1.1Qashqadaryo vohasining foydali qazilmalari
Qashqadaryo okrugi O‘zbekistonning janubida joylashgan bo‘lib, uning shimoliy chegarasi Qoratepa, Zirabuloq, Ziyovuddin tog‘lari orqali, g‘arbiy chegarasi Jarqoq, Muborak va Dengizko‘l balandliklari orqali o‘tadi. Janubi va janubi g‘arbida Sandiqliqum okrugni Turkmanistondan ajratib turadi. Okrug sharqidagi Hisor tog‘lari, janubi sharqidagi Boysun tog‘lari uni Surxondaryo okrugidan ajratib turadi.
YER YUZASI, GEOLOGIK TUZILISHI VA FOYDALI QAZILMALARI
Qashqadaryo tabiiy geografik okrugi yer yuzasi tuzilishi jihatidan bir xil emas. Uning shimoli, shimoli-sharqiy va sharqiy qismida Zarafshon, Hisor va Boysun tog‘lari joylashgan.
Qashqadaryo okrugining shimoli sharqida Zarafshon tizmasining g‘arbiy davomi hisoblangan Chaqilkalon, Qoratepa, Zirabuloq, Ziyovuddin tog‘lari joylashgan. Chaqilkalonning eng baland Zebon cho‘qqisi 2336 m ga yetadi. Bu tog‘ g‘arbga davom etib, Taxtaqoracha dovonida (1630 m) tugab, so‘ngra Qoratepa tog‘i boshlanib, eng baland yeri 2197 m ga yetadi. Qoratepa tog‘i Jom cho‘lida tugab, so‘ngra g‘arbga qarab Zirabuloq (Zindontog‘ cho‘qqisi — 1115 m) va Ziyovuddin tog‘lari davom etadi.
Qashqadaryo tabiiy geografik okrugining sharqiy qismida Hisor tizmasi va uning davomi hisoblangan Hazrat Sulton, Chaqchar, Boysun tog‘lari joylashgan. Chaqchar tog‘idan janubi g‘arbga tomon yo‘nalgan Osmontarash, Beshnov, Eshonmaydon kabi tog‘lar joylashgan. Chaqchar va Hisor tog‘lari tutashgan joylarda Botirboy, Seversev kabi kichik muzliklar mavjud.
Qashqadaryo tabiiy geografik okrugining tog‘li qismi g‘arbga va janubi g‘arbga pasayib, Kitob-Shahrisabz botig‘iga, so‘ngra adirlarga va tekisliklarga tutashib ketadi. Okrugning tekislik qismi yuzasi bir xil emas, unda onda-sonda qoldiq tog‘lar va platolar uchrab turadi.
Qashqadaryo tabiiy geografik okrugining g‘arbiy qismida Qarshi cho‘li va vohasi joylashgan. Bu cho‘lda sho‘rxoklardan iborat nisbatan pastqam joylar bo‘lib, ularning eng muhimlari Do‘ltalisho‘r, Sho‘rsoy, Suxtasho‘r, Yonboshsho‘r va boshqalar hisoblanadi.
Qashqadaryo tabiiy geografik okrugida bir necha cho‘llar bo‘lib, Qarshi cho‘lining shimoli va shimoli g‘arbida Qarnob, Jom cho‘llari, janubi sharqida Nishon cho‘li joylashgan.
Qashqadaryo tabiiy geografik okrugi geologik tuzilishi jihatidan bir xil emas. Uning tog‘li qismi paleozoy erasining gersin tog‘ hosil bo‘lishi jarayonida burmalangan bo‘lib, kristalli slanes, ohaktosh, marmar, granit kabi jinslardan tashkil topgan. Zarafshon tog‘ining g‘arbiy davomi hisoblangan Chaqilkalon ko‘proq giрs, mergel, ohaktoshlardan tashkil topganligi tufayli karst jarayoni rivojlangan. O‘sha tog‘da O‘rta Osiyodagi eng chuqur — Kili (1082 m) g‘ori joylashgan.
Qashqadaryo tabiiy geografik okrugida sovuqsiz kunlar 210—242 kun davom etadi (Qarshida 209 kun, Dehqonobodda 216 kun, Kitobda 219 kun, G‘uzorda 242 kun).
Suvlari. Qashqadaryo tabiiy geografik okrugida yerusti suvlari ichida eng muhimi daryolardir. Okrugda uzunligi 20 km dan ortiq bo‘lgan 33 ta daryo mavjud. Daryolari ichida eng kattasi Qashqadaryodir.
Qashqadaryo tabiiy geografik okrugining tekislik qismi Turon plitasining sharqiy chekka qismi ustida joylashgan. Uning ustini esa qum, gil, konglomerat kabi jinslar qoplab olgan. Tekislikdagi qoldiq tog‘lar (Olovuddintog‘, Kosontog‘ va boshqalar) paleozoy va mezozoy jinslaridan tashkil topgan. Qashqadaryo okrugida gaz, neft, marmar, giрs, dala shpati, har xil qurilish material konlari bor.
IQLIMI, SUVLARI, TUPROQLARI VA HAYVONOT DUNYOSI
Iqlimi. Qashqadaryo tabiiy geografik okrugining yozi issiq, quruq va davomli, qishi nisbatan iliq. Okrug shimol va sharq tomondan tog‘lar bilan o‘ralgan. Bu esa Arktika va Sibirdan keladigan sovuq havo massalarining yo‘lini to‘sadi. Aksincha, g‘arbiy qismi ochiq bo‘lib, mo‘tadil dengiz va subtropik havo massalarining to‘siqsiz kirib kelishiga imkon beradi. Shu sababli qishda, yanvarning o‘rtacha harorati tekislik qismida 0 +2°C, G‘uzorda +1,9°C, Kitobda +0,8°C, Qarshida +0,2°C.
Ba’zan tabiiy sovuq havo massasi kirib kelib, turib qoladi va hududni sovitib yuboradi. Natijada, harorat G‘uzorda –23°C, Kitobda –26°C, Qarshida –27°C, Dehqonobodda –29°C gacha pasayadi.
Yoz okrugning tekislik qismida issiq, quruq va quyoshli bo‘lib, uzoq davom etadi. Iyul oyining o‘rtacha harorati +28 +29°C atrofida (Qarshida +28,8°C, Kitobda +28,4°C, G‘uzorda +29,4°C, Dehqonobodda +28,4°C) bo‘ladi.
Ba’zan yozda eng yuqori harorat Qarshida +46°C, Kitobda +43°C, Dehqonobodda +43°C ga ko‘tariladi, bahor erta, kuz esa kech boshlanadi. Okrugning g‘arbiy qismida yillik yog‘in 131—155 mm bo‘lsa, shimoli sharqida 368—545 m. Tog‘li qismida 700—800 mm yog‘in tushadi.
Qashqadaryo tabiiy geografik okrugida sovuqsiz kunlar 210—242 kun davom etadi (Qarshida 209 kun, Dehqonobodda 216 kun, Kitobda 219 kun, G‘uzorda 242 kun).
Suvlari. Qashqadaryo tabiiy geografik okrugida yerusti suv- lari ichida eng muhimi daryolardir. Okrugda uzunligi 20 km dan ortiq bo‘lgan 33 ta daryo mavjud. Daryolari ichida eng kattasi Qashqadaryodir.
Qashqadaryo Hisor tizmasining Tog‘tosh dovoni yaqinidan boshlanib, Muborakka yetmasdan qumlarga singib ketadi. U tog‘li qismida tor o‘zanda tez oqadi, Oqsuv irmog‘i qo‘shilgandan so‘ng vodiysi kengayib tekislikka chiqqach, Tanxoz, Yakkabog‘daryo, Langar, G‘uzordaryo kabi irmoqlarini qo‘shib oladi.
Qashqadaryo qor suvidan to‘yinsa-da, uning Jinnidaryo, Oqsuv, Yakkabog‘ va Tanxoz irmoqlari qor-muzlik suvidan to‘yinadi. Chunki ularning havzasida umumiy maydoni 20,3 km.kv maydonga ega bo‘lgan kichik muzliklar joylashgan.
Jinnidaryo Hisor tizmasining Oqota va Sherdog‘ tog‘lari orasidagi buloqlardan boshlanib, uzunligi 57 km ni tashkil etadi. U qor va muz erishidan to‘yinib, suvi mart-iyun oylarida ko‘payadi.
Oqsuv. Uzunligi 115 km bo‘lib, Hisor tizmasidagi Botirboy va Seversev muzligidan boshlanuvchi Botirboy bilan Xonaqasuv irmog‘ining qo‘shilishidan vujudga keladi. U qor- muzliklarning erishidan to‘yinadi.
Tanxozdaryo. Uzunligi 104 km, Hisor tizmasidagi G‘oziko‘ldan boshlanib, qorlarning erishidan va yerosti suvlaridan to‘yinadi.
Yakkabog‘daryo. Uzunligi 108 km bo‘lib, Hisor tizmasining janubi-g‘arbiy yonbag‘ridan boshlanadi. U qorlarning erishidan to‘yinib, 61,6 foizi mart-iyun oylarida oqadi.
G‘uzordaryo. Uzunligi 68 km bo‘lib, Chaqchar tog‘idan boshlanadi. U qorlarning erishidan va yerosti suvlaridan to‘yinib, o‘rtacha yillik suv sarfi sekundiga 5,90 m.kub bo‘lib, uning 63,9 foizi mart-iyun oylarida oqadi.
Qashqadaryo tabiiy geografik okrugida yerosti suvining katta zaxirasi bor. Bu yerda to‘rtlamchi davr yotqiziqlari orasidan chiqadigan suvlar ichishga yaroqli bo‘lib, hozirgi paytda aholini va chorvachilikni suv bilan ta’minlashda muhim rol o‘ynamoqda. Bulardan tashqari bo‘r, paleogen davr yotqiziqlari orasidan shifobaxsh issiq mineral suvlar topilgan.
Qashqadaryo okrugida bir necha suv omborlari qurilgan. Ulardan Chimqo‘rg‘on suv omborini suv bilan ta’minlashni yaxshilash uchun Zarafshondan boshlanuvchi Eski Anhor kanali xizmat qiladi. Shuningdek, G‘uzordaryodagi Pachkamar, Qarshi magistral kanalida qurilgan Tallimarjon suv omborlari bor.
Qarshi magistral kanalining uzunligi 200 km bo‘lib, kuchli nasoslar yordamida Amudaryo suvini 150-200 m balandlikka ko‘tarib beradi.
Tuproqlari. Qarshi cho‘lida ko‘proq och bo‘z tuproq tarqalgan. Uning g‘arbida esa cho‘l sur-qo‘ng‘ir qumli, sho‘rxok va o‘tloq tuproqlar uchraydi. Sandiqli cho‘lining katta qismi qumliklardan iborat. Qashqadaryoning qadimiy o‘zanlarida o‘tloq va sho‘rxok tuproq uchraydi.
Okrug tekislik qismining atroflaridagi nisbatan baland joylarda och bo‘z tuproq keng tarqalgan. Adirlarda esa oddiy va to‘q bo‘z tuproqlar uchraydi. Bu tuproq turlari 1200 m gacha bo‘lgan baland joylarda tarqalgan. Ular tarkibida chirindi miqdori 1,5-2,5 foizga boradi. 1200-2500 m balandliklarda tog‘-jigarrang va tog‘-qo‘ng‘ir tuproqlar tarqalgan.
Okrugdagi tog‘larning 2500 m dan baland qismlarida qo‘ng‘ir tog‘-o‘tloq, torfli-o‘tloq va o‘tloq tuproqlar tarqalgan.
Okrugning g`arbida juda katta Karshi cho`li bor, uning er yuzasi Qarshi vohasiga nisbatan past (300-250 m) bo`lsa-da, lekin unda o`nqir-cho`nqir erlar ko`p. Past erlarda Do`latlisho`r, Sho`rsoy, Oqjayronsoy, So`xtasho`r, Chorboysho`r, Yomboshisho`r va boshqa sho`rxoklar, taqirlar hosil bo`lgan.
Bunday xol O’zbekistonda qishloq xo’jaligini yanada jadal sur’atlar bilan rivojlantirilishini taqozo yetadi. So’ngi o’n yillarda bu borada muayyan ishlar amalga oshirildi. Jumladan, mamlakat qishloq xo’jaligida erkin bozor iqtisodi talablariga mos iqtisodiy munosabatlarni shakllantirish imkoniyatini beradigan, huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy hamda ijtimoiy islohotlar bosqichma-bosqich qat’iy ishonch bilan amalga oshirilishini ta’minlab beradigan tadbirlar ishlab chiqilib, izchillik bilan hayotga joriy etilmoqda. Masalan, yer fuqarolarga umurbod meros qoldirish huquqi bilan bepul berilmoqda, fermer xo’jaliklariga esa 30 yildan 50 yilgacha bo’lgan muddatga foydalanish uchun ijaraga berilmoqda. Qishloqda mulk islohoti natijasida mulkdorlar sinfi barqaror ravishda shakllanib, rivojlanmoqda.
Dostları ilə paylaş: |