Mundarija kirish I bob. Releli himoya xaqida umumiy tushuncha


Shikastlanishlar va nonormal holatlar



Yüklə 360,13 Kb.
səhifə2/11
tarix22.06.2023
ölçüsü360,13 Kb.
#133889
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Tursunxo’jayev Abdulmajid

1.1 Shikastlanishlar va nonormal holatlar
Elektr tizimlarining, elektr stansiyalarining elektr qurilma va asboblarida, elektr uzatish liniyalarida, elektr iste’molchilarida normal va ishdan chiqish, shikastlanish holatlarini uchratish mumkin. Ishdan chiqish yoki shikastlanish ko‘p hollarda elektr tizimning elementlarida tokning me’yoridan oshib ketishi yoki kuchlanishning pasayishi bilan bog‘langan. Me’yoridan oshib ketgan tok katta miqdorda issiqlik ajralib chiqishiga olib keladi. Buning natijasida elektr uzatish liniyalari va qurilmalari xavfli darajada qizishi va shikastlanishi mumkin. Kuchlanishning normadan pasayishi elektr iste’molchilarning normal ishlashiga yo‘l qo‘ymaydi va parallel ishlayotgan generatorga va energetika tizimining barqarorligiga salbiy tasir ko‘rsatadi. Shuning qilib, elektr qurilmalarining shikastlanishi energetika tizimining va elektr iste’molchilariing ish rejimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Elektr tizimlarining normadan tashqari holatlari esa energetika tizimini shikastlanishiga yoki ishdan chiqishiga olib keladi.
Elektr tizimlarini va iste’molchilarini normal ishlashlari uchun shikastlangan qurilma, elektr liniyalari tezda aniqlanilishi, o‘chirilishi kerak va shu orqali qolgan elektr iste’molchilari va energetik tizimni normal ishlashiga sharoit yaratilishi kerak.
Nonormal holatlar vaqtida aniqlanib, choralar ko‘rilsa xavfsizlik ta’minlanadi. Yuqorida ko‘rsatilganlardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, elektr tizimlari va elektr iste’molchilarini shikastlanish va nonormal holatlardan saqlash uchun uning elementlarini himoyalovchi avtomatik qurilma qurish va ishlatishga elektr tizimlarining talabi katta.
Elektr tizimida dastavval himoya qurilmasi qilib eruvchan saqlagichlar qo‘llanilgan. Quvvat va kuchlanishni oshishi, elektr tizimlari ulanish sxemalarining murakkablashishi eruvchi saqlagichlarni ko‘p kamchiliklarini namoyon qildi va buning oqibatida yangi himoyalovchi qurilma yaratildi. Bu himoyalovchi qurilma maxsus avtomat-rele bo‘lib, uning yordamida amalga oshiriladigan himoya releli himoya deb nomlanadi.
Releli himoya elektr avtamatikaniig asosiy turi bo‘lib, u ishtirokisiz xozirgi zamon elektr tizimlari normal va mustaxkam ishlay olmaydilar. U energetika tizimining barcha elementlarining holatlarini doimo tekshirib, nazorat qilib boradi.
Energetika tizimida shikastlanish bo‘lganda himoya uni aniqlaydi va energetika tizimining shikastlangan qismini maxsus katta tokga mo‘ljallangan kuch uzgichlariga ta’sir etib o‘chiradi.
Energetika tizimida nonormal sharoit yoki holat bo‘lganda himoya uni aniqlaydi va bu holatning harakteriga qarab, normal sharoitni tiklash uchun kerakli bo‘lgan chora tadbirlarini qo‘llaydi yoki navbatchi shaxsga xabar beradi.
Hozirgi zamon energetika tizimi releli himoyalar elektr ta’minotini tez tiklovchi va tizimni normal holatga keltiruvchi mustaxkam va aniq elektr avtamatika bilan ta’minlangan. Elektr avtamatikaning qurilmalariga qayta ulash avtamatika (AQU), chastota asosida signallash avtamatika (ACHT) va zaxiradagi manbani ulash avtamatika (ZAU) kiradi.

Yüklə 360,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin