Sun’iyyoritishmanbalari Ish bajarish vazifasiga ko‘ra suniy yoritishlar: ishchi yoritilish, avariya yoritilishi va maxsus yoritilishlarga bo‘linadi.
Sanoat korxonalarida unumli ish sharoitini tashkil qilish va ishchilarni ish sharoitlarini yaxshilash maqsadida ko‘zni toliqishdan saqlovchi yoritish vostalarini tashkil qilish sanoat korxonalari oldiga qo‘yilgan asosiy sanitariya-gigienik talabdir. Bunday sharoit tashkil qilish uchun sanoat korxonalarini yoritish sistemalariga quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi.
Ish joylarini yoritish sanitariya gigienik normalar asosida ish kategoriyalariga moslashgan bo‘lishi kerak. Ish joylarini maksimal yoritish albatta ish sharoitini yaxshilashga olib keladi.
Ish olib borilayotgan yuzaga va ko‘zga ko‘rinadigan atrof-muhitga yorug’likbir tekis tushadigan bo‘lishi kerak. Chunki, agar ish olib borilayotgan yuzada va atrof -muhitda yaltiroq uchastkalar mavjud bo‘lsa, unda ko‘zning ularga tushishi va qaytib ish zonasiga qaraganda ko‘zning jimirlashishi va ma’lum vaqt ko‘nikishi kerak bo‘ladi.
Ishchi yuzalarida keskin soyalar bo‘lmasligi kerak. Chunki ish yuzasida
keskin soyalarning bo‘lishi, ayniqsa u soyalar harakatlanuvchi bo‘lsa, bajarilaYotgan obektning ko‘rinishini yomonlashtiradi.
Ishlab chiqarish zonalarida to‘g‘ri yoki nur qaytishi ta’sirida hosil bo‘layotgan yaltirash bo‘lmasligi kerak. Chunki ish zonalaridagi yaltirash ko‘zning ko‘rish qobiliyatini pasaytirib, ko‘zni qamashtirishi mumkin.
Yoritish miqdori vaqt bo‘yicha o‘zgarmas bo‘lishi kerak. Yoritilishning ko‘payib-kamayishi, agar o‘qtin-o‘qtin ro‘y beradigan bo‘lsa, ko‘zga zarar keltiradi, chunki ko‘z corug’liko‘zgarishlariga ko‘nikishiga to‘g‘ri keladi.
Yorug’liknurlarini optimal co‘nalish bilan co‘naltirish kerak, bunda ma’lum holatlarda detalning ichki yuzalarini ko‘rish va boshqa holllarda detal yuzasidagi kamchiliklarni yaxshiroq ko‘rish imkoniyati tug‘iladi.
Yorug‘likning lozim bo‘lgan spektor tarkibini tanlash zarur. Bu talab materiallarning rangini aniq belgilash zarur bo‘lgan hollarda muhim rol o‘ynaydi.
Yorug’likqurilamalari qo‘shimcha xavflar manba bo‘lmasligi kerak. Shuning uchun yoritish manbalari ajaratadigan issiqlikni, tovush chiqarishini maksimal kamaytirish kerak.
Yoritish qurilmasi ishlatish uchun qulay, o‘rnatish oson va iqtisodiy samarali bo‘lishi kerak.
Elektrtokininginsonorganizmigata’siri Elektr tokidan inson organizimidan termik (ya’ni issiqlik), elektrolitik va biologik ta’sir ko‘rsatiladi.
Elektr tokining termik ta’siri inson tanasining ba’zi joylarida kuyish, qon tomirlari, nerv va xujayralarning qizishi sifatida kuzatiladi. Elektrolitik ta’sir esa, qon tarkibidagi yoki xujayralar tarkibidagi tuzalrning parchalanishi natijasida qonning fizik va kimyoviy xususiyatlarining o‘zgari shiga olib keladigan holat tushuniladi. Bunda elektir toki markaziy asab tizimi va yurak-qon tizimni kesib o‘tmasdan tananing ba’zi bir qisimlarigagina ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Elektr tokining biologik ta’siri – bu tirik organizm uchun xos bo‘lgan xususiyat xisoblanadi. Bu ta’sir natijasida muskullarning keskin qisqarishi tufayli inson organizmidagi tirik xujayralar to‘lqinlanadi, bunda asosan organizimdagi bioelektrik jarayon buziladi. ya’ni inson organizmi asosan bioelektrik toklar yordamida boshqariladi. Bunga tashqi muhitdan yuqori kuchlanishdagi elektr tokining ta’siri natijasida biotoklar rejimi buziladi va oqibatda inson organizmida tok urish holati vujudga keladi. ya’ni boshqarilmay qolgan organizmda Hayot faoliyatining ba’zi bir funksiyalari boshqarilmay qoladi: nafas olishning yomonlashuvi, qon aylanish tizimining ishlamay qolishi va x.k.Elektr tokining inson organizmiga ta’sirining xilma xilligidan kelib chiqib, uni ikki gurupaga bo‘lib qarsh mumkin: mahalliy elektr ta’siri va tok urish.
Mahalliy elektr ta’siri - kuyib qolish, elektr belgilari hosil bo‘lishi, terining metallashib qolishi hollaridir. Elektr ta’qsirida kuyish asosan organizim bilan elektr o‘tkazgichi o‘rtasida volta yoyi hosil bo‘lganda sodir bo‘ladi. Elektr o‘tkazgichdagi kuchlanishning ta’siriga qarab bunday kuyish turlicha bo‘lishi mumkin. Engil kuyish faqat yallig‘lanish bilan chegaralanadi, o‘rtacha og‘irlikdagi kuyishda pufakchalar hosil bo‘ladi va og‘ir kuyishda xujayra va terilar ko‘mirga aylanib, og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkin. Elektr belgilari – bu terining ustki qismida aniq kulrang yoki och sarg‘ish rangli 1-5 mm diametrdagi belgi paydo bo‘lishi bilan ifodalanadi. Bunday belgilar odatda xavfli emas. Terining metallashib qolishida, odatda erib mayda zarrachalarga parchalanib ketgan metal teri ichiga kirib qoladi. Bu holat ham elektr yoyi hosil bo‘lganda ro‘y beradi. Ma’lum vaqt o‘tgandan keyin bu teri ko‘chib tushib ketadi va hech qanday asorat qoldirmaydi.
Organizm ichki organlarining qarshiligi uncha katta emas. Odamning quruq, zararlanmagan terisi 2.000 dan 20.000 Om gacha va undan yuqori qarshilikka ega bo‘lgani holda, namlangan, zararlangan teri qarshiliga 40-5000 Om qarshilikka ega bo‘ladi va bu qarshilik inson ichki a’zolari qarshiligiga teng hisoblanadi. Aytilganlarni hisobga olgan holda umuman texnik hisoblar uchun inson organizmi qarshiligi 1000 Om deb qabul qilingan.
Inson organizmi orqali oqib o‘tgan tokning mikdori uning asoratini belgalaydi, ya’ni oqib o‘tgan tok qancha katta bo‘lsa, uning asorati ham shuncha katta bo‘ladi.Inson organizmi orqali 50 Gs li sanoat elektr tokining 0,6-1,5 mA oqib o‘tsa, buni u sezadi va bu mikdordagi tok sezish chegarasidagi elektr toki deb ataladi.Agar inson organizmidan oqib o‘tgan tokning mikdori 10-15 mA ga etsa, unda organizmdagi muskullar tartibsiz qisqarib, inson o‘z organizmi
qismlarini boshqarish qobiliyatidan mahrum bo‘ladi, ya’ni, elektr toki bo‘lgan simni ushlab turgan bo‘lsa, panjalarini ocha olmaydi, shuningdek unga ta’sir ko‘rsataYotgan elektr simini olib tashlay olmaydi. Bunday tok chegara mikdordagi ushlab qoluvchi tok deyiladi.
Tok miqdori 25-50 mA ga etsa, unda tok ta’siri ko‘krak qafasiga ta’sir ko‘rsatadi, buning natijasida nafas olish qiyinlashadi. Tok ta’siri uzoq vaqt davom etsa, ya’ni bir necha minutga cho‘zilsa, unda nafas olishning to‘xtab qolishi natijasida odam o‘lishi mumkin. Tok miqdori 100 mA va undan ortiq bo‘lsa, bunday tok yurak muskullariga ta’sir ko‘rsatadi va yurakning ishlash ritmi buziladi, natijada qon aylanish tizimi butunlay ishdan chiqadi va bu holat ham o‘limga olib keladi.Inson organizmi orqali oqib o‘tgan tokning davomliligi ham alohida ahamiyatga ega, chunki tok ta’siri uzoq davom etsa, unda inson organizmining tok o‘tkazuvchanligi orta boradi va tokning zararli ta’siri organizmda yig‘ila borishi natijasida asorat og‘irlasha boradi.
Tokning turi va chastotasi ham zararli ta’sir ko‘rsatishda muhim rol o‘ynaydi. Eng zararli tok 20-100 Gs atrofidagi elektr toki hisoblanadi. chastotasi 20 Gs dan kichik va 100 Gs dan katta toklarning ta’sir darajasi kamayadi. Katta chastotadagi elektr toklarida tok urish bo‘lmaydi, lekin kuydirishi mumkin.
Agar tok o‘zgarmas bo‘lsa, unda tokning sezish chegarasidagi mikdori 6-7 mA, ushlab qoluvchi chegara miqdori 50-70 mA, 0,5 s davomida yurak faoliyatini ishdan chiqarishi mumkin bo‘lgan mikdori 300 mA gacha ortadi.