Mundarija kirish I bob. Savod o‘rgatish darslarida ko‘rgazmali vositalarni o‘rni va ahamiyati



Yüklə 99,62 Kb.
səhifə5/10
tarix28.11.2023
ölçüsü99,62 Kb.
#168563
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Savod oʻrgatish darslarida koʻrgazmali vositalardan foydalanish kurs ishi

III-Bob bo‘yicha xulosa

Boshlang‘ich sinflarda savod alifbo davri bo‘lib, unda o‘quvchilar alifbodagi barcha unli va undosh tovushharflar bilan tanishtiriladi. O‘quvchilarning tovush-harflarni yaxshi tushunishlari, elementar o‘qishni muvaffaqiyatli egallashlari uchun bo‘g‘inga bo‘lish, so‘zlar tarkibidagi bo‘g‘in chegarasini aniqlash, bo‘g‘indan esa, tovushni ajratish, tovush va harf munosabatini aniqlash, kesma harflardan bo‘g‘in tuzish va o‘qish, bo‘g‘in-tovush, tovush-harf tahlili kabi mashqlardan foydalaniladi. So‘z tarkibidagi tovushlarni ajratish va uni to‘g‘ri va ravon talaffuz qilish mashqida o‘quvchilarga yangi tovush hamda uning yozuvdagi belgisini ya’ni, harf ko‘rinishlarini o‘rgatishda, mustahkamlash mashqlarida, albatta, analiz- sintez metodidan foydalaniladi. Bu usul savod o‘rganayotgan o‘quvchilarning o‘qish va yozish malakalarining ongli ravishda o‘zlashtirishga imkoniyat yaratadi. Analiz-sintez tovush metodi nutq haqida, nutqning gaplardan, gaplarning so‘zlardan, so‘zlarning bo‘g‘inlardan,bo‘g‘inlarning tovushlardan tuzilishini o‘rgatishda, so‘zdan o‘rganilayotgan tovushlarni ajratib olish, uni o‘rganilgan harflarga qo‘shib o‘qishga o‘rgatishda amal qiladi. Demak, boshlang‘ich ta’limning asosiy vazifalardan biri o‘quvchilar nutqini o‘stirishdir. Buning uchun savod o‘rgatish davrida o‘quvchilarning talaffuzi ustida ishlash katta ahamiyatga egadir, chunki maktabga ilk qadam qo‘ygan bolaning talaffuzida kamchiliklar bo‘ladi.
Bunday holatda, bir tovush o‘rniga boshqasini talaffuz qilish, so‘zdagi ayrim tovushni talaffuz jarayonida tushirib qoldirish yoki bir tovushni orttirib talaffuz qilish kabi holatlari uchrab turadi. Savod o‘rgatish jarayonida o‘quvchi yuqoridagi xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yganda, shu zahoti o‘qituvchi o‘quvchining kamchiliklarini to‘g‘rilab borishi va qo‘shimcha talaffuz mashqlari asosida bunday o‘quvchilar bilan alohida shug‘ullanishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.

II BOB. SAVOD O‘RGATISH DARSLARIDA KO‘RGAZMALI VOSITALARDAN FOYDALANISH METODIKASI


Yüklə 99,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin