Mundarija kirish I bob. Savod o‘rgatish darslarida ko‘rgazmali vositalarni o‘rni va ahamiyati


Boshlang‘ich sinf darslarida multimediya vostalaridan foydalanishning ta’lim samadorligini oshirishdagi ro‘li



Yüklə 99,62 Kb.
səhifə8/10
tarix28.11.2023
ölçüsü99,62 Kb.
#168563
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Savod oʻrgatish darslarida koʻrgazmali vositalardan foydalanish kurs ishi

2.3. Boshlang‘ich sinf darslarida multimediya vostalaridan foydalanishning ta’lim samadorligini oshirishdagi ro‘li

Ta’lim yangi bosqichga ko‘tarilmoqda, o‘quvchilar fikr darajasi kengaymoqda, axborot olish osonlash moqda, bunday o‘sish jarayonida o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanmaslik darsning samaradorligini pasaytirib yuboradi. Boshlang‘ich ta’lim tizimini rivojlantirishdagi asosiy tamoyillardan biri ta’lim tuzilishini va mazmunini isloh qilishdir. Buning uchun yuqori malakali, raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash, ta’lim bo‘yicha kadrlarning faoliyatini uyg‘unlashtirish, ta’lim innovatsiyalari, ilg‘or pedagogik texnologiyalarnita’lim jarayoniga joriy etish asosiy vazifamizdir.
Boshlang‘ich ta’limda dastlab o‘qituvchi faoliyatini o‘zgartirmay turib, ta’limda bir qadam ham oldinga siljib bo‘lmaydi. Shuning uchun boshlang‘ich ta’limni rivojlantirishda bo‘lajak mutaxassislar faoliyati va yangilikka intilish motivatsiyasini, bilim, ko‘nikma va malakala rini shakllantirib, belgilangan maqsadga yo‘naltirishimiz lozim. Boshlang‘ich ta’limda innovatsion jarayonlarni amalga oshirish, bu tizimga yangiliklar kiritish, o‘quv jarayonlarining tuzilishini yangilash, avvaldan mavjud bo‘lgan holatdan o‘zgargan, farq qiluvchi ta’limni takomillashtirishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash, yaxshi natija beradigan mexanizmlarni ish lab chiqish va ulardan foydalanish kerak.
Tajribadan o‘tgan, ketma-ketlikda qo‘llanadigan innovatsion texnologiyalar kafolatlangan natijani beradi. Bunday innovatsiyalar o‘qitishning muayyan vazifalarini hal qilish uchun tayyor texnologik xarita vositasini bajaradi. Boshlang‘ich ta’limni rivojlantirish, zaruriy darajada-gi natijani olish uchun ta’lim tizimini takomillashtirish, bajarayotgan funksiyasini ijobiy tomonga yo‘naltirish, zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalanish kerak. Boshlang‘ich ta’limda innovatsion texnologiyalardan foydalanilganda o‘qituvchining mahorati va ta’lim oluvchining mustaqil ishlash ko‘nikmasi shakllanib boradi.Innovatsion texnologiyalardan boshlang‘ich ta’limda eng ko‘p qo‘llanilayotganlari multimedia va videodarslar hisoblanadi. Ta’lim tizimida multimedia texnologiyalaridan foydalanish ta’lim oluvchilarda shaxsiy individual xususiyatlari, o‘quv jarayonl arida faolligi, har bir mavzuga ijodiy yondashuvi va axborot bilan ishlash kompetensiyalarining rivojlanishiga olib keladi.
Ta’lim jarayonida multimedia vositalarini ishlatish haqida ma’lumotga ega bo‘lmagan o‘qituvchi ta’li m sifatining pasayishiga sababchi bo‘lib qoladi. Bugungi kunda mamlakatimizda yangidan tashkil qilingan ta’lim tizimida innovatsion texnologiyalar, multimedia vositalari va videodars loyihalari ishlab chiqilgan bo‘lib, xalqaro tajribalar imkoniyatlaridan to‘liq foydalanilmoqda. Boshlang‘ich ta’limda multimedia texnologiyalari, videodarslar o‘quv-tarbiyaviy jarayonning samaradorligini oshiradi.
Zamonaviy ta’lim o‘qituvchi va o‘quvchi-ning fanlarga bo‘lgan qiziqishini ortishiga, o‘qitishning smaradorligini oshishiga, hajmi katta bo‘lgan o‘quv materiallarini o‘rganishga ketadigan vaqtni ancha qisqartirilishiga xizmat qiladi.Innovatsion texnologiyalar o‘quv jarayonida ta’lim oluvchiningdars mashg‘ulotlari davomida o‘z fikrini ayta olishiga, munozara va muho kamalarda ishtirok etishiga, bilimini mustahkamlashga, o‘z ijodkorligiga va tajribasiga suyana olishiga, axborot vositalari haqida boshlan g‘ich tushunchaga ega bo‘lishiga, belgilangan fanlardan kerakli tushunchalarni ajrata olishiga, vazifa qilib beriladigan test, boshqotirmalar, savollarga to‘g‘ri javobni izlash ko‘nikmalarining shakllanishiga o‘zining yetarlicha ta’sirini ko‘rsatadi. Umumiy o‘rta ta’lim tizimida har bir o‘qituvchi shaxsiy kompyuteriga ega bo‘lishi kerak . Chunki shaxsiy kompyuterga ega pedagog undan har bir darsda foydalanadi. Bunday texnik vosita-larning mavju dligi o‘quv jarayonida multimedia vositalaridan keng foydalanish imkoniyatini beradi. Nazariy tomondan o‘r ganilgan bilimlarni amaliyotda bajarish-ga olib keladi.
Videodars loyihasida o‘qituvchi mahorati alohida ahamiyatga ega. Bunday darslar ta’lim oluvchilarning individualligini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, ularning shaxsiy intellektual va amaliy sohalarini qamrab oladi. Videodarsni o‘quvchi o‘z uyidan turib ham o‘rganishi mumkin. Bugungi kunda “Online maktab” loyihasi asosida tashkil qilinayotgan televizion videodarslar buning yorqin misolidir. Videodarslar o‘quvchini o‘z-o‘zini boshqarishga, o‘z-o‘zini anglashga, individual harakat qilishga chorlaydi. Maktab o‘quvchilari uchun televideniya orqali berilayotgan videodarslarni tayyorlash va uni tasvirga olish bo‘yicha soha xodimlaridan iborat tashkiliyijodiy guruh ish faoliyatini amalga oshirmoqda.Videodarslarning afzallik tomoni shundaki, o‘quvchilar ta’til paytida ham mustaqil tarzda bilim olishlari mumkin.O‘qituvchilar ota-onalar bilan hamkorlikda telefon yoki internet texnologiyalaridan foydalangan holda o‘quvchilarga bilim olishlari uchun tavsiyalar berib borishadi.


Yüklə 99,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin