1.2 Qisqa tutashuv turlari.
Energetika tizimidagi ko‘pgina shikastlanishlar fazalarniig o‘zaro va yer bilan qisqa tutashishlariga olib keladi. Shikastlanishlarning asosiy sabablariga izolyasiyaning buzilishi, eskirishi, kuchlanishning normadan oshib ketishi, xizmat ko‘rsatuvchi shaxslarning noto‘g‘ri amali va xatolari, ajratgichni kuchlanish ostida uzish, qisqa tutashtirgich ulangan holda kuchlanishni berilishlari kiradi.
Barcha shikastlanishlar qurilmalarning kamchiligi va mukammal emasligi, noto‘g‘ri o‘rnatilganligi, noto‘g‘ri loyixalanganligi, qurilmaga qoniqarsiz va noto‘g‘ri xizmat ko‘rsatilganligi, qurilmaning noto‘g‘ri holatda ishlaganligi natijasida yuzaga keladi va ro‘y beradi. Shuning uchun shikastlanishni oldini olish mumkin, lekin shkastlanish holatining muqarrarligini unutmaslik kerak.
Qisqa tutshuv shikastlanishga olib keladigan eng xavfli va og‘ir holatdir. Qisqa tutshuv paytida manbaning e.yu.k. transformator yoki liniyalarning kichik qarshiligi orqali tutashib qoladi. (1.1 - rasm).
E.yu.k.i qisqa tutashgan yopiq elektr konturlarida qisqa tutshuv toki deb nomlangan Iq.t. katta tok oqadi. 1.1-rasmda qisqa tutshuvning turlari keltirilgan.
1.1 – rasm. Elektr qurilmalarida uchraydigan shikastlanishlar turlari: a), b), d) uch fazali, yer bilan ikki fazali va bir fazali qisqa tutshuv; e va f - bir fazali va ikki fazaning yer bilan neytrali yerga ulangan liniyalarda ulanishi.
Qisqa tutshuv paytida tokning ortishi natijasida elektr tizimning elementlaridagi kuchlanishning miqdori kamayadi. Bu o‘z navbatida elektr liniyaning barcha nuqtalarida kuchlanishning kamayishiga olib keladi, Ya`ni
bu yerda E - manbaning e.yu.k. si,
– manbadan qisqa tutshuv nuqtasigacha bo‘lgan uchastkaning qarshiligi.
Qisqa tutshuv paytida kuchlanishning kamayishi va tokning ortishi quyidagi xavfli natijalarni yuzaga keltiradi:
Joul-Lens qonuniga asosan qisqa tutshuv toki ( ) R-qarshilikda va t – vaqt mobaynida issiqlik ajralishiga olib keladi.
Shikastlangan joylarda bu issiqlik va elektr yoyi katta miqdorda buzilishlarga olib keladi. Bu buzilishlarniig natijalari qisqa tutshuv tokiga va vaqtga bog‘liq. Qisqa tutshuv tokining miqdori nominal tokdan shu qadar katta bo‘lishi mumkinki, izolyasiyalar va tok o‘tkazgich qismlarini qattiq shikastlantiradi;
qisqa tutshuv paytida kuchlanishning tushuvi elektr iste’molchilarinnng ishlashiga xavfli tasir qiladi.
Elektr energiyasining asosiy iste’molchisi asinxron motorlardir. Asinxron motorlarning aylantirish momentlari kuchlanishga proporsional . Shuning uchun asinxroi motorlarda kuchlanishning pasayishi paytida motorlarning aylantirish momenti mexanizmlarning qarshilik momentlaridan kichik bo‘lib qolishi mumkin. Bu ularni to‘xtashiga olib keladi.
1.2-rasm. Qisqa tutshuvning kuchlanish tushuviga ta’siri:
a) iste’molchilarga; b) energetika tizimiga; c) to‘g‘ri, teskari va nol ketma-
ketlik diagrammasi.
v) Kuchlanish tushuvining eng xavfli va og‘ir oqibatlaridan biri bu generatorlar va elektr tizimlarining turg‘un parallel ishlashlariga zarar yetishdir. Bu barcha iste’molchilarni energiyasiz qolishga olib keladi. Buni 1.2-b rasmda izoxlash mumkin.
Normal holatda turbinaning mexanik aylanish momenti generatorning elektr yuki tomonidan hosil qilinadigan teskari ta’sir qiluvchi momentga tengdir. Buning natijasida generatorning aylanish tezligi o‘zgarmas va sinxrondir.
K nuqtada qisqa tutashish sodir bo‘lganda A elektrostansiyasining shinasidagi kuchlanish nolga yaqin bo‘ladi. Bu holda elektr yuk va bu bilan bog‘liq generatorlarning teskari ta’sir qiluvchi momenti nolga teng bo‘ladi. Bu vaqtda turbinaga oldingi miqdordagi bug‘ (yoki suv) ta’sir etaveradi va uning momenti o‘zgarmaydi. Buning natijasida generatorning aylanish tezligi tez ortadi, chunki turbinaniig aylanishini boshqaruvchi qurilma sekin ta’sir qiladi va A stansiya generatorlari aylanish tezligini birdan kamaytira olmaydi.
B stansiya generatorlari boshqa sharoitda bo‘ladilar, ular K nuqtadan uzoqdalar, Shuning uchun ularning shinalaridagi kuchlanish normaga yaqin. A stansiya generatorlarini yuklari engillashgani sababli barcha yuk B stansiya generatorlariga tushadi. Buning natijasida ular ko‘proq yuklanadilar va aylanish tezliklarini kamaytiradilar.
Shuning qilib qisqa tutshuv natijasida A va B stansiyalariniig generatorlarini aylanish tezliklari har xil bo‘ladi va bu ularning sinxron ishlashlarini buzilishiga olib keladi.
1.3-rasm. Elektr tizimidagi qisqa tutshuvda shikastlangan qismlarni tanlab o‘chirilishi.
Uzoq vaqt davom etgan qisqa tutshuv asinxron elektromotorlarning turg‘un ishlashlarini ham buzadi. Kuchlanishning qiymati pasayganda asinxron elektr motorning aylanish tezligi kamayadi. Agar sirpanish kritik nuqtadan o‘tib ketsa, motor noturg‘un ishlash oblastiga o‘tadi va to‘liq to‘xtash yuz beradi.
Sirpanishning ortishi bilan asinxron elektr motor iste’mol qilayotgan reaktiv quvvat ortadi va bu qisqa tutshuv tugagandan so‘ng tizimda reaktiv quvvat etishmovchiligiga olib keladi. Buning natijasida tizimda kuchlanishning shiddatli kamayishi sodir bo‘ladi.
Elektr tizimining turg‘unligini buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan shikastlanish isrof bo‘yicha eng katta va og‘ir shikastlanishlardan hisoblanadi. Neytrali izolyasiyalangan elektr liniyasini yer bilan ulanishi. 1.2-rasmda ko‘rsatilgandek ulanish qisqa tugashuvga kirmaydi, undan farq qiladi, chunki shikastlangan C faza e.yu.k. si K nuqtada yerga ulangani bilan manba bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanmaydi, yani bunda hosil bo‘lgan shikastlanish toki o‘tkazgich bilan yer orasidagi sig‘im orqali manba bilan tutashadi, shuning uchun u kam miqdorga ega.
Bunda chiziqli kuchlanish o‘zgarmasdan qoladi. Bu izolyasiyani buzilishiga, qisqa tutshuvlarga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: |