Mundarija kirish Korxona to’g’risida umumiy ma’lumot


Pul mablag’lari va hisoblashishlar auditini o’rganish



Yüklə 76,3 Kb.
səhifə13/18
tarix17.05.2022
ölçüsü76,3 Kb.
#58259
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
amaliyot 20222222]

Pul mablag’lari va hisoblashishlar auditini o’rganish.

Korxonaning pul mablag‘lari ularning hisob-kitobdagi, maxsus schyotlaridagi va kassadagi naqd pullardan tashkil topadi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning pul mablag‘lari quyidagi manbalardan hosil bo‘ladi:

1. Korxona yangi tashkil topganda ustav fondiga qo‘yilgan pul mablag‘larida

2. Korxonaning asosiy faoliyati natijalari pul tushumlaridan

3. Korxona investitsiya faoliyati natijalari pul tushumlaridan;

4. Korxonaning moliyaviy faoliyati natijalari pul tushumlaridan;

5. Xorijiy valyutada keladigan pul tushumlaridan;

6. Davlatdan olinadigan subsidiyalar hisobidan;

7. Tijorat banklaridan olinadigan turli xildagi kredit mablag‘laridan;

8. Boshqa korxonalardan olinadigan vaqtinchalik moliyaviy yordamlardan. Korxonaning asosiy faoliyat natijalarining pul oqimlari xo‘jalik yurituvchi subyektning operatsion faoliyati pul oqimilaridan tashkil topadi. Bunday pul oqimlariga quyidagilar kiradi:

1. Asosiy faoliyat mahsulotlarini sotishdan va xizmat ko‘rsatishdan tushgan pullar, royalti, badallar, vositachilik haqi va o‘zga yo‘llardan pul mablag‘lari tushumi; 2. Tovarlar va xizmatlar uchun ularni yetkazib beruvchilarga pul to‘lovlari; 3. Xodimlarga va xodimlar nomidan turli hil to‘lovlar;

4. Sug‘urta kompaniyalarining sug‘urta polislari bo‘yicha mukofotlari va talablari; 5. Soliqlar bo‘yicha pul to‘lovlari yoki uning o‘rnini bosuvchi boshqa to‘lovlar; 6. Savdo yoki dillerlik maqsadlarida tuzilgan bitimlar bo‘yicha pul tushumlar. Pul oqimlari hajmi xo‘jalik yurituvchi subyektning operatsion faoliyati davomida banklardan va boshqa tashkilotlardan olgan kreditlarini, qarzlarini to‘lash, xo‘jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish quvvatlarini saqlab turish uchun zarur bo‘lgan sarflarini qoplash, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha dividendlar to‘lash va uning pul mablag‘larini tashqi manbalariga murojat qilmay yangi investitsiyalarni moliyalashtirish uchun yetarliligini aks ettiruvchi ko‘rsatkich bo‘lib hisoblanadi. Investitsiya faoliyati pul oqimlari, qimmatli qog‘ozlarni, qisqa va uzoq muddatli moddiy va nomoddiy aktivlarni xarid qilishga kiritilgan yoki shu maqsadlar uchun boshqa korxonalardan olingan pul to‘lovlaridan tashkil topadi. Moliyaviy faoliyat pul oqimlari, aksiyalar yoki boshqa qimmatli qog‘ozlarni chiqarishdan keladigan pul tushumlaridan, aksiya sotib olish uchun ularning egalariga to‘lovlardan, ta’minlanmagan obligatsiyalar emissiyasidan, moliya korxonalari tomonidan beriladigan ssudalardan, garovga qo‘yilgan boshqa qisqa va uzoq muddatli zayomlardan pul tushumlari, zayomlarni to‘lash hamda ijarachilarning moliyaviy lizing bo‘yicha majburiyatlarni qisqartirish uchun pul to‘lovlaridan tashkil topadi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 26-apreldagi 9/1-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining banklari naqd pulsiz hisob-kitoblarning quyidagi shakllarini tashkil qiladilar va amalga oshiradilar: -- to‘lov topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar;

-akkreditiv bo‘yicha hisob-kitoblar;

-inkasso bo‘yicha hisob-kitoblar;

-cheklar bilan hisob-kitoblar.

Kassadagi naqd pullar qoldig‘ining limiti hisobot yilining har choragiga hisobot davrida kassaga kirim qilinadigan naqd pullarning miqdori va ularni bankka topshirish muddatlaridan kelib chiqib o‘rnatiladi. Buni matematik modulini quyidagi formula bilan ifodalash mumkin:

L=V/P*N Bu yerda: L-kassadagi naqd pullara qoldig‘ining limiti; V-hisobot davrida kassaga kirim qilinadigan naqd pullar massasi; P-hisobot davrining ish kunlari; N-naqd pullarni bankka topshirish muddati;

“New day new era” MCHJning 2021 yil I chorak yakuni bo’yicha hisob-kitob schyotidagi pul mablag’lari 405 486 200 so’mni tashkil etadi. Korxona hodimlar bilan hisob kitobni plastik kartalar bilan amalga oshiradi.



Yüklə 76,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin