Mundarija Kirish I bob qashqadaryo okrugining foydali qazilmalari qashqadaryo vohasining foydali qazilmalari 2Qashqadaryo okrugi to‘g‘risidagi yozma manbalar


Qashqadaryo tabiiy geografik okrugi



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə6/7
tarix19.12.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#186278
1   2   3   4   5   6   7
Kurs ishi mavzu Qashqadaryo vohasining arxeologik o rganilishi

2.2 Qashqadaryo tabiiy geografik okrugi


Qashqadaryo okrugi O‘zbekistonning janubida joylashgan bo‘lib, uning shimoliy chegarasi Qoratepa, Zirabuloq, Ziyovuddin tog‘lari orqali, g‘arbiy chegarasi Jarqoq, Muborak va Dengizko‘l balandliklari orqali o‘tadi.
Janubi va janubi g‘arbida Sandiqliqum okrugni Turkmanistondan ajratib turadi.
Okrug sharqidagi Hisor tog‘lari, janubi sharqidagi Boysun tog‘lari uni Surxondaryo okrugidan ajratib turadi.

Qashqadaryo tabiiy geografik okrugi yer yuzasi tuzilishi jihatidan bir xil emas.
Uning shimoli, shimoli-sharqiy va sharqiy qismida Zarafshon, Hisor va Boysun tog‘lari joylashgan.
Qashqadaryo okrugining shimoli sharqida Zarafshon tizmasining g‘arbiy davomi hisoblangan Chaqilkalon, Qoratepa, Zirabuloq, Ziyovuddin tog‘lari joylashgan.
Chaqilkalonning eng baland Zebon cho‘qqisi 2336 m ga yetadi.
Bu tog‘ g‘arbga davom etib, Taxtaqoracha dovonida (1630 m) tugab, so‘ngra Qoratepa tog‘i boshlanib, eng baland yeri 2197 m ga yetadi.
Qoratepa tog‘i Jom cho‘lida tugab, so‘ngra g‘arbga qarab Zirabuloq (Zindontog‘ cho‘qqisi — 1115 m) va Ziyovuddin tog‘lari davom etadi.
Qashqadaryo tabiiy geografik okrugining sharqiy qismida Hisor tizmasi va uning davomi hisoblangan Hazrat Sulton, Chaqchar, Boysun tog‘lari joylashgan.
Chaqchar tog‘idan janubi g‘arbga tomon yo‘nalgan Osmontarash, Beshnov, Eshonmaydon kabi tog‘lar joylashgan.
Chaqchar va Hisor tog‘lari tutashgan joylarda Botirboy, Seversev kabi kichik muzliklar mavjud.
Qashqadaryo tabiiy geografik okrugining tog‘li qismi g‘arbga va janubi g‘arbga pasayib, Kitob-Shahrisabz botig‘iga, so‘ngra adirlarga va tekisliklarga tutashib ketadi. Okrugning tekislik qismi yuzasi bir xil emas, unda onda-sonda qoldiq tog‘lar va platolar uchrab turadi.
Qashqadaryo tabiiy geografik okrugining g‘arbiy qismida Qarshi cho‘li va vohasi joylashgan.
Bu cho‘lda sho‘rxoklardan iborat nisbatan pastqam joylar bo‘lib, ularning eng muhimlari Do‘ltalisho‘r, Sho‘rsoy, Suxtasho‘r, Yonboshsho‘r va boshqalar hisoblanadi.
Qashqadaryo tabiiy geografik okrugida bir necha cho‘llar bo‘lib, Qarshi cho‘lining shimoli va shimoli g‘arbida Qarnob, Jom cho‘llari, janubi sharqida Nishon cho‘li joylashgan.
Qashqadaryo tabiiy geografik okrugi geologik tuzilishi jihatidan bir xil emas.
Uning tog‘li qismi paleozoy erasining gersin tog‘ hosil bo‘lishi jarayonida burmalangan bo‘lib, kristalli slanes, ohaktosh, marmar, granit kabi jinslardan tashkil topgan.
Zarafshon tog‘ining g‘arbiy davomi hisoblangan Chaqilkalon ko‘proq giðs, mergel, ohaktoshlardan tashkil topganligi tufayli karst jarayoni rivojlangan. O‘sha tog‘da O‘rta Osiyodagi eng chuqur — Kili (1082 m) g‘ori joylashgan (40- rasm).
Qashqadaryo tabiiy geografik okrugining tekislik qismi Turon plitasining sharqiy chekka qismi ustida joylashgan. Uning ustini esa qum, gil, konglomerat kabi jinslar qoplab olgan.
Tekislikdagi qoldiq tog‘lar (Olovuddintog‘, Kosontog‘ va boshqalar) paleozoy va mezozoy jinslaridan tashkil topgan. Qashqadaryo okrugida gaz, neft, marmar, giðs, dala shpati, har xil qurilish material konlari bor.
Qashqadaryo viloyatining tabiiy florasi 1200 yaqin yuksak turlaridan tashkil topgan bo’lib, ularning 106 turi oziq-ovqat va chorvachilikda yem-xashak sifatida ishlatiladi, 138 turli qimmatbaho dorivor 2,6 turli efir moyi, 61 turli asal beruvchi, 62 turi oshlovchi 138 turli qimmatbaxo dorivor, 26 turli o’simlik, 53 turli bo’yoq beruvchi, 19 turli qimmatbaxo bixli o’simliklardir. Bu turlardan tashqari tuman florasi tarkibida manzarali, vitaminli va tolali o’simliklar ham uchraydi.
Globotanik jihatdan rayonlashtirishning yangi sxemasidi muborak tumani ana shu chorvachiliklardir. Rayonlashtirishda asosiy asoslanib cho’l mintaqasida yillik o’rtacha harorat 16-18 gradus yanvarning o’rtacha harorati 0.1-3.3 gradus bo’lib, 270-320 kun davomida harorat 5,0-0 dan yuqori.
Cho’l mintaqasining o’simlik qoplamida qadimiy handun (juzgun) Shuvoq eferme chorvamuqlarning asosida asora assotsiyalar ustunlik qiladi. Relefning pastkam joylarida Shuvoqlar va Sho’rolar o’sadi.
Bu mintaqaning qumli cho’llarida ko’chma qumlarga moslashgan tamofit o’simliklar-qandim (tutun), quyonsuyak, qizilqandim mustahkamlangan qumlarda esa Shuvoq, Urg’ochi Selin, tuyamaymon o’sadi: hhududning ichki tekisliklari uchun efemer va efemeroid o’simliklardan Cherkoz, Singern, isiriq oq chitir butalardan yulg’un, qorasaksovul va boshqa o’simliklar xosdir. Bundan tashqari kam sho’rlangan joylardan pashmoq Sho’ra, tresken, dastarbosh, kuchli sho’rlangan yerlarda esa qorasho'ra, Sersazan, sho'rajriq, qizilmiya va boshqa o'simliklar uchraydi.
Mintaqaning daryo terassalarida, vodiylarida va botiqlarda ajriq va yantoq, qizilmiya kabi o’simliklar botqoq tuproqli joylarda esa qamish, lux, qiyoq, bug’doyiq, chuchukmiya kabi o’simliklar tarqalgan.
O’simliklar kislorodni yetkazib yer usti va yer osti suvlari rejimiga ijobiy tasir ko’rsatib tuproqni shamol va suv erroziyasidan saqlaydi. Bu joy tabiat uchun muhim hisoblanadi. Tumanning geografik o’rni va landshaftlarning xilma-xilligi hayvonot olami shakllanishi tarqalishiga o’z tasirini ko’rsatadi. Suvsiz qumli cho’llar tog’ o’rmonlari va daryo vodiylarining ekologik sharoitlari xayvonlarning hayot kechirishi uchun bir xil emas. Shunga ko’ra har qaysi landshaft uchun yoki bu sharoitga moslashgan hayvonlarning ma’lum turlari xosdi.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin