Tovar-moddiy zaxiralar hisobining auditini o’rganish
Tovar-moddiy zaxiralaming haqiqatda mavjudligini aniqlash, ularning sotish sof qiymatini tasdiqlash va ularning but saqlanishini nazorat qilish maqsadida tashkilotlar tomonidan vaqti-vaqti bilan, lekin yilda kamida bir marotaba tovar-moddiy zaxiralami inventarlash o‘tkaziladi.
Tovar-moddiy zaxiralami inventarlash 19-son buxgalteriya hisobi milliy standard “Inventarlashni tashkil etish va o‘tkazish” bilan belgilangan tartibda o‘tkaziladi. Inventarizatsiya o‘tkazilishi tartibiga ko‘ra, rejali va rejasiz bo‘lishi mumkin.
Nazorat organining nazorat-taftish ishlari rejasiga asosan o‘tkaziladigan inventarizatsiya rejali inventarizatsiya deb ataladi. Inventarizatsiyaning bu turi korxonalar va xo‘jaliklararo tashkilotlar taftish komissiyalari ish faoliyatida keng tarqalgan bo‘lib, ko‘p hollarda maxsus (shtatdagi) nazoratchilarning tekshirish o‘tkazish rejalariga ham kiritiladi. Rejali inventarizatsiya buxgalteriya" hisob tizimida muhim o‘rin tutadi. Maxsus qarorga ko‘ra, har bir xo‘jalik mablag‘lari va moddiy boyliklari turi bo‘yicha ma’lum bir vaqt ichida inventarizatsiya o‘tkazib turilishi kerak.
Quyidagi holatlarda inventarizatsiya muddatidan oldin o‘tkazilishi
shart:
> korxona mol-mulkini ijaraga berish, sotib olish, shuningdek davlat korxonasini aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish chog‘ida;
> tovar-moddiy boyliklar qayta baholanganda;
> moddiy javobgar shaxs o‘zgarganida;
> talon-taroj qilish yoki suiiste’mol qilish, shuningdek boyliklarning buzilishi bilan bog‘liq faktlar aniqlanganda;
> yong‘in yoki tabiiy ofatlar sodir bo’lganda;
> korxona tugatilayotganida tugatish balansini tuzish oldidan va boshqa hollarda.
Tekshirish koTamiga ko‘ra inventarizatsiya yoppasiga yoki tanlab o‘tkaziladigan, o‘tkazish vaqti bo‘yicha rejalashtirilgan yoki to‘satdan o’tkaziladigan inventarizatsiyalarga bo‘linishi mumkin.
Inventarlash natijasida aniqlangan tovar-moddiy zaxiralar kamomadi summasi qonun hujjatlarida belgilangan hollarda tabiiy yo‘qolish me’yorlari chegarasida, shuningdek kamomadning aniq aybdorlari aniqlanmagan yoki moddiy javobgar shaxslardan undirish imkoniyati boimagan hollarda, uni moliya-xo‘jalik faoliyati natijalariga hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan hisobot davridagi moliya-xo‘jalik faoliyati natijalariga kiritiladi.
lnventarizatsiya - TMZning haqiqatda mavjudligini aniqlash, ulaming sotish sof qiymatini tasdiqlash va ularning but saqlanishini nazoratini ta’minlab beruvchi jarayondir.
Ishlab chiqarish zaxiralarini inventarizatsiya qilish bir yilda kamida bir marta moliyaviy hisobotni tuzishdan oldin, lekin hisobot yilining 1 oktyabridan keyin amalga oshiriladi.
Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan tovar-moddiy zaxiralarining kamomadi haqiqiy (balans) qiymati bo‘yicha hisobdan chiqariladi va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 5910 “Kamomadlar va qiymatliklaming buzilishidan yo‘qotish!ar” schyoti;
Kredit “Tovar-moddiy zaxiralarini hisobga oluvchi schyotlar” (1000-2900).
Moddiy javobgar shaxs (yoki boshqa xodim) aybdor deb tan olingan hollarda va agar baholash natijasida kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining bozor qiymati (undiriladigan summa) kam chiqqan tovar- moddiy zaxiralarining haqiqiy (balans) qiymatidan yuqori bo‘lsa, daromad summasi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 4730 “Moddiy zarami qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzi” schyoti — aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo‘lgan kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining bozor qiymatiga;
Kredit 5910 “Kamomadlar va qiymatliklaming buzilishidan yo‘qotishlar” schyoti
- kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining haqiqiy (balans) qiymatiga; Kredit 9320 “Boshqa aktivlaming chiqib ketishidan foyda” schyoti - aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim boMgan kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining bozor qiymati va kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining haqiqiy balans qiymati o‘rtasidagi farqiga.
Moddiy javobgar shaxs (yoki boshqa xodim) aybdor deb tan olingan hollarda va agar baholash natijasida kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining bozor qiymati (undiriladigan summa) kam chiqqan tovar- moddiy zaxiralarining haqiqiy (balans) qiymalidan past bo‘lsa, ko‘rilgan zarar summasi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 4730 “Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzi” schyoti - aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo‘lgan kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining bozor qiymatiga;
Debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti - aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo‘lgan kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining bozor qiymati va kam chiqqan tovar- moddiy zaxiralarining haqiqiy (balans) qiymati o‘rtasidagi farqiga;
Kredit 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar” schyoti - kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining haqiqiy (balans) qiymatiga.
Dostları ilə paylaş: |