Mehnatga haq to’lash va mehnat qonunchiligi audit nazoratini o’rganish
Korxonaning ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyati jonli mehnatni iste’mol qilish bilan birga yuz beradi. Uning miqdori ishlagan kishi- soatlar bilan o‘lchanadi. Mehnat jarayonida har bir xodimning bajargan ishi, tayyorlagan mahsuloti, iste’molchilarga ko‘rsatgan xizmatlari uchun sarflangan mehnatiga haq to‘lash miqdorini asoslash hamda aniqlashni tatbiq qiladigan o‘zaro munosabatlar vujudga keladi.
Ishlab chiqarish faoliyatida markaziy o‘rinni mehnat va uning natijalari egallaydi, chunki uning yordami bilan mahsulot yaratiladi. Bu holat mehnat munosabatlarini belgilaydiki, hech bir korxona kerakli miqdordagi va tasnifdagi mehnat resurslarisiz o‘z maqsadiga erisha olmaydi. Mehnat resurslari esa ishlaganliklari uchun mehnat haqi bilan ta’minlanadilar.
Mehnat haqi - bu mehnatning bahosi yoki narxidir. Uning miqdori va dinamikasi bozor omillariga, birinchi navbatda esa unga bo‘lgan talab va taklifga bog‘liq.
Mehnat haqi - bu tovaming puldagi ifodasi “ishchi kuchi” yoki “ishchi kuchining narxi”. Uning miqdori ishlab chiqarish sharoiti hamda bozor omillari - talab va taklif, ya’ni bu omillar ta’sirida bozorda ishchi kuchi narxi va ish haqi o‘rtasida tafovut yuzaga keladi (ish haqi haqiqiy narxidan oshishi yoki kamayishi mumkin).
Mehnat haqi - bu jamiyat koMamida milliy daromadning ishchilar va xizmatchilar o‘rtasida ular mehnatining miqdori va sifatiga muvofiq taqsimlanadigan hamda shaxsiy iste’moli maqsadlari uchun foydalaniladigan qismidir.
O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning mehnat qilish huquqi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan mustahkamlangan. Unga ko‘ra, har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlab va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir.
Mehnat haqining miqdorini belgilash ish beruvchi bilan xodim o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Mehnat haqi qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam miqdordan oz boMishi mumkin emas va uning eng ko‘p miqdori biron-bir tarzda cheklanmaydi.
Mehnat va ish haqi hisobi - hisob ishlarining aniq va operativ ma’lumotlar talab qiluvchi eng muhim hamda qiyin sohalaridan biridir. Unda xodimlar sonining o‘zgarishi ish vaqtining sarflanishi, mehnatga haq to‘lash fondi, to‘lov turlari va xodimlar toifa bo‘yicha hamda mehnatga haq to‘lash fondidan tashqari amalga oshiriladigan boshqa to‘lovlar korxonaning har bir xodimi bilan hisob-kitoblar aks ettiriladi. Shu munosabat bilan korxonaning buxgalteriya xizmati oldida mehnat me’yori va uni haq to‘lashni hisobga olish, nazorat qilish vazifalari ham belgilanadiki, bu esa:
• ishbay ishlovchilar va boshqa xodimlarning ish sifatini to‘g‘ri va o‘z vaqtida hujjatlar bilan rasmiylashtirishni, shuningdek, ish haqini hsoblash va uni belgilangan muddatlarda to‘lash;
• soliqlar va boshqa ish haqidan ushlanmalar qo‘shilgan holda korxona xodimlari bilan mehnatga haq to‘lashga doir hisob - kitoblami o‘z vaqtida o‘rnatilgan muddatlarda olib borish;
• hisoblangan mehnat haqi summasini va ijtimoiy sug‘urta fondlariga ajratmalar summasini mahsulot tannarxiga to‘g‘ri hamda o‘z vaqtida o‘tkazish;
• operativ boshqarish va zaruriy hisobotlami tuzish hamda ijtimoiy sug‘urta fondlari bilan hisob - kitob qilish maqsadida mehnat va unga haq to‘lash ko‘rsatkichlarini tezkor yig‘ish va guruhlash;
• ish haqidan byudjetga majburiy to‘lovlami, shuningdek, korxonaga yetkazilgan moddiy zararni ayrim tashkilotlar va jismoniy shaxslar foydasiga to‘g‘ri hamda o‘z vaqtida ushlab qolish va o‘tkazish;
• xodimlar sonini va ish vaqtidan foydalanishni nazorat qilishni ta’minlash;
• ish vaqtining to‘g‘ri sarflanishi ustidan nazorat olib borish;
• sarflangan mehnat yoki ishlab chiqarilgan mahsulotni tegishli hujjatlarda o‘z vaqtida va to‘g‘ri aks ettirish;
• hisoblangan ish haqini kalkulyatsiya obyektlari o‘rtasida to‘g‘ri taqsimlash;
• ish haqi va mehnatga haq to‘lashning ilg‘or usullarini amalda qoilash;
• mehnatga haq toiash fondini to‘g‘ri sarflanishi ustidan nazorat olib borish.
Asosiy bo‘lmagan faoliyatda band bo‘lgan xodimlar toifasiga uy- joy va kommunal xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatish, savdodagi, tibbiyot muassasalari hamda maktabgacha tarbiya muassasalarida band bo‘lgan xodimlar kiradi.
Korxonada xodimlar bajaradigan vazifalariga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
- ishchilar;
- xizmatchilar.
Ishchilar tarkibiga moddiy ne’matlarni yaratish, tuzatish, yuklarni ko‘chirish, yo‘lovchilar tashish, moddiy xizmatlar ko‘rsatish bilan bevosita band bo‘lgan xodimlar kiradi.
Xizmatchilar tarkibiga rahbarlar, mutaxassislar va boshqa xodimlar kiradi. Boshqa xodimlar toifasiga hujjatlarni tayyorlash, rasmiylashtirish ishlarini olib boruvchi, xo‘jalikka xizmat qiluvchi boshqa xodimlar (kassirlar, nazoratchilar, tabelchilar, ish yurituvchilar va hokazolar) kiradi.
Xulosa
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, bozor iqtisodiyoti sharoitida xususiy korxonalarning o’rni beqiyos hisoblanib, davlat budjetiga qo’shadigan hissalari katta hisoblanadi. Albatta har bir korxona o’zining hisobini yuritish orqali korxona qanday darjada turganini, hisobot davrida qancha foyda olganini, qancha miqdorda soliq to’lashini nazorat qilib turadi. Men amaliyot o’tagan korxona “New day new era” MCHJ suv nasoslarini ta’mirlash bilan shug’ullanadi. Ushbu korxonada 20 nafar hodim ish olib boradi. Korxona bosh hisobchisi bilan amaliyotning birinchi kunida korxonaning umumiy maydoni, omborlari, buxgalteriya xujjatlari, ta’minotchilari bilan yaqindan tanishdik. Korxonaning asosiy daromadi suv nasoslarini ta’mirlashdan keladigan daromad hisoblanadi. Amaliyot davomida buxgalteriya ma’lumotlari bilan tanishib, 2021-yilgi balansni ko’zdan kechirdik. Korxona asosiy vositalari hisobi va amortizatsiya hisoblash usullarini, debitor qarzlar haqida ma’lumotlarni tahlil qilib chiqdik. Asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblashda korxona to’g’ri chiziqli usuldan va debitor qarzlar hisobini esa balans usulidan foydalangan holda olib boradi. Asosiy ma’lumotlar bilan tanishganimizdan so’ng birinchi navbatda korxona hodimlariga ish-xaqi hisoblash jarayonini ko’zdan kechirdik. Hodimlarga ish-xaqi ishbay va doimiy shakllarda hisoblanar ekan. Ishbay shaklida hodim bajargan ishiga binoan ish-xaqi oladi, doimiy shaklda esa asosan boshqaruv organi hodimlari ish-xaqi oladi. Markazlashtirilgan rejali iqtisodiyot o’ziga xos xususiyatlari buxgalteriya balansining tuzilishi va uning ko’rsatkichlarida ham bevosita o’z aksini topgan.Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan korxonalarning buxgalteriya balanslari xalq xo’jaligi tarmoqlari va mulkchilik shaklidan kelib chiqib belgilangan. Shuningdek,ularda markazlashtirilgan rejali iqtisodiyot o’ziga xos xususiyatlari o’z aksini topgan edi. Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotining amal qila boshlashi, buxgalteriya hisobi va uning natijaviy ko’rsatkichlarini o’zida ifoda etuvchi buxgalteriya balansiniham tubdan qayta ishlashni hamda yangi iqtisodiy munosabatlarga moslashtirishni talab qila boshladi. Iqtisodiy munosabatlar rivojlanishlari g’alaba qilganda bu g’alaba huquqiy tizimda, kredit pul munosabatlarida, va hisob metodologiyasida o’z aksini topadi. Хarajatlar har qanday iqtisodiy rivojlangan mamlakatni olaylik, bu yerda aksionerlar, kreditorlar, debitorlar, davlat apparati ma’muriyati korxonalari va uning xizmatchilari o’zining iqtisodiy qiziqishlarini ketidan quvadilar. Bulardan xarajatlar qaysi bir guruhi bozorni iqtisodiy sharoitlarida daromad ”pirogi”ni kattaroq bo’lagini olishni xohlaydi. Qonunda belgilangan yangi norma va qoidalar ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda ularning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan maxsus seminarlarni tashkil etish, buxgalteriya hisobining barcha subyektlarida tadbirlar rejasi ishlab chiqib, unda xodimlarni xalqaro standartlar bo‘yicha moliyaviy hisobotni tuzish, boshlang‘ich hisob hujjatlari va buxgalteriya hisobi registrlariga qo‘yilayotgan qo‘shimcha talablar hamda ichki nazoratni tashkil qilish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim bo‘ladi. Shu bilan birga Prezidentimizning tegishli qarori bilan buxgalteriya hisobida ham sezilarli o’zgarishlar bo’ldi. Buxgalteriya hisobida xalqaro standartlarga o’tilishi buning yaqqol misolidir. Bu yo’l orqali mamlakatimiz hisobchilik tizimida o’zgarishlar yuz beradi, mamlakatimizga chet-el investitsiyalarining kiritilishi ortadi. Xalqaro standartlardagi amortizatsiya hisoblash usullari deyarli milliy standartga mos lekin farqli jihatlari ham bor. Masalan tugatish qiymati kengroq tushuncha hisoblanib, amortizatsiya hisoblashda muhim ro’l o’ynaydi. Yana tezlashtirilgan usullardan ham foydalanish korxona asosiy vositalarini tezroq qoplab olish imkonini yaratadi. Fikrimizcha mamlakatimizdagi korxonalarda ham ushbu usullardan kengroq foydalanish zarur.
Dostları ilə paylaş: |