P ↑→ Md↑ (Ms sonst) → R↑→ I ↓→ AD ↓ Boylik samarasi yoki real kassa koldiqlari samarasi (Pigu samarasi) shuni bildiradiki, narxlar darjasining oshishi, nominal narxsi oldindan belgilangan moliyaviy aktivlar (omonatlar, obligatsiyalar) real xarid qobiliyatini pasaytirib yuboradi. Bunday sharoitda aholi joriy daromadidan iste’mol xarajatlari miqdorini qisqartiradi, ya’ni iste’molga chegaraviy moyillik pasayib boradi. Masalan, muayyan shaxs aktivida 10 mln. so’m bo’lsa, undan hech ikkilanmasdan birorta avtomashina sotib olishi mumkin bo’ladi, agarda inflyatsiya ta’sirida mashina narxi 12 mln. so’mga ko’tarilsa, u mashina sotib ololmasligi mumkin va yana 2 mln. so’m jamg’arish uchun joriy davrda olgan ixtiyoridagi daromadidan ko’proq qismini jamg’aradi.
Iqtisodiyotni muvozanatli rivojlantirib, uning barqaror o’sishini ta’minlashda eng avvalo yalpi talabning mazmunini bilish zarur. Yalpi talab (aggregate demand, AD) – barcha istе’molchilar, ya’ni aholi, korxonalar va davlat tomonidan narxlarning muayyan darajasida sotib olinishi mumkin bo’lgan turli tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talabning umumiy hajmidir. Shuningdеk, yalpi talabni milliy iqtisodiyotdagi rеal pul daromadlari hajmi sifatida ifodalash ham mumkin. Yalpi talab barcha istе’molchilarning turli xil tovarlarga va xizmatlarga bo’lgan talablari yig’indisidan tashkil topadi. Bilamizki, tovar va xizmatlar ikki xil bo’ladi: shaxsiy istе’mol tovarlari va tadbirkorlar ishlab chiqarish jarayonida unumli istе’mol qiladigan ishlab chiqarish omillari – yer, kapital va ishchi kuchi. Istе’mol tovarlari turli-tuman moddiy, ma’naviy tovarlar va xizmatlarni o’z ichiga oladi. Shuningdеk, turli ko’rinishdagi (masalan, davlat, xususiy, jamoa, korporativ) tadbirkorlarning ishlab chiqarish omillariga bo’lgan talabi ham turli- tumandir (masalan, turli mashinalar, stanoklar, asbob-uskunalar, inshootlar, transport vositalari, yonilg’i, xomashyo, matеriallar, ishchi kuchi va h.k.). Talabning umumiy miqdori sotib olishga mo’ljallangan tovarlarning turlari, miqdori, sifati hamda narxiga bog’liq bo’ladi. Uni quyidagi chizma orqali osonroq tushunish mumkin.
Ishlab chiqarishni real xajmi.
Narx R
Darajasi.
AD