Mundarija kirish I bob. Savod o‘rgatish darslarida ko‘rgazmali vositalarni o‘rni va ahamiyati


Ta'lim metodlari va vositalarining tavsifi



Yüklə 99,62 Kb.
səhifə3/10
tarix28.11.2023
ölçüsü99,62 Kb.
#168563
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Savod oʻrgatish darslarida koʻrgazmali vositalardan foydalanish kurs ishi

1.2. Ta'lim metodlari va vositalarining tavsifi
Metodlar bir qancha asosiy guruhlardan iborat bo'lib, ularning har biri o'z navbatida kichik guruhlar va ularga kiruvchi alohida metodlarga bo'linadi. O'quv-biluv faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish jarayonining o'zi esa axborot uzatish, qabul qilish, anglash va o'quv axborotlarini esda saqlashni hamda olinadigan bilim va ko'nikmalarni amaliyotda qo'llay olishni nazarda tutishni hisob-ga olsak, birinchi guruh metodlariga so'z orqali axborotni uzatish va eshitish orqali qabul qilish metodlari og‘zaki metodlar; hikoya, ma'ruza, suhbat va boshqalar; ikkinchi guruh metodlariga o'quv axborotlarini ko'rgazmali uzatish va ko'rish orqali qabul qilish metodlari — ko'rgazmali metodlar: tasviriy, namoyish qilish va bosh­qalar; uchunchi guruh metodlariga o'quv axborotini amaliy mehnat harakatlari orqali berish (amaliy metodlar, mashqlar, laboratoriya tajribalari, mehnat harakatlari va boshqalar) kiradi. Demak, amaliyotda keng qo'llanilib kelayotgan ta'lim metodlarini quyidagi ko'rinishda ifodalash mumkin (1-shakl).

1-shakl. Ta'lim metodlari.



Ta'lim metodlari tarkibi.
Ta'lim metodlari tarkiban o‘qitish metodlari va o‘qish metodlaridan iborat. O‘qituvchi bilimlarni Og‘zaki bayon etsa, bolalar uni tinglaydi; o‘qituvchi mustaqil ish topshirsa, o‘quvchilar bajarishadi. Bilimlarni Og‘zaki bayon etish, mustaqil ishlash kabilar o‘qitish metodlari bo‘lib, ular vositasida didaktik vazifalar (bilimlarni o‘rganish, mustahkamlash, takrorlash va sh.k) hal etiladi. O‘quv-tarbiya jarayonida ta'lim metodlarining samaradorligini oshirish maqsadida o‘qitish va o‘qish metodlari majmuasidan foydalaniladi. Masalan, ma'ruza metodi tarkiban o‘qituvshining o‘rganilayottan mavzuni mantiqiy izchillikka, Og‘zaki bayon qilishi, o‘quvchilarning esa o‘quv materiallarini izchil tinglashi kabi metodlardan iborat. Ma'ruza metodidan shu yo‘sinda foydalanish o‘qituvchining, o‘quvchining ham faolligi talablariga, binobarin, ta'limning samaradorligini oshirish ehtiyojlariqa mos kelmaydi. Zero, ma'ruzaning yuqoridagi ko‘rinishi faqat bolalar xotirasiga mo‘ljallangan. Ma'ruza ham bolalar xotirasiga, ham ular tafakkuriga mo‘ljallab tashkil etilganda, uning samaradorligi yanada oshadi. tajribali o‘qituvchilar ma'ruza metodining samaradorligini oshirish maqsadida turli variantlardan foydalanishadi.
1-variant. Ma'ruzada oldin o‘quvchilar oldiga muammolar qo‘yish. Muammoning bajarilishini muhokama qilish va shu asosda o‘quv materiallarini mantiqiy izchillikda bayon etish. Ma'ruzadan oldin qo‘yilgan muammo bolalarda bilishga ehtiyojni uyg‘otadi. Shu tufayli o‘quvchi ta'lim jarayonining faol sub'ektiga aylanadi. 1-variantda ma'ruza quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
O‘qitish-metodlari O‘qish metodlari
Mavzuga oid muammoni tanlash -muammoni qabul qilish va qo‘yish; tahlil qilish; muammoning bajarilishini-muammoni bajarishga oid tahlil qilish; tahlilda faol qatnashish;
muammoning bajarilishi asosida -o‘qituvchi tushuntirishlarini o‘quv materialini izchil bayon etish.
2-variant. Ma'ruzadan oldin bolalar faoliyatidan o‘tgan omillarni, odatdagi muloqot yo‘li bilan o‘rganilgan bilimlarni tahlil etish. Bu variantda ma'ruza bolalar faoliyatidan o‘tgan omillarni, bilimlarni tahlil qilish asosida tashkil etiladi.
3-variant. Oldin o‘rganilgan bilimlar bilan bugungi Yangi o‘quv materiali o‘zaro daxldor bo‘lsa, bilimlarni esga tushirish maqsadida suhbat o‘tkaziladi. Suhbat yo‘li bilan o‘rganilgan va endi o‘rganiladigan bilimlar o‘rtasida tabiiy bog‘lanish hosil qilinadi. Ma'ruza shu bog‘lanishning davomi sifatida o‘tkaziladi.
O‘quvchi faoliyati -ko‘rgazma qurolni tahlil etish;
-qo‘yilgan muammo to‘g‘risida o‘ylash;
-o‘qituvchi tushuntirishlarini tinglash;
-xulosalarni esda olib qolish;
- bilimlarni o‘quv va hayotiy sharoitlarga tatbiq qilish. 3
4-variant. Ko‘rsatma qurollarda berilgan omillarni tahlil qilish asosida ma'ruza tashkil etilganda, quyidagicha ko‘rinishni oladi.
- O‘qituvchi faoliyati ko‘rgazma qurolni tahlil ettirish;
- bolalar oldiga muammolar qo‘yish;
- qo‘yilgan muammo asosida bilim-larni izchil bayon etish;
- xulosalar chiqarish;
- bilimlarni o‘quv sharoitlariga tatbiq qilishni tashkil etish;
Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, ta'limda hech bir metod sof holda qo‘llanilmaydi. har bir ta'lim metodi tarkiban o‘qitish metodlari va o‘qish metodlaridan iborat. O‘qitish va o‘qish metodlarining bir-biriga mosligi, o‘qitish va o‘qish faoliyatlarining o‘zaro muvofiqlashuvini ta'minlaydi. Bu o‘z navbatida didaktik ta'sirning o‘qitish va o‘qish faoliyatlari o‘zaro ta'sirining samarali amal qilishiga olib keladi.
O‘qitish metodlari va o‘qish metodlarining bir-biriga muvofiqlashuvi ta'limning ijtimoiy instinktning alohida turi-o‘qitish va o‘qish faoliyatlarining o‘zaro ta'siri shaklida amal qilishni ta'minlaydi. O‘qitish va o‘qish faoliyatlari o‘zaro ta'sir mohiyatidan kelib chiqib, ta'lim metodlarini ikki guruhga ajratamiz; o‘zaro ta'sirni tashkil etish va boshqarish metodlari, o‘zaro ta'sir natijasini nazorat etish metodlari.
Ta'lim metodlarining har bir guruhida o‘qitish va o‘qishning o‘zaro ta'siri qatnashadi. O‘zaro ta'sir ishtirok etmaydigan metod ta'lim metodi sanalmaydi. Masalan, o‘qituvchi evristik suhbatni tanladi deylik: bolalar uchun tushunarli, ularni qiziqtiradigan savollarni o‘rtaga tashlay olish o‘qituvchi faoliyatiga bog‘liq. O‘qituvchi o‘zi dars beradigan sinf o‘quvchilarining umumiy tayyorgarligini aniq tasavvur etsa, bolalarning real bilish imkoniyatlarini hisobga olsa, ularning yosh va individual xususiyatlariga tayansa, ana o‘shandagina sinf o‘quvchilari ta'limda faol ishtirok etishadi. O‘qituvchi faolligi o‘quvchi faolligini va, o‘z navbatida, o‘quvchilar faolligi o‘qituvchi faolligini ta'minlaydi.
O‘zaro ta'sirni tashkil etish va boshqarish metodlari tasnifi.
Og‘zaki bayon metodlari. hikoya, tasvir, suhbat, ma'ruza ta'limning bilimlarni Og‘zaki baen qilish metodlari sanaladi. Bu metodlar evristik suhbatni hisobga olmaganda, asosan, o‘quvchilarning xotirasiga mo‘ljallab tashkil etiladi. hurilish jihatidan ularning tarkibi bir xil: o‘qituvchi tushuntiradi, bolalar tinglaydi.
Hikoya. Ta'limning turli bo‘g‘inlarida qo‘llaniladigan universal metodlardan biri hikoyadir. hikoyaning bir necha xil turi mavjud: kirish hikoyasi- o‘quv materialini o‘rganishga bolalarni tayerlash maqsadida o‘tkaziladi. kirish hikoyasi badiiy asarlar bilan tanishtirish, Yangi mavzuga oid omillarni eslash, ularni dastlabki tahlil etish bilan daxldor metoddir; bayon shaklidagi hikoya- Yangi o‘quv materialini bevosita idrok etish bilan aloqador metodi sanaladi. Bayon shaklidagi hikoyada o‘qituvchi o‘quv materiali mazmunini turlicha aytadi, uning asosiy va ikkinchi darajali xususiyatlarini izohlaydi; yakunlovchi hikoya-undan darsning oxirida o‘rganilgan mavzuga yakun yasash maqsadida foydalaniladi.
Ma'ruza.
Ma'ruza o‘rta umumta'lim maktablarining yuqori sinflarida, texnikum va kollejlarda, oliy o‘quv yurtlarda foydalaniladigan ta'lim metodi bo‘lib, unda o‘zaro ta'sir o‘qituvchining bayoni va bolalarning tinglashi, ayrim omillar, asosiy g‘oya va bog‘lanishlarni yozib olish shaklida amal qiladi. Ma'ruza uchun vaqt bolalarning tayyorgarlik darajasi, o‘quv materiali xajmiga ko‘ra belgilanadi.
Ma'ruza jarayonida o‘quvchilarning faolligi, tashabbuskorligini oshirish maqsadida o‘qituvchi o‘z Nutqini ko‘rgazmali qurol, darslikda berilgan omillar, muammo va topshiriqlar bilan uyg‘unlashtiradi. Ma'ruza jarayonida ko‘rgazma qurolidagi omillarni tahlil etishga bolalar dihuquqhuquqatini tortish, o‘qituvchi aytgan qoida, ta'rif, aniqliklarni dars materiallariga chog‘ishtirish yo‘llari bilan bolalar faolligi oshiriladi. Shuningdek, o‘quv materialiga oid terminlarga izoh berish, ayrim o‘rinlarda o‘quvchilarning o‘zlariga xulosa chiqarishni taklif etish talabalarning o‘quv-biluv faoliyatining samarador amal qilishini ta'minlaydi.
Suhbat. Suhbat o‘qituvchi o‘quvchining o‘zaro ta'siri diolog shaklida amal qiladigan ta'lim metodidir. Unda mavzu mazmuniga xos, atroflicha o‘ylangan, bir-biriga bog‘liq savollarni qo‘yish va savollarga javob izlash hamda javob qaytarish yo‘llari bilan o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati o‘zaro muvofiqlashadi.
Suhbat mohiyati jihatidan ikki turli bo‘ladi: evristik suhbat; katoxezistik suhbat. Evristik suhbat o‘quvchilarning tafakkuriga mo‘ljallangan metod bo‘lib, unda o‘zaro ta'sir o‘qituvchi savollari bolalarning javoblari shaklida amal qiladi. Evristik suhbat uzoq tarixga ega bo‘lib, undan qadimgi Gretsiyada Sokrat mohirona foydalangan.
U hozirgi ilmiy-didaktik tadqiqotlarda «izlanish suhbati» ham deb yuritaladi. Evristik suhbatning qator ijobiy tomonlari mavjud; ijodiy yo‘l bilan o‘quv materialini o‘rganish; o‘zlashtirishning individual xarakter kasb etishi. Bu metodning salbiy tomonlari ham bor. Masalan, ma'ruza, hikoya vaqtni tejash nuqtai nazaridan eng masalador metodlar sanalsa, vaqtni ko‘p olishi, evristik suhbatning kamchiligidir.
Evristik suhbatning o‘ziga xos tashkiliy hurilishi mavjud. Buni «Ko‘chirma gap» mavzusi misolida oydinlashtiramiz:
-darsning mavzusi, maqsadini e'lon qilish (bolalar, hozir siz darak, so‘roq, buyruq gaplarning ta'rifini aytib berdingiz. Bugun «ko‘chirma gap»ni o‘rganamiz. Agar mening savollarimni diqqat bilan tinglab, javob qaytara olsangaz, bugungi mavzuni mustaqil o‘rganasiz.);-kuzatish uchun omillar (o‘qituvchi bolalarga quyidagi savollar bilan murojat qiladi; bugun qanday gapni o‘rganamiz O‘rtog‘ingizning men bergan savolga javobini yozing).

Doskaga o‘quvchilardan biri «Bugun ko‘chirma gapni o‘rganamiz» jumlasini yozadi. O‘qituvchi «Katta bo‘lganda kim bo‘lmoqchisizhuquq» savolni o‘rtaga tashlaydi. «Katta bo‘lganimda o‘qituvchi bo‘laman» gapi ham doskaga yoziladi. Kuzatish uchun Nutqdan quyidagicha gaplar tanlab olinadi:
-Biz bugun ko‘chirma gapni o‘rganamiz (dedi Odil).
-Katta bo‘lganimda o‘qituvchi bo‘laman (dedi Anvar).
Mustaqil xulosalar chiqarish uchun savollar; Kimlarning gapi o‘zgarishsiz ishlatiladi, daftarlarga (doskaga) yoziladi? qanday gap deyiladihuquq
-Odil, Anvarning gaplari o‘zgarishsiz yoziladi. O‘zgarishsiz ishlatilgan gaplarga ko‘chirma gap deyiladi.
-o‘qituvchi o‘quvchilar chiqargan xulosani to‘ldiradi, ko‘chirma va muallif gaplarining farqlarini, ularning o‘rinlari, ishlatiladigan tinish belgilarini izohlaydi. Doskaga4 yozilgan gaplarni quyidagi shaklga keltiradi:
«Bugun ko‘chirma gapni o‘rganamiz»,-dedi Odil.
«Katta bo‘lganimda o‘qituvchi bo‘laman»,-dedi Anvar.
-Chiqarilgan xulosalarni turli o‘quv- sharoitlariga tatbiq etish yo‘li bilan bilimlar mustahkamlanadi.
Katoxezistik suhbat o‘quvchilarning xotirasiga, binobarin, qayta esga tushirish faoliyatiga mo‘ljallab o‘tkaziladi. O‘tkazish maqsadiga ko‘ra katoxezistik suhbatning quyidagicha turlari mavjud:
Yakunlash suhbati. Bunday suhbatda mashg‘ulotda qilingan ishlar bo‘yicha umumiy va yakuniy xulosa chiqariladi.
Mustahkamlash suhbati-Yangi mavzu tushuntirilgandan keyin o‘tkaziladi, so‘ngra Yangi mavzu intelektual va amaliy topshiriqlar bajariladi.
Takrorlash suhbati-ikki yoki undan ortiq mavzu bo‘yicha o‘tkaziladi. Takrorlash yo‘li bilan malakalar takomillashtiriladi. Umumlashtiruvchi suhbat-katta bo‘lim o‘tilgandan so‘ng, o‘quv boshida, oxirida tashkil etiladi.
Kirish suhbati-yangi mavzuni o‘rganishdan oldin o‘tkaziladi. Nazorat suhbat-bilimlarni sinab ko‘rish maqsadida tashkil etiladi.
Bilimlarni Og‘zaki bayon etish metodlari, evristik suhbatni hisobga olganda, asosan, xotiraga, binobarin, o‘quvchilarning qayta eslash faoliyatiga mo‘ljallab tashkil etiladi. hikoya, tasvir, ma'ruza, suhbat metodlarining zaif tomoni ham shunda. Ularning zaif tomonlarini bartaraf etish, o‘quvchilarni ta'lim jarayonining faol sub'ektiga aylantirish uchun quyidagi rag‘batlantiruvchi metodlardan foydalaniladi:
1. Qiziqarli o‘quv holatlari yaratish-qiziqarli o‘quv holatlari bolalarda turli emotsiyalarni uyg‘otadi. Fizikadan «Fizika va hayot», «Ertaklarda fizika», kimyoda «Mo‘jizasiz mo‘jizalar», matematikadan «qiziqarli matematika», «Ajoyib raqamlar», «Sirli raqamlar»ga oid omillarni, hodisalarni ta'limga olib kirish bolalarda bilimlarning qiziqishlarini oshiradi.
2. Badiiy, ilmiy-ommabop, tarixiy asarlardan olingan omillarni keltirish, ularni tahlil etish ham ta'lim jarayonida o‘quvchilarning faolligini oshiradi.
3. Ma'ruza, hikoya, tasvir, suhbat jarayonida analogiya metodidan foydalanish. Masalan, fizikadan ultra binafsha nurlar (quyosh nurining yetti xil elementdan iboratligi), lokatsiya hodisasini ko‘rshapalak misolida izohlash, bolalarda o‘quv faniga, o‘rganilayotgan mavzuga qiziqishni oshiradi.
4. Fan tarixida ekskursiya ham bolalarning o‘quv-biluv faoliyati samaradorligini oshirish vositasi sanaladi. Ona tilidan utyug, karandash kabi so‘zlarning o‘zbek tilidan rus tiliga o‘gganligi, tomosha (tomdan oshib qarash), kengash (katta osh) so‘zlarining ma'nosini izohlash, bolalar faolligini oshiradi.
5. Kundalik turmushda ishtirok etish yo‘li bilan hosil qilingan tajriba va ilmiy bilimlarni o‘zaro taqqoslash ham bolalarda o‘quv biluv faoliyatiga havasni oshiradi. Shunday qilib, bilimlarni Og‘zaki bayon qilish , metodlari bilan rag‘batlantiruvchi metodardan parallel foydalanish o‘quv tarbiya ishlarining samaradorligini oshiradi.
Ko‘rgazmali metodlar.
Ko‘rgazmalilik didaktikada eng asosiy qoida bo‘lib, uning yordamida ko‘ruv o‘quvi va tafakkur o‘zaro uyg‘unlashadi. Ko‘rgazmali metodlarning quyidagicha turlari mavjud:
Illyustratsiya metodi Og‘zaki bayon qila turib, rasmlar, chizmalar, jadvallar, doskadagi yozuvlarga dihuquqhuquqatni tortish.
Demonstratsiya metodi-kinoapparat, LETI kabi texnik vositalar asosida, shuningdek, televizor eshittirishlaridan, videotasvirdardan foydalanib, kinolentalarni, turli tasvirlarni namoyish qiladi.
Tabiiy ko‘rgazmalar-narsalarning o‘zi, predmetlar, turli jonivorlarning mulyajlarini ko‘rsatish. Ko‘rgazmali metodlar eshitish va ko‘rish o‘quvlarini o‘zaro uyg‘unlashtirish vositasi hisoblanadi. Shu tufayli ulardan bilimlarni Og‘zaki bayon qilish metodlari bilan yonma-yon foydalanshp ta'limning samaradorligini oshiradi.
Muammoli izlanish metodlari.
Muammoli izlanish turidagi metodlar o‘quvchilarning tafakkuriga, binobarin, ularning ijodiy faoliyatiga yo‘nalgan ta'lim metodidir. Bu metodlar asosida o‘quv-tarbiya ishlari tashkil etilganda o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro ta'siri quyidagicha umumiy ko‘rinishga ega bo‘ladi.

O‘qituvchi faoliyati



O‘quvchi faoliyati


- turli topshiriqlar asosida muammoli holat yaratish;


- muammoli holatda ishtirok etish va muammoni qabul qilish;


- farazlarni aytishni taklif etish;


- muammoni hal etishga oid farazlarni aytish;


- farazlardan tanlangan muammoni mosini bajarishga tatbiq etishni so‘rash;


- tanlangan farazni muammoni bajarilishiga tatbiq etish;



- xulosalar chiqarishga ko‘maklashish;



- xulosalar chiqarish;



- chiqarilgan xulosalarni amaliyotga tatbiq etish yo‘llarini ko‘rsatish;



-xulosalarni amaliyotga tatbiq etish;


Muammoli izlanish metodlari ham maktab tajribasida sof holda qo‘llanilmaydi. Muammolarni qo‘yish, ularni izohlashda suhbat, hikoyadan ham foydalaniladi. Shuningdek, ma'ruza o‘qib turgan paytda turli o‘quv topshiriqlari, muammolar ham hal etiladi. Ko‘rgazma qurollar vositasida bolalarga eksperemental (sinov) topshiriqlar beriladi. Ana shularga ko‘ra muammoli-izlanish metodlarining quyidagi turlari farqlanadi.


Muammoli hikoya-o‘rganilayotgan mavzu doirasida hikoya boshida, hikoya davomida, hikoya oxirida bolalar oldiga muammolar qo‘yib, ularning mavzuga qiziqishlarini oshirish yo‘lidir.
Muammoli ma'ruza-ma'ruzadan oldin o‘quvchilarni mavzuga qiziqtirish maqsadida yoki ma'ruza oxirida o‘quvchilar oldiga muammolar qo‘yish yo‘li bilan ta'lim maqsadiga erishishdir. O‘quv materialining asosiy qismini ma'ruza vositasida, nisbatan oson qismini topshiriqlarni bajarish, muammolarni qo‘yish yo‘li bilan ham o‘rgansa bo‘ladi.
Keyingi paytlarda maktablarda muammoli amaliy ishlar, masalan, optikadan laboratoriya ishi, ilmiy tadqiqot ishlari (tarixiy materiallarni tasnif etish, u yoki bu geografik tumanga tabiiy va iqtisodiy geografiya nuqtai nazaridan tasnif yozish) keng o‘rin olmoqda. Bular bolalarbop eksperemental (sinov) tadqiqot metodlaridir. Ko‘rinadiki, muammoli-izlanish metodlari bilimlarni Og‘zaki bayon etish, ko‘rgazmali metodlar bilan birga qo‘shib olib borilganda o‘quv-tarbiya jarayonining samaradorligini yanada oshiradi.
Mustaqil ishlash metodlari.
Mustaqilishlar ta'limning turli guruhlari, sikllarida, darsning barcha bosqichlarida o‘tkaziladigan, o‘qituvchining bevosita ishtirokisiz, ammo uning ko‘rsatmalari, rahbarligida bajariladigan intelektual va amaliy topshiriqlardir.hozirgi paytda mustaqilishlarning quyidagi turlaridan foydalaniladi.
Darslikdagi qoidalar va ta'riflar ustida mustaqil ishlash: darslikdagi qoida va ta'rifni o‘qish va ularga oid omillarni ajratish; o‘qituvchi bergan, o‘qituvchi topshiriqiga ko‘ra to‘plagan omillarni tahlil etish va xulosa chiqarshy; darslikning ayrim betlarini tanlab o‘qish va shu bilimlardan amaliyotda foydalanish yo‘llari to‘g‘risida qisqacha xisobot tayyorlash; qoida, ta'riflarni mantiqiy qismlarga ajratish va terminlarga izoh yozish; darslik, o‘quv qo‘llanmalarni va qo‘shimcha adabiyotlardan o‘rganilgan mavzu doirasida omil to‘plash; ma'ruza, hikoya, suhbat paytida o‘qituvchi chiqargan xulosalarni darslikdagi qoida, ta'rif aniqliklariga solishtirish.
Darslikdagi amaliy materiallar ustida mustaqil ishlash: darslikdagi mashq, misol va masalalar variantlar asosida musobaqalashib bajarish; darslikdagi amaliy materiallar asosida turli diogramma, jadval, chizmalar tayyorlash; laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish rejasiii tuzish.
Mashg‘ulotlarda turli mustaqil ishlarni bajarish bolalarda mustaqillikni tarbiyalaydi. Mustaqillik esa shaxsiy sifat hisoblanadi. Mustaqil ishlash metodlaridan foydalanishda qator qoidalarga rioya qilinadi; o‘quvchilarni mustaqil ishlashga tayyorlash; mustaqil ishlarning tushunarli bo‘lishi; mustaqil ish uchun yetarli vaqt ajratish; mustaqil ish natijasini tekshirish.
Didaktik o‘yinlar metodi. 5
Keyingi yillarda ilg‘or o‘qituvchilar tajribasida didaktik o‘yinlardan ta'lim metodlari sifatida foydalanish odat tusini olib bormoqda. Didaktik o‘yinlarning samaradorligi shundaki, ular vositasida o‘quv-tarbiya ishlari hayotga yaqinlashtiriladi, shuningdek, ularning har birida bilimlarni Og‘zaki bayon etish, ko‘rgazmali, amaliy metodlarning elementlari qo‘llaniladi. Shu xususiyatlariga ko‘ra didaktik o‘yinlar sintetik xarakterga ega. Ularning quyidagicha turlari mavjud:
Stimulyativ o‘yin-ta'limni hayotda bo‘lib o‘tgani ijtimoiy voqealarga tenglashtirish, ularga muqoyasa qilib tashkil etish va boshqarish metodidir. Bu o‘yindan tarix, geografiya darslarida unumli foydalaniladi; bir o‘qituvchi Amir Temur, boshqasi Boyazid, qolganlari sarkardalar, askarlar rolida ishtirok etadi, shu yo‘l bilan ta'lim bo‘lib o‘tgan tarixiy voqeaga muqoyasa qilib tashkil etiladi.
Stimulyativ o‘yinlarning bir ko‘rinishi instsenirovka (rollarga ajratib o‘qish) metodidir. Boshlang‘ich sinflarda badiiy mantlar, yuqori sinflarda badiiy asarlarni rollarga ajratib o‘qtish an'anasi maktablarimiz tajribasida uzoq tarixga ega. Adabiyot o‘qituvchilari «Tuya bilan bo‘taloq« asarini o‘qitganda bir o‘quvchi yozuvchi ikkinchi o‘quvchi tuya, uchinchisi esa bo‘taloq so‘zlarini o‘qib ta'limda ishtirok etishadi.
Stimulyativ o‘yinlar ham asta-sekin maktab tajribasida o‘z o‘rnini olib bormoqda. Mehmon kutish, kasalni davolash, xarid qilish kabi turli hayotiy vaziyatlar mohiyatidan kelib chiqib, ta'limni tashkil etish va boshqarish situativ o‘yinlar sirasiga kiradi.
Amaliy metodlar.
Ta'limning amaliy metodlarida o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro ta'siri bolalar oldiga qo‘yiladigan topshiriqlar hamda ularni qabul qilish shaklida amal qiladi.
Amaliy metodlarning quyidagicha turlari mavjud:
Laboratoriya tajribasi amaliy metod bo‘lib, ular turli ko‘rinishlarga ega: kimyodan va boshqa tabiiy o‘quv fanlaridan yoppasiga laboratoriya mashg‘uloti, fizikadan o‘quv praktikumi, yoppasiga kuzatish kabi ish turlari mashg‘ulotning bir qismini oladi, ba'zan ularga bir necha o‘quv soatlari ajratiladi.
O‘quv ustaxonasida turli topshiriqlarni bajarish, o‘quv-ishlab chiqarish sexida, o‘quvchilar brigadasida ishlash ham amaliy metodlar sirasiga kiradi. O‘quvchilar turli mehnat qurollaridan qaychi, pichoq, chizg‘ich, sirkul va sh.j.dan foydalanib qirqish, o‘lchash kabi ishlarni bajaradi.
Elektron hisoblash mashinalari, ovozni yozib olish va eshittirish apparatlari bilan ishlash, o‘quv materiallari asosida kompyuterlarda dasturlar tuzish amaliy metodlarning yangi turlari sanaladi.
Amaliy metodlarning eng qadimiy turi mashqdir. Mashq-o‘rganilgan bilimlarni turli o‘quv sharoitlariga tatbiq etish yo‘lidir. Mashq vositasida turli malakalar-inteluktual va aqliy, xususiy (masalan, matematika bo‘yicha) va umumiy (masalan, barcha o‘quv fanlariga oid) malakalar tarkib toptiriladi.
Mashq o‘quv topshiriqlari asosida o‘tkaziladi. Uni bajarishda quyidagicha bosqichlarga rioya qilinadi.
1-bosqich: mashqni bajarishda foydalaniladigan bilim, faoliyat metodllarini esga tushirish. Bilimlarni esga tushirish bu xotiraning oddiygina ishi emas. Bu jarayon topshiriqni bajarishga oid bilimni esga tushirish, uni bilimlar orasidan ajratib olish, ajratilgan bilimni tahlil etish, uni o‘quv sharoitiga tatbiq etishni tasavvur qilish kabi aqliy ishlarni taqazo etadi.
2-bosqich: Ajratilgan bilimni, faoliyat metodini mashqda berilgan holatga tatbiq etish. Bilimni, faoliyat metodini tatbiq etish jarayonida o‘rganilgan bilimlar ongda mustahkamlanadi, malakalar takomillashadi.
3-bosqich: Bu bosqichda topshiriqning bajarilishi tekshiriladi, mashq qilish jarayonidagi yutuq va kamchiliklar baholanadi, mashq qilish asosida xulosalar chiqariladi.
O'quv materiaiini og‘zaki bayon qilish metodi bayon qilinayot-gan ma'lumotlarning to'g‘ridan to'g‘ri ta'lim beruvchining jonli nuqti orqali idrok qilinishi bilan tavsiflanadi va ana shu xususiyatiga ko'ra ta'limning boshqa metodlaridan farq qiladi.
Ta'limning ko'rgazmalilik metodidan amaliy faoliyatda foy-dalanishda namoyish etish, tasvirlash va ekskursiya metodi bilan ish ko'rishda ta'lim oluvchilarni turli mavzularda tasviriy materiallar bilan ishlashga jalb etish muhim didaktik ahamiyatga ega.
Amaliy mashg‘ulotlar metodi, asosan o'zlashtirilgan iJmiy bilim-larni mustahkamlash va uni amalda qo'llay olish, tegishli ko'nikma va malakalarga ega bo'lishni ta'minlashga xizmat qiladi.
Mashq qildirish metodi o'quv predmetlarining mazmuni va tav-sifiga qarab turlicha olib borilishi mumkin. Ta'lim oluvchilarning o'zlashtirgan ko'nikma va malakalarini mustahkamlash va ularning ijodiy qobiJiyatlarini rivojlantirishda mashq qildirish lozim.
Laboratoriya metodi. Bu ta'lim jarayonida ta'lim oluvchilarga atrofni o'rab turgan obyektiv borliqdagi narsa va hodisalar, ularning shakli, hajmi, tarkibi, tuzilishi, o'zgarishi va rivojlanishi qobiliyatlari haqida yangi-yangi bilimlar berish, o'zlashtirayotgan ilmiy bilimlarni mustahkamlash hamda tegishli ko'nikma va malakalar bilan qurollan-tirishda muhim ahamiyatga ega.
Laboratoriya metodi o'z xususiyatiga ko'ra quyidagicha turlarga va shakllarga bo'linadi (1-shakl):

1-shakl. Laboratoriya mashg‘ulotlarining turlari va shakllari.


Ta'lim vositalari. Ta'lim jarayonida qo'llaniladigan vositalar ta'lim samaradorligini sezilarli darajada oshirishga xizmat qiladi. O'qitishning asosiy vositalari - bu asosiy o'quv mazmuniga ega bo'igan rejalar, o'quv dasturlari, darslik va o'quv qoilanmalari. O'qitishning qo'shimcha vositalari - bu ta'lim oluvchilardagi bilim, ko'nikma va raalakalarni shakllantiruvchi masalalar, mashqlar to'plami, ma'lumotnomalai; tarqatma materiallar, ko'rsatmali va ko'rgazmali vositalar, disketlar, EHM va boshqalar. O'qitishni takomillashtiruvchi dastur vositalari — bu mutaxassislar guruhi tomonidan ishlab chiqilgan va predmetdagi tegishli mavzular bo'yicha dars jarayonini takomillashtirishga imkon beruvchi intellektuallashtirilgan dasturlar va uni amaliyotga joriy etishga sharoit yaratuvchi dasturiy-texnik vositalar. 6



Yüklə 99,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin