Mundarija kirish I bob. Savod o‘rgatish darslarida ko‘rgazmali vositalarni o‘rni va ahamiyati


Ko‘rgazmali vositalarni turlari va undan foydalanishning samarali usullari



Yüklə 99,62 Kb.
səhifə6/10
tarix28.11.2023
ölçüsü99,62 Kb.
#168563
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Savod oʻrgatish darslarida koʻrgazmali vositalardan foydalanish kurs ishi

2.1. Ko‘rgazmali vositalarni turlari va undan foydalanishning samarali usullari.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda ta’lim-tarbiya tizimi va barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlari darajasiga ko‘tarildi. Hozirgi kunda Respublikamizda ushbu sohaga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilmoqda. Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan pedagoglar oldida o‘ta muhim, ta’lim tizimini isloh qilish vazifasi qo‘yildi. Boshlang‘ich ta’lim sifatini oshirish maqsadida umumta’lim maktablarida dars mashg‘ulotlarining sifatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Darslarda o‘quvchilarga faqatgina bilim beribgina qolmay, balki ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish muhim vazifa sifatida e’tirof etilmoqda. Buning uchun darslarda axborot- kommunikatsiya texnologiyalari, ko‘rgazmali vositalar va o‘quvchilarda faol fikrlash imkoniyatlarini kengaytirishning usul va vositalarini keng qo‘llash yaxshi samara beradi.
Ma’lumki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ularning qay darajada o‘zlashtirishlaridan qat’iy nazar, mustaqil ishni bajarish uchun bir xildagi o‘quv topshriqlari beriladi. Lekin, maktabda a’lo o‘zlashtiruvchi, o‘rta darajada o‘zlashtiruvchi va bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bo‘ladi. Ana shunday jihatlarni hisobga olgan holda o‘qituvchi o‘quv topshirig‘ini ikki xil variantda tuzishi va o‘quvchilarning qobiliyatiga ko‘ra tarqatishi lozim. Masalan: barcha o‘quvchilar qo‘shish va ayirish amallariga oid mashqni bajarishlari kerak bo‘lganda, o‘qituvchi kuchli o‘quvchilar uchun ikki ustunda, o‘rtachalari uchun bir yarim ustunda, yaxshi o‘zlashtirmaydigan o‘quvchilar uchun yarim ustunda mashqlarni yechishni taklif etishi kerak.
Ona tili darslarida esa, barcha o‘quvchilar ma’lum bir mashqni bajarishga ko‘rsatma oladilar. A’lochi o‘quvchilar bu mashqni oxirigacha, o‘rtachalari yarimigacha, bo‘sh o‘zlashtiruvchilari esa, 1 yoki 2 ta gaplardan iborat mashqlarni bajaradilar. Bunday usul juda keng tarqalgan bo‘lib, o‘qituvchi topshiriqlarni ana shu tartibda tarqatadi. Bunda ba’zi o‘qituvchilar ayrim metodik kamchiliklarga yo‘l qo‘yadi. Ya’ni, o‘qituvchi sinfdagi o‘quvchilarning individual qobiliyatlarini hisobga olgan holda mashqni bo‘laklarga bo‘lganida, o‘quv materialini to‘liq o‘zlashtirilishiga erishmasligi mumkin. Xuddi shunday kamchiliklarni “O‘qish” darslarida ham kuzatish mumkin. Masalan, ona tili darslarida o‘quvchilar tushirib qoldirilgan tovushlarni qo‘ygan holda mashqni ko‘chirib yozishlari, ega va kesimlari, bosh va ikkinchi darajali bo‘laklarni aniqlashga o‘xshash topshiriqlarni bajarishlari yoki o‘qilgan matnni grammatik jihatdan tahlil qilish o‘rniga “o‘qish, qayta hikoya qilish”ga ko‘rsatma berilsa, darslikning, o‘qish kitobining mazmuniga singdirilgan asosiy g‘oya, metodologik mantiqiy bog‘liqlik tizimiga putur yetishi mumkin. Natijada o‘quvchi darslikda va o‘qish kitobida berilgan topshiriqlar, suratlar, mashqlar bo‘yicha yetarlicha tushuncha hamda tasavvurga ega bo‘lmasligi oqibatida uning bilim, malaka va ko‘nikmalarida bo‘shliqlar hosil bo‘ladi. Bu o‘z navbatida o‘quvchilarga ma’lum bir ketma-ketlikda ta’lim berish jarayonini izdan chiqarishi mumkin. Yuqorida ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etishda boshlang‘ich sinflarda o‘tiladigan barcha fanlar bo‘yicha ko‘rgazmali, tarqatma, didaktik materiallar tayyorlash va ulardan samarali foydalanishning ahamiyati kattadir.
Boshlang‘ich ta’limda ko‘rgazmali qurollardan foydalanish o‘quv vaqtini o‘quvchilarning mustaqil ravishda topshiriqlarini bajarishlari orqali samaradorlikni yanada oshiradi.

Ko‘rgazmali qurollarni ta’lim jarayonining har qanday qismida qo‘llash mumkin. Shunday ekan, ko‘rgazmali qurollar asosan qaysi fanlarni o‘qitish jarayonida ko‘proq qo‘llanilsa, samaraliroq bo‘ladi, degan savolning tug‘ilishi tabiiy, albatta. Boshlang‘ich sinflarning matematika, ona tili va o‘qish, tabiatshunoslik, husnixat darslarida ana shunday didaktik materiallardan samarali foydalanish mumkin. Ko‘rgazmali qurollar o‘quvchilarga:


o‘tilgan va yangi mavzuga oid materiallarni o‘rganish va o‘zlashtirishda;
matematikadan mustaqil misol va masalalarni yechishni o‘rganishlarida;
husnixat darslarida chiroyli yozuv malakalarini puxta egallash7 uchun turli mashqlarni bajarishlarida;
ona tili va o‘qish darslarida berilgan topshiriqlarni barcha talablar asosida mustaqil bajarishni o‘rganishlarida;
tabiatshunoslik darslarida tevarak-atrof va muhit bilan bog‘liq bo‘lgan turli vazifalarni ekologik jihatdan hal etishlarida yaqindan yordam beradi.
Ko‘rgazmali didaktik o‘quv qurollari ikkiga bo‘linadi. Bular:
nashriyot tomonidan tayyorlangan ko‘rgazmali vositalar
- o‘qituvchi tomonidan tayyorlangan ko‘rgazmali vositalardir.
Nashriyot tomonidan tayyorlangan ko‘rgazmali vositalar quyidagi ko‘rinishlarda tayyorlanadi:
1. Platmassalardan tayyorlangan o‘yinchoqlar tarzida.
2. Yog‘ochdan (turli konstruktor elementlari tarzida).
3. Karton qog‘ozlaridan.
4. Katta o‘lchamdagi qog‘ozlarga ishlangan ko‘rgazmali qurollar (tablitsalar).
5. Oson yig‘iladigan maketlar ( kub, prizma, paralellepiped va h.k.).
6. Mulyajlar (sabzavot va mevalar, turli qushlar va jonivorlar).
7. Rangli suratlar
8. Turli fanlar (matematika, husnixat, ona tili)da qo‘lanilishi mumkin bo‘lgan kartochkalar va boshqalar.
Mazkur tarqatma materiallar va ko‘rgazmali qurollar yordamida o‘quvchilar:
faqat o‘qituvchidan emas, balki ko‘rgazmali qurollardan, ularni o‘zaro hamkorlikda bajarayotgan sinfdoshlaridan ham o‘rganib, o‘zlashtirib oladilar;
mustaqil ravishda berilgan topshiriqlarni bajara olish malakasiga ega bo‘ladilar;
berilayotgan yangi ma’lumotlar to‘g‘risida yaxlit tasavvurga ega bo‘ladilar.
Ko‘rgazmali qurollarni yaratish o‘qituvchidan ijodkorlikni talab qiladi. Shunga ko‘ra siz ham o‘zingiz tayyorlagan ko‘rgazmali qurollarni keng o‘qituvchilar ommasiga taqdim etgan holda turli kamchiliklarini aniqlab, kelajakda mukammal maqsadni amalga oshirishga yordam beradigan turlari yoki variantlarini yaratishingiz mumkin.
Ayni vaqtda esa, ko‘rgazmali qurollar tayyorlashda kompyuterdan foydalanishga ko‘p e’tibor berilmoqda. Bu borada kerakli maslahatlarni shu sohaning mutaxassislaridan bilib olganingiz ma’qul.



Yüklə 99,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin