Mundarija kirish I bob. Releli himoya xaqida umumiy tushuncha


Rele o‘zgaruvchan tokda ishlaganida yakorning titrashi (vibratsiya)



Yüklə 360,13 Kb.
səhifə7/11
tarix22.06.2023
ölçüsü360,13 Kb.
#133889
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Tursunxo’jayev Abdulmajid

Rele o‘zgaruvchan tokda ishlaganida yakorning titrashi (vibratsiya).
O‘zgaruvchan tok relesi o‘zgaruvchan sinusoidal tok bilan ta’minlanadi, bunda elektr magnit kuchning oniy qiymati
Agar ekanligini hisobga olsak,

Bundan kelib chiqadiki, qiymati ikki tashkil qiluvchidan iborat: o‘zgarmas
va o‘zgaruvchan (ikkilangan chastota bilan o‘zgaruvchi). Natijalovchi elektr magnit kuch pulssimon harakterga ega, ya`ni bir davrda noldan maksimal qiymatgacha ikki marotaba o‘zgaradi (3.3 rasm).

3.3-rasm. Elektr magnit rele cho‘lg‘amidan o‘zgaruvchan tok oqqanda yakorning tortish kuchi Fe ning o‘zgarishi.

3.3-rasmga asosan bo‘lganda relening yakori qaytishga intiladi, bo‘lganda yana tortiladi. Tortilgan yakor natijalovchi kuch o‘z ishorasini davriy o‘zgartirib turishi hisobiga doimo titrab turadi.


Yakorning titrab turishi relening ish paytida kontaktlarini ham titrashiga olib keladi, bu esa releni kontaktlarini kuyib ketishiga, o‘q va uning aylanadigan qismini (sapfa) eyilishiga olib keladi va relening ishiga yomon ta’sir qiladi.
Yakorning inersiya momenti katta bo‘lganda u natijalovchi kuch ning ishorasini tez o‘zgarishini kuzata olmay va unga bog‘lana olmay qoladi, bu hollarda titrash kuzatilmaydi. Agar yakorning inersiya momenti yetarli bo‘lmasa, u holda titrashni oldini olish uchun chulg‘amning magnit oqimi fazalar bo‘yicha farq qiladigan ikkita tashkil qiluvchiga bo‘linadi.

IV-BOB. MEHNAT MUHOFASAZI VA TEXNIKA XAVFSIZLIGI

Hayot faoliyati xavfsizligi - insonni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan va bog‘liq bulmagan faoliyatda uning atrof-muhitga antropologik ta’sirini xisobga olgan xolda xavfsizligini ta’minlovchi bilimlar tizimini tushunamiz.Hayot faoliyati xavfsizligi har qanday yo‘nalish buyicha o‘zini izlanish ob’ektiga maqsad va vazifasiga hamda metodologik yo‘liga bog‘liq. Xavfsizlik deganda biz inson hayot faoliyati davomida mavjud bo‘lgan salbiy omillarni ta’sir extimolini ma’lum darajada yoki butkul bartaraf qilinganini tushunamiz.


Tashqi muhitni muhofaza qilish muammosi bugungi kunning muammosi emas. Insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida bu muammolar har turli qirralari bilan ko‘rinish berib kelgan. Masalan, o‘rta asr boshlarida jahonning katta shaharlarida isinish uchun va boshqa maqsadalar uchun tosh ko‘mirdan foydalanish boshlangan kezlarda bu shaharlar tutunning ko‘payib ketishi natijasida odamlar tutunga qarshi kurash e’lon qilgani haqida ma’lumot bor.

    1. Korxonaning atrof - muhitining meterologik sharoitlari.

Ishlab chiqarish binolarning issiqlik rejimi, bino ichiga tushib turgan quyosh nurlaridan ajralib chiqadigan issiqlikdan iborat bo‘ladi. Ishlab chiqarish binolaridagi ajralib chiqadigan issiqlikning bir qismi ochiq joylardan tashqariga chiqib ketadi, qolgan ikkinchi bir qismi aniq issiqlik bino havosini qizishiga sababchi bo‘ladi.
Ishlab chiqarish binolarida havo issiq jismlarga tegishi natijasida isiydi, engillashadi va yuqoriga ko‘tariladi, uning o‘rnini esa undan sal og‘irroq sovuq havo egallaydi, o‘z navbatida u ham issiq jismlarga tegib isiydi va yuqoriga ko‘tariladi. Shunday qilib havoning doimiy harakatda bo‘lgani uchun faqat issiq jismlar atrofidagi havo issib qolmasdan ishlab chiqarish binolarining hamma eridagi havo isiydi. Bunday issiqlik uzatilishi konvleksion issiqlik uzatilishi Yo‘li deyiladi.
O‘zidan issiqlik chiqaradigan jismlarning harorati 2500-3000S va undan yuqori bo‘lganda, Yorug’likva infraqizil nurlar bilan bir qatorda ultrabinafsha nurlar ham ajralib chiqa boshlaydi. Bu nurlar ishlab chiqarish binolari havosini isitmaydi, lekin ular tarqalish Yo‘lida har xil jismlarga duch kelib shu jismlarda qisman yuritiladilar, yuritilish jarayonida nur energiyasi issiqlik energiyasiga aylanish natijasida jismlarni qizdiradi va o‘z navbatida qizigan jismlar issiqlik manba bo‘lib, atrofdagi havoni issitadi. Bunday issiqlik uzatilishi nur tarqatish issiqlik uzatilishi yo‘li deyiladi.
Ishlab chiqarish binolarining texnologik jaraYoni havoning namligiga katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Suv va suvli eritmalar bilan ishlov berish usullaridan foydalaniladigan paytlarda havo namligi yanada oshib ketadi. Ayniqsa ular isitilsa yoki qaynatiladigan bo‘lsa va ulardan chiqadigan bug‘ tepaga to‘siqsiz ko‘tarilib ketsa havoning nisbiy namligi 80-90% va hatto 100%ga etishi mumkin.

      1. Yuk ko‘tarish va tashish ishlarida xavfsizlikni ta’minlash

Mashinalarning bevosita yuk ko‘taruvchi moslamalari (stropalar, trosslar, zanjirlar, qisqichlar, ilgaklar) foydalanishga tushirilishidan oldin va har galgi sozlashdan so‘ng, sinovdan o‘tkazilishi shart. Sinov me’yordagi yuk ko‘tarish qobiliyatidan 25% ko‘p ortilgan holda bajariladi.
Po‘lat arqonlar o‘ramning har qadamidagi uzilgan simlar soniga va zanglash sababli diametrining kamayganligiga qarab, me’yoriga solishtirib, ishga yaroqliligi yoki yaroqsiz ekanligi aniqlanadi.Po‘lat arqon sim yoki zanjirlarni, oddiy sinalmagan simlar bilan ulab uzaytirib, ishlab chiqarishga qullash taqiqlanadi.
Yuk tuproq shag‘al ostida bo‘lsa yoki ustida boshqa narsalar bo‘lsa, uni ko‘tarish ko‘tarish mumkin emas va yukni ko‘tarilgan holda qoldirib (tanaffus yoki ish tugagach) ketish qat’iyan man qilinadi.
Yuk ko‘tarish mexanizmlarining soz holatda saqlanishiga va ulardan xavfsiz foydalanishga javobgarlik ana shu mexanizmlar ishlatiladigan korxona bo‘linmasi yoki muhandis-texnik xodimi zimmasiga yuklatiladi. Bu xodim maxsus buyruq bilan tayinlanadi.
Yuk ko‘tarish mexanizlaridan xavsiz foydalanish uchun, ayniqsa, ularning tayanch qismlari, arqon, tros, ilgak va boshqa qismlari kattaroq mustahkam zahira bilan tayyorlanadi.
Mexanizm va tuzilmalarda ularnig imkoniyatidan og‘irroq yuklarni, odamlar hamda begona (og‘iligi aniq bo‘lmagan) yuklarni ko‘tarish, nosoz yuk ko‘tarish mexanizlari va tuzilmalaridan foydalanish man etiladi.
Yoshi 18 dan kichik bo‘lmagan, o‘qigan, yo‘l-yo‘riq olgan va malaka sinovidan (attestatsiyadan) o‘tgan, shuningdek, tegishli guvohnomaga ega bo‘lgan kishilar yuk ko‘tarish tuzilmalari hamda mexanizmlarida ishlashga ruxsat etiladi.
Yuk ko‘tarish va tashish vosittalarini xavfsiz ishlatishga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat:

      1. Hamma aylanuvchi va harakatlanuvchi qismlari hamda mexanizmlari ishonchli to‘siqqa ega bo‘lishi;

      2. Signalizatsiyasi, blokirovkali tormozlari ishonchli ishlashi kerak.

  1. Omborxonalar va ayrim sexlardagi transportyor va konveyerlarning eng havfsiz harakat tezligi 0,2 m:s.dan oshmasligi zarur va tezlikni cheklab turish uchun, tezlik cheklagichlari bilan ta’minlanishi darkor.

  2. Osma tashish tuzilmalari (elektr relslar, osma elektr shatakchilar, etektr poezdlar tasmali transportYorlar), odatda, ish o‘rinlari hamda yo‘laklar tepasida joylashtirilmasligi kerak va ular ishonchli himoya vo-sitalari yordamida o‘rnatilishi, tushib ketgan yukni tutib qola oldigan darajada mustahkam bo‘lishi kerak.

Omborxonalar va ayrim sexlardagi transportyor va konveyerlarning eng havfsiz harakat tezligi 0,2 m:s.dan oshmasligi zarur va tezlikni cheklab turish uchun, tezlik cheklagichlari bilan ta’minlanishi darkor.
Osma tashish tuzilmalari (elektr relslar, osma elektr shatakchilar, etektr poezdlar tasmali transportYorlar), odatda, ish o‘rinlari hamda yo‘laklar tepasida joylashtirilmasligi kerak va ular ishonchli himoya vo-sitalari yordamida o‘rnatilishi, tushib ketgan yukni tutib qola oldigan darajada mustahkam bo‘lishi kerak.
Ishlab chiqarish korxonalarida yuklarni ortishtushirish, taxlash va joylashtirish bilan bog‘liq hamma yumushlar mehnat haqidagi qonunlar asosida “Ortish- tushirish ishlari. Xavfsizlikning umumiy talablari”ga muvofiq belgilab qo‘yilgan.
Ortish-tushirish ishlari ko‘tarishtishish tuzilmalaridan foydalanib bajariladigan bo‘lsa, korxona ma’muriyati ishlarning xavfsiz amlga oshirishligiga jovobgar shaxsni tayinlaydi. Bu shaxs yukni ortish-tushirish va tashish vositalari hamda usullaning to‘g‘ri tanlanishini kuzatib turishi lozim. Bunday ishlar tajribali xodim rahbarligida olib boriladi.
Ortish-tushirish ishlari asosan mexanizatsiyalash tirilgan usulda, ya’ni tushirgichlar yordamida, ishlar hajmi kichik bo‘lganida esa kichik mexanizatsiyalar yordamida amalga oshiriladi.
Yuklarni tug‘ri mahkamlash ortish-tushirish ishlarining xavfsiz bajarishda katta ahamiyatga ega.
Agar yukni ko‘chirish vaqtida zanjir va arqonlarning o‘z-o‘zidan echilib yoki siljib ketish ehtimoli bo‘lsa, yuklarni tushib ketishi, baxtsiz hodisalar yuz berishi mumkin.
Undan tashqari, konveyerlarning xavfli mintaqalari, odamlar yuradigan Yo‘laklar bilan kesishgan joylarida himoya to‘siqlari bilan ta’minlanishi shart hisoblanadi.

Yüklə 360,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin