Mundarija kirish nazariy qism sanoat pechlarining tasnifi Pechning umumiy sxemasi. Tunelli va shaxtali pechlar Mavhum qaynovchi qatlamli pechlar 11 Aylanuvchi barabanli pechlar 11 Domna pechlari



Yüklə 3,32 Mb.
səhifə4/22
tarix05.12.2023
ölçüsü3,32 Mb.
#172870
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Sanoat pechlarining tasnifi

Pechning umumiy sxemasi.


Yоqish qurilmasida yoqilg‘ining kimyoviy energiyasi fizik issiq gazga aylanadi, uning
bir qismi metalga ishlov berish uchun beriladi. O‘txonada har xil yoqilg‘i yoqilishi mumkin: gazsimon (tabiiy gaz, koksli, generatorli va boshqalar), suyuq (mazut) va qattiq (tosh ko‘mir, koks, antratsit, yog‘och va torf).
Pechning ishchi bo‘shlig‘ida kerakli texnologik jarayon amalga oshiriladi:
(eritish, har xil jismlarni qizdirish va boshqalar). Ishchi bo‘shlig‘ining ko‘rinishi har-xil bo‘ladi: kamerali, shaxtali, tunelli va boshqalar: Ishchi bo‘shlig‘ida tutun gazi to‘xtovsiz harakatda bo‘ladi. Gazning harakati issiqlik almashuv jarayonida katta rol o‘ynaydi. Ishchi bo‘shlig‘ining razmeri pechning unumdorligiga va uning ishlarida issiqlik rejimiga bog‘liq. Ishchi bo‘shlig‘ida yuqori haroratli tutun gazini saqlash uchun pechning devorlari o‘tga chidamli va issiqlik izolyasiyasi materiallardan qoplanadi.
Regenerativ qurilmada pechdan ishchi bo‘shlig‘idan chiqayotgan tutun gazining fizik issiqligi issiqlik tashuvchiga aylanadi va yana pechning ishchi bo‘shlig‘iga jo‘natiladi. Pechdan chiqayotgan tutun gazini issiqligi havoni va gazsimon yoqilg‘ini yoki havoni isitish yordamida regeneratsiya hosil bo‘ladi. Havo va gazsimon yoqilg‘ini qizdirib berilishi yonilg‘ini yonish haroratini oshiradi, bu esa pechning
ishchi bo‘shlig‘idan haroratining oshishiga olib keladi. Masalan: marten pechida po‘latni o‘ritish uchun, shu pechning ishchi bo‘shlig‘ida alanga 1800-2000 С0 haroratda bo‘lish kerak, uning uchun havoni va gazni 1000-1200 С0 qizdirish kerak.





1.yoqish qurilmasi; 2 - ishchi bo‘shliq; 3 - regenerativ qurilma; 4 – qozon utilizator; 5- tutun so‘rg‘ich; 6-havo haydagich.
Havo va gazni qizdirib berish, pechning ishlash tejamligini oshiradi, ya’ni yonilg‘ini nisbiy sarfini kamaytiradi va foydali ish koeffitsentini oshiradi. Sanoat pechlarining umumiy sxemasida havoni va gazsimon yonilg‘ini qizdirib beradigan qurilmaga regenerator va rekuperator deyiladi. Sanoat pechlarningprinsipial sxemalari va ularning tuzilishi quyidagilarga bog‘liq:
1) Texnologik jarayonning turiga;
2) Materialga qizdirib ishlov berishning sifatiga qo‘yiladigan talablarga;
3)Ishlab chiqarish ko‘lamiga; foydalaniladigan energiyaning turiga va hokazo.
Umuman olganda, yoqilg‘ining (energiyaning) kichik solishtirma sarflarida yuqori solishtirma unumdorlikni ta’minlaydigan sxema shu pechning eng yaxshi texnologik sxemasi sanaladi. Yuqori unumdorlik, birinchidan, texnologik jarayonning uzluksizligi bilan va ikkinchidan, issiqlik hamda massa almashuvining jadalligi bilan belgilanadi;
Bularga quyidagi yo‘llar bilan erishiladi:

  1. yoqilg‘ini yoqish uchun beriladigan havoni oldindan qizdirish yo‘li bilan pechdagi umumiy haroratni oshirish. Bu asosan eritish pechlarida amalga oshiriladi. Masalan, po‘lat, shisha va boshqa materiallar eritiladigan regenerative pechlarda yonish uchun beriladigan havo 1000-1200 C0 gacha qizdiriladi, buning natijasida mazut yoki tabiiy gaz yonish alangasining harorati keskin ortadi. Agar past kaloriyali domna va generator gazlaridan foydalanilsa, faqat havo emas, balki gaz ham qizdiriladi.

2) yoqilg‘ining yuqori uyurmali oqim sharoitida yoqish (mavhum qaynovchi qatlamli pechlarda).
3) markazdan qochma kuch ta’siridan foydalanib havo va gaz oqimini uyurmalash natijasida issiqlik va massa almashuvi jarayonlarini keskin jadallashtirish.
4) qizigan gazlar oqimining yuqori tezligidan foydalanish (yuqori tezlikli qizdirish pechlarida)
5) o‘txona devorining haroratini maxsus yassi alangali yoqgichlar yordamida jadal qizdirish hisobiga oshirib, ular orqali issiqlikni buyumlarga uzatish.
6) domna pechlarining ishchi bo‘shlig‘idan bosimni oshirish.
Yuqorida keltirilganlardan tashqari pech qurilmasi yaxshi ishlashining asosi shartlaridan biri qizdirish jarayonining uzluksizligidir. Bunga pechning ishchi bo‘shlig‘ida materialning uzluksiz harakatlanishini ta’minlash natijasida erishiladi:

  1. shaxtali pechlarda gravitatsion kuchlar hisobiga;

  1. tunelli pechlarda yuklangan aravachalarni maxsus itarish moslamalari yordamida harakatlantirish;

  2. turli konveyrlarni qo‘llash va hokazo.


Yüklə 3,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin