Mundarija kirish nazariy qism sanoat pechlarining tasnifi Pechning umumiy sxemasi. Tunelli va shaxtali pechlar Mavhum qaynovchi qatlamli pechlar 11 Aylanuvchi barabanli pechlar 11 Domna pechlari



Yüklə 3,32 Mb.
səhifə5/22
tarix05.12.2023
ölçüsü3,32 Mb.
#172870
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Sanoat pechlarining tasnifi

Tunelli va shaxtali pechlar


Turli qurilish materiallari; sement, ohak, g‘isht, utga chidamli materiallar (shamot,
magnezit), sopol, chinni va boshqa buyumlarni toblash (pishirish) jarayonlarida material yuqori haroratlargacha qizdiriladi, undan keyin havo bilan sovitiladi. Qizdirish va sovitish ishlari materialning turiga qarab ma’lum tartibida olib boriladi. Tunnelli pech uzluksiz ishlaydigan qurilma bo‘lib, uning uchun regenerator yoki rekuperator ko'rinishidagi alohida regenerativ moslama talab qilinmaydi.
B
u pechning asosini uzun (80-120m) tunnel (yo‘lak) tashkil qiladi, uning ichida ishlov beriladigan material ortilgan aravachalar harakat qiladi. Ular turtgich yordamida davriy ravishda ma’lum masofaga siljitib turiladi. Pech uzunligi bo‘yicha uch bo‘limdan iborat: isitish bo‘limi, yuqori haroratlar bo‘limi va sovitish bo‘limi. Yоqilg‘i o‘txonada yoqiladi; bu erga havo sovitish bo‘limidan keladi, u sovitilayotgan buyumlar issiqligi hisobiga qisman isitiladi. Yonish mahsulotlari o‘txonadan chiqib, tunnelning ishchi bo‘shlig‘iga o‘tadi va sekin siljiyotgan buyumlar tomon harakatlanib, ularga o‘z issiqligini beradi.Tutun gazlarining issiqligidan foydalanish darajasi isitish bo‘limining uzunligiga va gazlardan buyumlarga issiqlik berilishining jadalligiga bog‘liq.


Tunnelli pechning sxemasi.
1 - yonish mahsulotlari; 2 - yuklash; 3 - yoqilg‘i; 4 - ortiqcha havo; 5 – sovitish uchun beriladigan havo.
Pechdan chiqib ketuvchi gazlarning harorati nisbatan past bo‘lib, 150-250 C0 ga teng. Qizigan buyumlarning fizik issiqligi yonishga beriladigan havoni isitish uchun foydalaniladi.Pechning sovitish bo‘limidan chiqqan havo uning o‘txonasiga o‘tadi va yoqilg‘ini yoqish uchun ishlatiladi. Havoning qolgan qismi esa, tunnel bo‘ylab harakatlanishda davom etib, yonmay qolgan tutun gazlarining to‘la yonishi uchun foydalaniladi.
Ag‘darma turdagi pechlarning ishchi bo‘shlig‘ida materialni isitish bilan birga yoqilg‘ini gazlashtirish jarayoni ham yuz beradi. Oksidlardan birlamchi moddalarni tiklash ishlari amalga oshiriladigan pechlarda (masalan, rudadan temir tiklanadigan domna pechlarida) bu jarayon zarurdir.
T
unnelli pechlarning prinsipial sxemasi eng yaxshi issiqlik sxemalariga qo‘yiladigan talablarning ko‘pchiligiga javob beradi (toblangan buyumlarning issiqligini yuqori darajada regeneratsiya qilish, tutun gazlarini nisbatan past haroratlargacha sovitish) va ularda davriy ishlaydigan kamerali pechlarga nisbatan yoqilg‘i sarfi 1,5-2,0 marta kam bo'ladi. Silikat sanoatida qo‘llaniladigan halqasimon va ko‘p kamerali pechlar shu tunnelli pechlar kabi prinsipda ishlaydi.



Yüklə 3,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin