Mundarija kirish I bob. Releli himoya xaqida umumiy tushuncha


II BOB. RELELI HIMOYADA TOK VA KUCHLANISH TRANSFORMATORLARI 2.1 Tok transformatori (TT) ning vazifasi



Yüklə 360,13 Kb.
səhifə4/11
tarix22.06.2023
ölçüsü360,13 Kb.
#133889
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Tursunxo’jayev Abdulmajid

II BOB. RELELI HIMOYADA TOK VA KUCHLANISH TRANSFORMATORLARI
2.1 Tok transformatori (TT) ning vazifasi

Tok transformatorlari o‘lchov asboblari va himoya apparatlarini yuqori kuchlanish zanjiridan izolyasiya qilish uchun va himoya zanjirini tarmoqdagi tok bilan ta’minlash uchun qo‘llaniladi.

2.1 rasm. ТT ning tarmoqqa ulanishi.

Tok transformatori nazorat qilinayotgan zanjirga xuddi ampermetr ulagandek, ketma-ket ulanadi. Ikkilamchi chulg‘amlariga ampermetr, o‘lchov asboblarining va himoya apparatlarining tok zanjirlari ulanadi.


Almashtirish sxemasi va vektor diagrammada quyidagilar qabul qilingan: birlamchi tok va birlamchi chulg‘am ning qarshiligi ikkilamchi ni chulg‘am o‘ramlar soniga keltirilgan va bunda ikkilamchi chulg‘amdagi tokning vektori o‘zining haqiqiy yo‘nalishidan 180° ga burilgan.
Tok transformatorlarining ishi magnitlovchi kuchning (m.k.) tenglamasi bilan harakterlanadi. U tenglamaga asosan birlamchi va ikkilamchi Chulg‘amlar hosil qilgan m.k. lar yig‘indisi asosiy magnit oqimi Ft hosil qilgan va ga teng.

Magnitlovchi tok bo‘lganda, ikkilamchi tok ga teng.
bu yerda -tok transformatori chulg‘amlarining soni nisbati bo‘yicha aniqlangan transformatsiya koeffitsiyenti.
Shunday qilib, magnitlovchi tok hisobga olinmaganda tok transformatorlari
ideal, xatosiz ishlaydi. Bunda uning ikkilamchi toki birlamchi tokining
transformatsiya koeffitsiyenti nt bo‘linganiga teng va ikkilamchi tok birlamchi
tokdan 180° ga faza bo‘yicha farq qiladi.
Haqiqiy magnitlovchi tok xech qachon nolga teng bo‘lmaydi. Buni hisobga olgan holda ikkilamchi tok quyidagicha topiladi:

Bu formuladan kelib chiqadiki, haqiqiy ikkilamchi tok hisoblab topilgan qiymatdan farq qiladi. Bu farq Imag/nt ga teng. Imag magnitlovchi tok ikkilamchi
tokning miqdorini va fazasini o‘zgartiradi.
Shunday qilib, magnitlovchi tokning ishtirok etganligi tufayli tok transformatorining ikkilamchi cho‘lg‘amiga birlamchi tokning faqat bir qismigina transformatsiyalanadi, ya`ni tok transformatorining ishida xatolik paydo bo‘ladi.
Almashtirish sxemasida birlamchi va ikkilamchi chulg‘amorasidagi magnit
bog‘lanish elektr bog‘lanish bilan almashtirilgan va birlamchi tomonning barcha
kattaliklari ikkilamchi cho‘lg‘amlar soniga keltirilgan.
Tok kattaligining xatosi ikkilamchi tokning qiymatiga asosan foizda o‘lchanadi.

 burchak bo‘yicha xatoliklar gradus va minutlarda o‘lchanadi.
Tok transformatorlarning magnitlovchi toklari qancha katta bo‘lsa, uning xatosi ham shuncha katta bo‘ladi. Natijada katta xatoliklar releli himoya qurilmalarining xato ishlashiga olib keladi. Shuning uchun tok transformatorlarining xatoliklarini kamaytirish Muhim va buning uchun tok transformatorlarida magnitlovchi toklarni kamaytirish kerak.

Yüklə 360,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin