to‘siqlardan biridir. Odamlar o‘ziyurar mashina yoki samolyotlar xizmatini qabul
qilishlari
uchun biroz vaqt kerak, albatta. Biroq, zamonaviy texnologiyalar
qurshovida o‘sib-unayotgan yosh avlodda buning aksi bo‘lib, ularni bu jarayon u
qadar havotirga solayotgani yo‘q.
Har qancha e’tiroz va tanqidlarga qaramay SI rivojlanishdan odamlarga yordam
berishdan to‘xtamayapti. Ayniqsa, tibbiyotda uning ahamiyati tobora oshib
bormoqda. Endilikda robotlar nisbatan murakkab jarrohlik
amaliyotlarini ham
uddasidan chiqishyapti. Robot-shifokorlarning tibbiyot hodimlari bilan o‘ziga xos
hamkorligi samaradorlikni ancha oshirdi.
Medtronis kompaniyasi esa IBM bilan hamkorlikda qandli diabet kasalligi
bilan og‘rigan bemorlar uchun maxsus dastur ishlab chiqmoqda. Mazkur dasturiy
ta’minot qon tarkibidagi qand miqdorining favqulodda tushib ketishini 3 soat avval
aniqlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Buning uchun shu kasallika chalingan 600 ta
anonim bemorlarning tibbiy ma’lumotlari o‘rganib chiqildi. Bu endi odamlar o‘z
salomatliklarini mobil qurilmalardagi maxsus dasturlar orqali muntazam nazorat
qilib borish imkoniga ega bo‘lishadi deganidir.
Ko‘rib
turganingizdek, SI ning hayotimizdagi o‘rni kundan-kunga
chuqurlashib bormoqda. Ular insoniyatning yutug‘imi yoki mag‘lubiyati, degan
savol ustidagi bahslar hali uzoq davom etadi. Eng muhimi, fantastik yozuvchi Ishoq
Azimov ta’biri bilan aytganda, robotlarni yaratishda odamlarga zarar yetkazmaslik
shior qilib olinishi kerak.
Hozirgi paytda ham sun'iy aqlning yagona va umume'tirof etilgan ta'rifi mavjud
emas. Bu ajablanarli emas. Inson aqlining ham universal ta'rifi yo'qligini
eslash
kifoya. Bugungi kunda sun'iy intellekt sohasidagi tadqiqotlar turli yo'nalishlarda
olib borilmoqda: bilimlarni namoyish etish, mantiqiy modellashtirish,
bilimlarni
yig'ish, mashinalarni o'rganish va avtomatik gipotezalarni yaratish, ma'lumotlarni
yig'ish va ma'lumotni majmuaviy qayta ishlash, qarorlarni qo'llab-quvvatlash,
jarayon
va tizimni boshqarish, dinamik intellektual tizimlar, rejalashtirish va
boshqalar.
Dostları ilə paylaş: