Mundarija Kirish I bob qashqadaryo okrugining foydali qazilmalari qashqadaryo vohasining foydali qazilmalari 2Qashqadaryo okrugi to‘g‘risidagi yozma manbalar


Qashqadaryo viloyati yoqilg`i sanoatining ayrim ko`rsatkichlari



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə5/7
tarix19.12.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#186278
1   2   3   4   5   6   7
Kurs ishi mavzu Qashqadaryo vohasining arxeologik o rganilishi

Qashqadaryo viloyati yoqilg`i sanoatining ayrim ko`rsatkichlari.

Ko`rsatkichlaр

1985

1990

Yalpi mahsulot mln.so`m

434,8

650,3

Gaz qazib olish mlrd.m kub

26,5

38,9

Neft qazib olish ming tonna

447,5

775,8

Yoqilg`i sanoatida band bo`lgan ishchi va xizmatchilar soni

2724

2467

Qashqadaryo viloyati hozirgacha o`z energetika quvvatlariga ega emas, elektr energiyani esa O`rta Osiyo yagona tizimidan oladi. Yaqin kelajakda tabiiy gaz asosida ishlaydigan Tallimarjon GRESini ishga tushirish mo`ljallanmoqda.


Qashqadaryo viloyatining yoqilg`i energiya resurslari bu yerda yirik sanoat korxonalarining majmualarini bunyod etish va gaz hamda gaz kondensatini boshqa iqtisodiy rayonlarga chiqarish imkoniyatini beradi. Tarkibida oltingugurt bo`lgan gazni tozalash maqsadida Sho`rtanda yirik gaz-kimyo majmuasi qurilmoqda va Muborak gazni qayta ishlash zavodi kengaytirilmoqda.
Mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoati og`ir sanoatning muhim tarmog`i bo`lib, uning rivojlanishi xalq xo`jaligining barcha tarmoqlarida mehnatni yengillashtirish, mehnat unumdorligini hamda ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Hozirgi paytda Qashqadaryo viloyatida mashinasozlik sanoati korxonalaridan Qarshi remont-tajriba mexanika, Qarshi qishloq xo`jaligi mashinalarini ta`mirlash zavodlari, hamda qishloq xo`jalik mashinalarini ta`mirlaydigan kichik korxonalar, maishiy xizmat ko`rsatish vazirligiga qarashli avtomashinalarni ta`mirlash markazlari mavjud. Bu korxonalar qishloq xo`jalik mashinalarini hamda avtomobillarni ta`mirlash va texnika ta`miri uchun turli xil detal va jihozlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
Viloyatda mashinasozlik korxonalarining vujudga kelishi va uning kelajakda rivojlanishi xo`jaliklarda traktor va avtomobil saroylarining kengayishi hamda ularning moddiy texnika bazasining o`sishi bilan bog`liqdir. Hozirgi davrda bu tarmoq viloyat sanoati yalpi mahsulotining 2,3%ini beradi.
Qurilish materiallari sanoati tarkibiga kiradigan asosiy korxonalar keyingi 20 yil ichida bunyod etildi. Qarshi cho`lining o`zlashtirilishi munosabati bilant 60-yillardan boshlab, irrigatsiya inshootlarining qurilishi, sanoat korxonalari, uy-joy, madaniy-maishiy, ob`ektlarning barpo etilishi ko`plab qurilish materiallari ishlab chiqaradigan korxonalarni qurishni taqozo etadi. Shu bilan birga viloyatda bu korxonalarni barpo etish uchun kerakli xom ashyo resurslarining bo`lishi bu masalani hal etishga ob`ektiv zamin yaratadi. Qurilish materiallaridan marmar, g`isht ishlab chiqarish uchun xom ashyolar-shag`al, qum, mergel, gips zahiralari mavjud. Bu resurslar asosida viloyatda yirik qurilish industriyasi vujudga keladi.
Hozirgi davrda Qarshi uy qurilish materiallari va konstruktsiyalari kombinatlari, temir-beton zavodlari, devorbop materiallar ishlab chiqarish, keramika va polimer quvurlari ishlab chiqaradigan qum va shag`al saralash korxonalari. Kitob tumanidagi “Qashqadaryo” marmar ishlab chiqarish birlashmasi, Qarshi ixtisoslashtirilgan qurilish birlashmasiga qarashli qurilish materiallari ishlab chiqaradigan korxonalarni ko`rsatish mumkin. Bu korxonalarning mahsuloti asosan vilot miqyosida itste`mol qilinadi. 1990 yilda qurilish materiallari ishlab chiqaradigan korxonalar 106 mln.dona g`isht, 453,7 ming m kub yig`ma temir beton buyumlari, 7,7 ming m kub deraza bloklari, 23,7 ming m kub yog`och-taxta materiallari ishlab chiqardi. Qurilish materiallari sanoat korxonalari 1990 yilda jami 93 mln.so`mlik mahsulotlar tayyorlagan. (sanoat yalpi mahsulotining 77,4%i).
Yengil sanoat-viloyatning sanoat tarmoqlari ichida yalpi mahsulot ishlab chiqarish jihatidan ikkinchi o`rinda turadi. Xom ashyo, yoqilg`i-energetika hamda mehnat resurslarining yetarli darajada mavjudligi viloyatda yengil sanoatni rivojlantirish va joylashtirishga asosiy ta`sir ko`rsatadigan omillardir. Bu tarmoq korxonalari 1990 yilda 362,4 mln.so`mlik mahsulotlar ishlab chiqargan bo`lib, uning 73%i paxta tozalash korxonalariga to`g`ri keladi.
Qashqadaryo viloyatidagi yengil sanoat korxonalari qishloq xo`jalik mahsulotlariga dastlabki qayta ishlov beradigan paxta tozalash,pillakashlik tarmoqlari hamda aholi va xalq xo`jaligi ehtiyojlari uchun keng iste`mol mollari ishlab chiqaradigan tarmoqlardan iborat. Qishloq xo`jalik mahsulotlarini qayta ishlaydigan tarmoqlar ichida ko`p tarmoqli paxta ishlab chiqarish majmuasining tarkibiy qismi bo`lgan paxta tozalash korxonalari muhim o`rin tutadi.
1965 yilga qadar viloyatda Qarshi, Yakkabog` va Shahrisabz paxta tozalash zavodlari mavjud bo`lib, ular har yili 65 ming tonna paxta tolasi ishlab chiqargan. Keyingi yillarda Qarshi cho`lining o`zlashtirilishi, paxta ekiladigan maydonlarning kengaytirilishi va yalpi hosilning ko`payishi munosabati bilan Koson, G`o`zor, Qamashi, Jeynov, Chiroqchi, Mug`lon, Nishon va Beshkent paxta tozalash korxonalari qurildi. Hozirgi paytda viloyatda 12 ta paxta tozalash zavodlari ishlab turibdi.Bu korxonalarni paxta ekiladigan maydonlarga bevosita yaqin joylashtirilishi yetishtirilgan xom ashyoni isrof qilmasdan to`la qayta ishlash imkoniyatini bermoqda. Bu korxonalarning asosiy mahsuloti paxta tolasi bo`lib, viloyatda 1970 yilda tola ishlab chiqarish 76,4 ming tonnani. 1990 yilda esa 173,1 ming tonnani tashkil etdi.
Qarshi va Shahrisabz tikuvchilik fabrikalari, mahalliy sanoat majmuasidagi kichik korxonalar, aholiga maishiy xizmat ko`rsatish markazlari, aholi uchun keng iste`mol buyumlari ishlab chiqaradigan korxonalardir. Ular erkak va bolalar ko`ylagi, ipak kiyimliklar, erkak, ayol va bolalar kostyumlari tikishga ixtisoslashgan. Shahrisabz shahridagi “Hujum” badiiy buyumlar fabrikasida zardo`zi do`ppilar, gilamlar, badiiy kashtachilik buyumlari ishlab chiqariladi. Kitob va Yakkabo0 shaharlaridagi fabrikalar to`shak-ko`rpacha va galanteriya buyumlari, mebel va yog`ochdan turli buyumlar ishlab chiqarmoqda. Kitob yigiruv fabrikasida ip yigiriladi, gazlamalar to`qiladi. Bu korxonalarda 1990 yilda 95,2 mln so`mlik keng xalq iste`moli buyumlari ishlab chiqarildi.
Hozirgi paytda yengil sanoati korxonalari keng xalq iste`moli buyumlarini yetarli darajada ishlab chiqarish quvvatiga ega emas. 1990 yilda viloyatda ishlab chiqarilgan sanoat yalpi mahsulotining 35,8%ini yengil sanoat korxonalari bergan bo`lsada, 73%i paxta tozalash korxonalari hisobiga to`g`ri keladi. Viloyatda xom ashyo, yoqilg`i,mehnat resurslari va boshqa omillar yetarli bo`lsada, bu yerda to`qimachilik, yirik tikuvchilik, poyafzal, mebel, galanteriya va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalar yo`q.
Kelajakda viloyatda ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va aholining o`sishi aholi uchun keng xalq iste`moli buyumlari ishlab chiqaradigan korxonalarni qurish va ishga tushirishni taqozo etadi. Shu maqsadda kelajakda Kitob shahridagi yigiruv fabrikasini kengaytirish, Shahrisabz shahrida ipak gazlamalar to`qiydigan kombinat, Yakkabog` va Shahrisabz shaharlarida tikuv fabrikasi, Qarshi shahrida yigirish va tukli gazlamalar ishlab chiqaradigan va mebel fabrikalari qurish ko`zda tutilmoqda.
Oziq-ovqat sanoati-viloyat sanoati yalpi mahsulotining 10,7%ini beradi. Viloyat oziq-ovqat sanoat tarmoqlari ichida o`simlik moyi, meva-konserva va vino ishlab chiqarish ancha rivojlangan va viloyat xududidan tashqariga ham bu tarmoqlarning ko`plab mahsulotlari chiqariladi. Viloyatda sanoatning bu tarmog`ini yanada rivojlantirish uchun paxta chigiti, sabzavot va boshqa qishloq xo`jalik xom ashyolari yetarlidir.
Qarshi va Koson shaharlarida yog`-moy ekstraktsiya zavodlari asosan chigitdan o`simlik moyi tayyorlaydi. 1990 yilda bu korxonalarda 43,8 mln so`mlik mahsulot yoki 56,4 ming tonna o`simlik moyi ishlab chiqarildi. Bu esa viloyat oziq-ovqat sanoati yalpi mahsulotining 23%ini tashkil etadi.O`simlik moyi viloyat aholisining ehtiyojiga ishlatiladi. Shuningdek shartnoma asosida Toshkent, Farg`ona hamda Rossiya federatsiyasining ayrim shaharlariga jo`natiladi. Oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlashda Shahrisabz shahridagi konserva va vino zavodlarining salmoqli ulushi bor. Bu korxonalar tomat-pasta, meva sharbatlari, shinni, qiyom, murabbo va boshqa xil mag`sulotlar tayyorlaydi. Bu zavodlarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi yil sayin ko`paymoqda. 1990 yilda 32,6 mln so`mlik 138,8 mln dona shartli konserva bankalari tayyorlandi. Hozirgi paytda viloyatda tayyorlanayotgan meva-sabzavot konservalarining asosiy qismi mol ayriboshlash asosida Rossiya federatsiyasining Ural, G`arbiy va Sharqiy Sibir, Uzoq Sharq iqtisodiy rayonlariga jo`natilmoqda. Viloyatda meva sabzavot ekinlari maydonining kengayishiga bog`liq holda Kasbi tumanida konserva, Qarshi shahrida spirtsiz ichimliklar ishlab chiqaradigan korxonalar ishga tushirildi.
Oziq-ovqat sanoatining mahalliy ahamiyatga ega bo`lgan go`sht va sut mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari aholining kundalik ehtiyojlari uchun go`sht, turli xil kolbasalar, sosiska, mol va qo`y yog`lari, ilik yog`i va boshqa mahsulotlarni tayyorlaydi. Bu korxonalarda, shuningdek, cho`chqachilik va parrandachilikda ozuqa sifatida beriladigan go`sht, suyak va qon unlari ham ishlab chiqariladi.
Viloyatda go`sht va go`sht mahsulotlari asosan Qarshi va Shahrisabz go`sht kombinatlarida ishlab chiqariladi. Bu korxonalarda 1990 yilda 33,3 mln so`mlik mahsulot, jumladan, Qarshi go`sht kombinatida 10,9 ming tonna go`sht, 1391 tonna kolbasa, Shahrisabz go`sht kombinatida esa 3073 tonna go`sht va 523 tonna kolbasa ishlab chiqarildi.
Qashqadaryo viloyatida (Qarshi va Shahrisabz shaharlarida) 2 ta sut-yog` zavodi ishlab turibdi. Bu korxonalar sariyog`, yog`i olingan sut, smetana, qaymoq, suzma, muzqaymoq, brinza va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradi. 1990 yilda Qarshi sut-yog` zavodida ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot 9661 ming so`mni. Shahrisabz zavodida ishlab chiqarilgan mahsulot esa 5270 ming so`mni tashkil etdi. Bu korxonalarda 31968 tonna sut qatiq mahsulotlari hamda 2145 tonna mol yog`i ishlab chiqarildi.
Qashqadaryo viloyatida 2 ta un va omuxta yem ishlab chiqaradigan korxona (Shayxali qo`rg`onchasi va Yakkabog` shahrida) mavjud. 1990 yilda bu korxonalar 44,5 mln so`mlik mahsulot ishlab chiqardi. Viloyatda aholisi va chorva mollari uchun Shayxali un kombinati 118,3 ming tonna un hamda 119,6 ming tonna omuxta yem tayyorladi. 1990 yilda ishga tushirilgan Yakkabog` un kombinatida shu yilda 27,6 ming tonna un tortildi.
Viloyatda non-bulka, qandolat mahsulotlari ishlab chiqaradigan Qarshi non kombinati, Nishon va Shahrisabz non-bulka ishlab chiqarish korxonalari hamda viloyat matlubot jamiyatiga qarashli korxonalar 1990 yilda 54160 tonna.



Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin