo‘riqxona Hisor tizmasining g‘arbiy qismida joylashgan. Uning maydoni 78 ming gektar bo‘lib, archazorlar va u yerda uch- rovchi oq tirnoqli Hisor ayig‘i, qor qoploni, tog‘ echkisi, to‘ng‘iz, kaklik, Turkiston silovsini, olqor, kiyik kabilar muhofaza qilinadi.
Qashqadaryo okrugida diqqatga sazovor joy va geografik obyektlar ko‘p. Shularning eng mashhurlaridan biri Kitob shahridagi kenglik stansiyasi hisoblanadi. Bu ilmiy maskan dunyodagi 5 ta kenglik stansiyasidan biri bo‘lib, Yerning magnit qutblarini o‘rganish bilan shug‘ullanadi.
Qashqadaryo tabiiy geografik okrugi yer yuzasi tuzilishi jihatidan bir xil emas. Uning shimoli, shimoli-sharqiy va sharqiy qismida Zarafshon, Hisor va Boysun tog‘lari joylashgan.
Qashqadaryo okrugining shimoli sharqida Zarafshon tizmasining g‘arbiy davomi hisoblangan Chaqilkalon, Qoratepa, Zirabuloq, Ziyovuddin tog‘lari joylashgan. Chaqilkalonning eng baland Zebon cho‘qqisi 2336 m ga yetadi. Bu tog‘ g‘arbga davom etib, Taxtaqoracha dovonida (1630 m) tugab, so‘ngra Qoratepa tog‘i boshlanib, eng baland yeri 2197 m ga yetadi. Qoratepa tog‘i Jom cho‘lida tugab, so‘ngra g‘arbga qarab Zirabuloq (Zindontog‘ cho‘qqisi — 1115 m) va Ziyovuddin tog‘lari davom etadi.
Qashqadaryo tabiiy geografik okrugining sharqiy qismida Hisor tizmasi va uning davomi hisoblangan Hazrat Sulton, Chaqchar, Boysun tog‘lari joylashgan. Chaqchar tog‘idan janubi g‘arbga tomon yo‘nalgan Osmontarash, Beshnov, Eshonmaydon kabi tog‘lar joylashgan. Chaqchar va Hisor tog‘lari tutashgan joylarda Botirboy, Seversev kabi kichik muzliklar mavjud.
Qashqadaryo tabiiy geografik okrugining tog‘li qismi g‘arbga va janubi g‘arbga pasayib, Kitob-Shahrisabz botig‘iga, so‘ngra adirlarga va tekisliklarga tutashib ketadi. Okrugning tekislik qismi yuzasi bir xil emas, unda onda-sonda qoldiq tog‘lar va platolar uchrab turadi.
Qashqadaryo tabiiy geografik okrugining g‘arbiy qismida Qarshi cho‘li va vohasi joylashgan. Bu cho‘lda sho‘rxoklardan iborat nisbatan pastqam joylar bo‘lib, ularning eng muhimlari Do‘ltalisho‘r, Sho‘rsoy, Suxtasho‘r, Yonboshsho‘r va boshqalar hisoblanadi.
Qashqadaryo tabiiy geografik okrugida bir necha cho‘llar bo‘lib, Qarshi cho‘lining shimoli va shimoli g‘arbida Qarnob, Jom cho‘llari, janubi sharqida Nishon cho‘li joylashgan.
Qashqadaryo tabiiy geografik okrugi geologik tuzilishi jihatidan bir xil emas. Uning tog‘li qismi paleozoy erasining gersin tog‘ hosil bo‘lishi jarayonida burmalangan bo‘lib, kristalli slanes, ohaktosh, marmar, granit kabi jinslardan tashkil topgan. Zarafshon tog‘ining g‘arbiy davomi hisoblangan Chaqilkalon ko‘proq giрs, mergel, ohaktoshlardan tashkil topganligi tufayli karst jarayoni rivojlangan. O‘sha tog‘da O‘rta Osiyodagi eng chuqur — Kili (1082 m) g‘ori joylashgan.Qarshi cho`li shimol va shimoli-g`arbga davom etib, Qarnob va Malik cho`llariga qo`shiladi. Qarnob cho`lining mutloq balandligi 250-300 m bo`lib, shimol­da Ziyovuddin tog`iga tutashadi, g`arb tomonga pasayib, Toshloqqum hamda Uchqum qumliklariga aylanadi. Qarnob cho`li toshloq, taqir va sho`rxok erlardan iboratdir. Uning janubi Malik cho`liga tutashib ketadi. Malik cho`li g`arbdan sharqda 65 km cho`zilgan. Karshi cho`lining janubida Nishon cho`li joylashib, er usti tu­zilishi jihatidan tekislikdan va ular orasida platosimon balandliklardan iborat. O`sha balandliklarning eng muhimlari Qoraqir (mutloq balandligi 500 m), Do`ltalitog` (514 m), Olo­vuddintog` (485 m) va boshqalar. Bular ichida Qoraqir suv eroziyasi natijasida juda ham parchalanib, jarliklar vujudga kelgan. Shu sababli erli xalq Qoraqirning o`sha jarlar juda ko`p bo`lgan sharqiy qismini Saksondara deb atashadi.
Qashqadaryo okrugining iqlimi kontinental iqlim bo`lib, yozi issiq, quruq va uzoq davom etadi, qishi esa uncha sovuq emas. Okrugning qishi iliq (yanvarning o`rtacha harorati ,0°-2oS) bo`lib, o`simliklar deyarli yil bo`yi o`sa beradi. Lekin ba`zan Arktika havo massasi kuchayib ketganda tog`lardan oshib o`tib, okrug haroratini pasaytirib yuboradi. Natijada ayrim vaqtlarda eng past harorat 22°-29°S ga tushib ketadi. Yoz esa issiq (iyul`ning o`rtacha harorati +28°+29°S) va uzoq bo`lib, eng yuqori harorat 43°+47°S ga chiqadi. Okrugda 0-24 kun davomida harorat 0°S dan past bo`lib, 284-298 kun davomida ha­rorat +5 dan yuqori bo`ladi. Kashqadaryo okrugida bahorgi oxirgi sovuq tushishning o`rtacha muddati 16-25 martga, kuzgi birinchi sovuq tushishning o`rtacha muddati esa 21 oktyabr`-14 noyabrlar orasiga to`g`ri keladi, binobarin sovuqsiz kunlarning o`rtacha muddati 209-242 kun atrofida bo`lib, o`sha davrdagi foydali haroratning yig`indisi 2564°-2864°S ga, vegetatsiya davridagi haroratning yig`indisi esa 4900°-5300°S ga etadi. Bunday iqlim sharoiti ingichka tolali paxta va boshqa issiqsevar o`simliklarni etishtirishga to`la imkon beradi. Lekin yozda okrug hududiga garmsel esib, qishlok xo`jalik ekinlariga katta zarar etkazadi. So`nggi yillarda Qarshi cho`lining o`zlashtirilishi tufayli, ixota daraxtzorlarini ko`payishi sababli garm­sel kuchi zaiflashmokda.
Okrugda yog`in miqdori uning relyefiga ko`ra g`arbdan sharqqa tomon o`zgaradi. Eng kam yog`in 180 mm, uning g`arbiy, tekislik qismiga to`g`ri keladi va sharqda, tog` oldi qiya tekisliklarida 550 mm yog`in yog`adi. Yog`inning asosiy qismi kuz-qish-bahor fasllarida yog`adi. Yillik yog`in miqdorining 45-50 foizi bahorga, 37-40 foizi qishga, 10-15 foizi kuzga to`g`ri keladi. Yoz okrug­da qurg`oqchil bo`lib, yillik yog`in miqdorining faqat 0-3% i tushadi. Yog`inning bir qismi qattiq holda tushib, bir yilda o`rtacha 2 kundan 17 kungacha qor erimay turadi va qorning qalinligi yanvar-fevral` oylarida o`rtacha 5-7 sm ga etishi mumkin.
Qashqadaryo okrugida qishda eng ko`p shamol sharqiy tomondan, yozda esa shimoli-g`arbiy, g`arbiy tomondan esadi. Shamolning yil­lik o`rtacha tezligi sekundiga 1,9-3,0 m atrofida bo`ladi. Lekii yozda shimoli-g`arbdan va g`arbdan quruq shamollar esganda tezli­gi o`rtacha sekundiga 3,7 dan 4,2 m ga etadi. Okrugda iqlim quruq va yer yuzasi tekis bo`lib, oqar suvlar kam. Qashqadaryodan tashqari doimiy oquvchi daryo yuq. Okrugning shimoliy qismidagi tog`lardan boshlanadigan soylar esa Qashqadaryoga etmasdan yo`l-yo`lakay butunlay sug`orishga sarf bo`lib ketadi yoki yozda butunlay qurib koladi.
Qashqadaryo (322 km) Hisor tizmasining Tog`tosh dovoni yaqinidan, 3000 m balandlikdan boshlanib, Muborak shahridan 10 km shimoli-sharqda qumlar orasida g`oyib bo`lib ketadi. Qashqadaryoning o`ziga xos xususiyati shundaki, u tog`lardan suv yig`ib, okrugga kelganda butunlay sug`orishga sarf bo`ladi. Qashqadaryo tekislikka chiqqach, Jindaryo, Oqsuv, Tanxoz, Yakkabog`daryo, G`uzordaryo kabi irmoklarni qo`shib oladi. U tog`li qismida tor vodiyda tez oqsa, tekislik qismida esa daryo vodiysi kengayib, sekin oqadi va quyi qismida bir necha tarmoklarga bo`linadi. Bulaoning eng muhimlari Maymandaryo, Qamashidaryodir. Qashqadaryo tekislikka chiqqach sekundiga 50 m3 yoki yiliga 1575 mln. m3 miqdorda oqim hosil qiladi. Lekin bu suv okrug hududida sug`orishga butunlay sarflanadi.
Qashqadaryo okrugining shimoliy qismida joylashgan Qoratepadan 20 ga yaqin soylar boshlanadi. Bahorda bu soylarda suv ko`payib toshadi. ezda bu soy suvlari kamayadi hamda sug`orishga sarflanadi. Bu soylarning eng muhimlari Sho`rabsoy, Makridsoy, Oyokchisoy, Qalqamasoy va boshqalar.
Qashqadaryo tog`lardagi qirlardan va kichik-kichik muzliklardan, bahorgi yog`inlardan to`yinadi, shu sababli uning suvi bahor­da ko`payib, yozda va qishda kamayib koladi. Yilliq suv miqdorining 64,0 foizi mart-iyun` oylariga, 11,7 foizi iyul`-sentyabr`` oylariga to`g`ri keladi. Shu sababli, havzadagi bahorgi toshqin suvlarni to`plab, so`ngra yozda ekin dalalariga oqizish maqsadida Qashqadaryoda suv sig`imi 500 mln. m3 bo`lgan Chimqo`rg`on, suv sig`imi 18 mln. m3 bo`lgan Qamashi (Lo`kliko`l), G`uzordarada sig`imi 283 mln. m3 bo`lgan Pachkamar suv omborlari qurilgan. Shuningdek okrug hududida Amudaryodan suv oluvchi Sho`rsoy va Tolimarjon suv omborlari ham bor. Qarshi cho`li yana Eski Anhor kapali orqali Zarafshon daryosidan ham suv oladi. Bu ishlar Qarshi cho`lida asrlar osha qaqrab yotgan qo`riq erlarni o`zlashtirishga imkon beradi.
Qashqadaryo okrugining yer yuzasida suv kam bo`lsada, lekin er osti suvining katta zahirasi bor. Bu erda to`rtlamchi davr, yotqiziqlari orasidan chiquvchi suvlar hozirgi paytda chorvachilikni suv bilan ta`minlashda katta rol` o`ynamokda. Shuningdek bo`r, paleogen, neogen davr yotqiziqlari orasidan shifobaxsh issiq ma`danli suvlar topilgan.
O’zbekiston hududida xususan Qamashi tumani mintaqasi turli o’lkalarning hayvonlari yozda tuproq haroratining yuqori bo’lishiga (50-60) va uzoq suvsizlikka moslashgan bu yerdagi fauna vakillarining muhitiga moslashishning yana bir belgisi ularning yer rangida yani qum chang ustida bo’lishidair. Xududddagi ayrim hayvonlar (yumronqoziq, qo’shoyoq va boshqalar), istemol qiladigan tarkibidagi ozgina namlik bilan kifoyalanadi va suvsiz hayot kechira oladi. O’simliklarning siyrakligi, ovqat va suvning taqchilligi tufayli hayvonlar tez harakatlanishi qobiliyatiga ega bo’lsada yozda kunduzi tuproq 60-70gradus qiziganda ularning faoliyati keskin susayadi. Bu xol ko’pchilik xashoratlarga, chayonlarga, kaltakesaklar, ilonlar, sut emizuvchi ayrim hayvonlarga va ba’zi bir qushlarga xosdir. Hayvonlarning hayot sharoiti qumli, sho’rxok, oshloq cho’llarining hayvonlaridan farqlanadi. Bu yerlarda yog’in sochin bo’lishi qish va bahor oylariga to’g’ri keladi. Asosan efemer o’simliklar o’sadi va may oyining bu o’simliklar ham qovjirab qoladi. Hayvonlar ham o’simliklar quyosh isitishi bilan uyqudan uyg’onadilar zo’r berib oziqa bilan oziqlanadilar va ko’p o’tmay urchiy boshlaydi.
Mintaqaning umurtqali sut emizuvchilari, sudralib yuruvchilar, qushlar quruqlikda yashovchi haroratlar qisqichbaqalar, molyuskalar, chuvalchanglar va boshqa soda hayvonlar uchraydi. Bu hududga mansub bo’lgan sut emizuvchilardan shalpanquloq, tipratikan, qumquyoni, yumronqoziq, seversuv qo’sh oyog’I barak barmoqli qo’shoyoq, kata qumsichqon, bo’ri, tulki va boshqalar yashaydi.
Jazirama issiq kunlarda daraxtlarning uchlarida dasht agamasi deb ataluvchi kaltakesak ko’p bo’ladi. Umuman cho’l hududidagi ko’pgina hayvonlar endem (malum bir grafik viloyatda yashaydigan va boshqa joylarda uchramaydigan) hayvonlardir. Tumanda ham bu turlarni bir necha xilini uchratish mumkin shuningdek cho’l toshbaqasi va echkeemarni ham.
Cho’llarda kon ishlari davomida hududni florasini nobud bo’lishiga sabab bo’lmoqda. Bu esa bazi tur va navlarni yo’qolib ketishi va buzulishiga sabab bo’lmoqda. Bu esa ba’zi tur va navlarni yo’qolib ketishi va buzulishiga olib kelmoqda. Turlarning yo’qolib ketishi natijasida ekologik zanjirni uzulishi kuzatilmoqda.



Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin