Mundarija kirish


II BOB. Sun’iy intellekt va inson idrokining amaliy jihatdan



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/11
tarix04.04.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#93064
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
II BOB. Sun’iy intellekt va inson idrokining amaliy jihatdan 
o’rganilishi 
2.1 Sun’iy intellekt va inson idrokining amaliy jihatdan 
o’rganishda Alan Tyuring testining ahamiyati 
Ta'kidlanganidek, sun'iy intellekt haqida ilk haqiqiy jiddiy bahs-munozaralar 
elektron hisoblash mashinalarining paydo bo‘lishi bilan maydonga chiqa boshlagan. 
Mashinaning intellektga ega bo‘lishi mumkinligi haqidagi ilk jiddiy ilmiy 
tadqiqotlar esa, zamonaviy informatika fanlarining asoschisi sanaladigan inson - 
Britan fizigi va matematigi Alan Tyuring nomi bilan bog‘liq. Tyuring sun'iy 
intellektning amalda imkonli yoki, imkosiz ekanligini isbotlash uchun o‘z nomi 
bilan ataladigan (Tyuring testi) test taklif qiladi. Tyuring shunday deydi: agar 
mashina o‘zini har jihatdan fikrlaydigan mavjudotdek tutsa, u intellektga ega 
bo‘lishi kerak. Tyring testi quyidagicha o‘tkaziladi: inson va u bilan "suhbatlashishi" 
kerak bo‘lgan mashina (ya'ni, kompyuter), boshqa-boshqa xonalarga joylashtiriladi 
va ular bir-birini ko‘rmaydi (to‘g‘rirog‘i - inson kompyuterni ko‘rmaydi, zero, 
kompyuter shundoq ham insonni ko‘rish xossasiga ega emas). Ular orasida darchada 
monitor joylashtitladi. Inson o‘zi o‘tirgan xonadagi klaviaturadan, o‘zi istagan bir 
necha savollarni kompyuterga matn ko‘rinishida terib kiritadi va javob talab qila 
boshlaydi. Lekin u, aytganimizdek, devor ortida kompyuter yolg‘iz ekanini bilmaydi 
va savollarini narigi tarafda ham o‘zi kabi boshqa bir inson o‘qib javob qaytaradi 
deb o‘ylashi mumkin. Biroq, u kiritgan savollarga kompyuterning o‘zi, o‘ziga 
avvaldan yuklangan dastur-algoritmalriga ko‘ra javob qaytaradi. Tyuring testining 
mohiyati juda oddiy. Agar xonadagi inson, o‘zi bergan savollarga olgan javoblardan 
shubhalanmay, o‘zi bilan inson gaplashyapti deb hisoblasa, demak unga javob 
qaytargan mashinani sun'iy intellektga ega deb hisoblash mumkin. Muallif 
tomonidan 1950-yilda fanga taklif qilingan ushbu test, ilmiy jamoatchilik va ayniqsa 
faylasuflar orasida keskin shov-sguvga sabab bo‘ldi. Tanqidchilarning asosiy e'tirozi 
shunda ediki, mashina faqat savollarga to‘g‘ri javob bergani uchungina intellektga 
ega bo‘lib qolmaydi. Balki, intellekt boshqa o‘ziga xos jihatlarni - mulohaza, idrok 


va shunga o‘xshash ongli ravishda bajariladigan neyrofiziologik-ruhiy jarayonlar 
to‘plamini ham o‘z ichiga olish kerak. Sevinish, achinish, g‘azab va qo‘rquv singari 
insoniy hissiyotlarning mashinada ham bo‘lishi mumkinligi haqida esa, gap ham 
bo‘lishi mumkin emas. Tyuring testining sun'iy intellektning mavjudligini isbotlash 
uchun yetarli emasligini isbotlash uchun esa, Dip Syorl ismli faylasuf boshqa bir, 
lekin Tyuringnikiga o‘xshash test taklif qiladi. Syorl testi "Xitoycha xona" deb 
nomlangan. Syorl Xitoyning eng gavjum shaharlaridan birida, aytaylik, 
Shanxayning qoq markazidagi eng gavjum savdo markazida to‘rt tomoni zich berk 
bo‘lgan kichika xona qurishni va u joyga Xitoy tilidan mutlaqo bexabar bo‘lgan 
horijlik sayyohni o‘tkazishni taklif qiladi. Horijlik kishiga o‘z ona tili va Xitoy tili 
o‘rtasidagi mukammal lug‘at kitoblarni berishadi. Savdo markaziga kelgan 
qiziquvchan Xitoylar esa, ushbu g‘aroyib xonaga qilingan tuynukdan, ichkaridagi 
odamga Xitoy tili va ierogliflarida qog‘ozga xat yozib savol kiritishadi. Ichkaridagi 
asli horijlik bo‘lgan odam esa, o‘ziga berilgan savollarni avval lug‘atlar vositasida 
o‘z ona tiliga tarjima qiladi, keyin yana o‘sha lug‘at yordamida javob tuzib, 
tuynukdan tashqariga - savol muallifiga yo‘llaydi. Tashqaridagi Xitoylik esa javobni 
o‘qib, undan qoniqish yoki qoniqmasligidan qat'iy nazar, ichkaridagi odamning 
Xitoy millatiga mansub emasligini bilmaydi. Olgan javobiga ko‘ra esa, u o‘ziga 
javob qaytargan shahsni ham Xitoy deb o‘ylashi ehtimoli juda katta. Chunki u o‘zi 
bergan tilda javob oldi!... 
Syorl va Tyuring testlari orasidagi bahs uzoq davom etdi. Lekin Tyuring ko‘p 
o‘tmay o‘z joniga qasd qilidi va bu boradagi bahslar biroz tinchib qoldi. Qanchalik 
qiziqarli bo‘lmasin, Tyuring va Syorl zamoni bo‘lgan 50-60 yilldarda ham sun'iy 
intellekt masalasi shunchaki keskin ilmiy munozaralar ko‘rinishidan nariga 
o‘tmagan. Olimlar sun'iy intellektning haqiqiy "basharasi" bilan yaqin orada yuzma-
yuz kelishlariga ishonishmas edi. Biroq, 1976-yilda ikki matematik olimlar - Kennet 
Appel (1932-2013) va Volfgang Xaken (1928 yilda tug‘ilgan) butun ilm-fan olamini 
hayratda qoldiruvchi bayonot bilan chiqish qilishdi. Ular to‘rtta rang haqida'gi 
teoremani kompyuter vositasida isbotlashganini ma'lum qilishgan edi. To‘rtta rang 
haqidagi teoremaning mohiyati shundaki, u istalgan turdagi xaritani faqat to‘rt xil 


ranglar bilan bo‘yash va bunda umumiy chegaraga ega bo‘lgan istalgan ikkita hudud 
turli xildagi ranglar bilan yaqqol farqlanib turishi kerak bo‘ladi. Appel va 
Xakenlarning bayonoti ikki karra syurpriz bo‘lib chiqdi. Birinchidan, ular 
matematika tarixida deyarli bir asrdan ziyodroq vaqt mobaynida isbotlanmay 
kelaytotgan muhim teoremani isbotlashgan bo‘lsa, ikkinchidan, ular o‘z isbotlarini 
o‘zlarining muayyan ilmiy mulohazalari va amaliy tajribalari vositasida emas, balki, 
o‘z davrining ilg‘or elektron hisoblash mashinasi sanalgan IBM 370-160 
kompyuterida bajarishgan edi. Teoremani isbotlash uchun kompyutergan 1200 soat, 
boshqacha aytganda 50 kun vaqt kerak bo‘lgan... 
O‘shanda olimlar endilikda haqiqatan ham mashinalar qandaydir bir 
ta'qiqlangan hududga qadam qo‘yagini haqida jiddiyroq o‘ylay boshlashdi. Mashina 
insongagina xos bo‘lgan deduktuv fikrlash xossasini o‘zlashtirgandek edi go‘yo. 
Boz ustiga u yuz yildan ortiqroq vaqt davomida eng zehni o‘tkir matematiklar ham 
tagiga yetolmagan murakkab masalani nisbatan qisqa muddatda - 50 kunda hal qilib 
beragndi. Appel va Xakenning olamshumul isbotlashidan 13 yil o‘tib, yana bir 
muhim matematik teorema - 10-chi tartibli loyihaviy tekislikning mavjud emasligini 
uzil-kesil isbotlovchi amaliyot CRAY kompyuteri vositasida bajarildi. 100 soatdan 
sal ortiq muddat davom etgan isbotlash jarayonida CRAY teorema talab qiladigan 
barcha holatlarni (ularning umumiy soni milliarddan ziyod) tahlil qilib chiqdi. 
Kompyuter, ya'ni, inson qo‘li bilan yasalgan mashina vositasida ikkinchi murakkab 
teoremaning isbotlanishi, sun'iy intellekt borasida jiddiy o‘zgarishlar davri 
kelganligidan darak berardi. Zero endilikda kompyuterlar shunchaki hisob-kitob 
bilan bog‘qliq matematik amallarni avtomatik bajarish bilan cheklanib qolmay, balki 
mulohaza yuritish va variantlar orasidan eng maqbulini tanlay olish bo‘rasida ham 
insonga dov berishga kirishishgandi. Lo‘nda qilib aytganda, mashinalarda avtomatik 
mulohaza qilish xossasi paydo bo‘ldi deb qarala boshlagandi. 
Inttellektning sun'iy turi haqidagi bahslarning avj olishiga sabab bo‘lgan yana 
bir narsa - mashina hamda inson o‘rtasida yuksak intellektual salohiyatni taqozo 
etuvchi o‘yinlarni tashkil qilish, xususan kompyuter va grossmeyster o‘rtasida 
shaxmatni bahsini o‘tkazish g‘oyasi bo‘lgan. Shaxmat matematikada mumtoz 


kombinatorikaga oid murakkab masala sifatida qaraladi hamda, ilk EHMlarning 
paydo bo‘lishi bilanoq, barcha zamonlardagi dasturchilar orasida, shaxmat o‘yinini 
avtomatlashtirish borasida uncha-muncha urinishlar muttasil bo‘lib kelgan. Biroq 
shunga qaramay, uzoq vaqtgacha (hozir ham) kompyuterga oddiy inson 
shaxmatchini yengishga qodir intellktual uslublar tizimini yuklashga bo‘lgan 
urinishlar samarasiz ketmoqda. Tasavvur qiling, kompyuter dasturiga biz shaxmat 
o‘yini qoidalarini algoritmini kiritdik. Kompyuter esa, shaxmatda yuzaga keladigan 
har bir vaziyatdan eng optimal yurishni tanlashi kerak. Shaxmatdagi bo‘lishi 
mumkin bo‘lgan yurishlar miqdori esa 10123 taribli raqam, boshqacha aytganda, bu 
butun koinotdagi elektronlar sonidan ham ziyod raqam deb qaraladi. Ya'ni, barcha 
ehtimoliy yurishlar variantlarini xotirada saqlay olishi uchun, kompyuter xotirasi 
koinotdek katta bo‘lishi kerak! Bu esa mutlaqo imkonsiz narsadir. Ko‘rinib 
turibdiki, Xitoycha xona yoki, Tyuring testidan farqli o‘laroq, shaxmat borasidagi 
intellktual uslublarni mexanik vositada - kompyuterda immitartsiya qilishning 
imkoni yo‘q. Balkim siz kompyuter tomonidan jahonning eng yetakchi 
grossmeysteri - jahon chempioni Garri Kasparovni mag‘lub etilganini eshitgandirsiz 
va shu asosga ko‘ra, kompyuterning shaxmat salohiyatini yuqorida pasaytirib 
yuborganimizni aytmoqchi bo‘larsiz. Gap shundaki, o‘shanda (1996 yil) istisnosiz 
ravishda faqat shaxmat o‘yini uchun dasturlangan Deep Blue superkomyuteri (!) 
avvaliga oltita partiyadan to‘rttasida Kasparovga yutqazgan (4:2)! Insonga qarshi, 
soniyasiga 100 millionta yurishni tahlil qila oladigan va eng maqbul variantni tanlay 
oladigan mashina qarshi chiqqan edi. Shunda ham Kasparov g‘olib chiqdi! Keyin 
esa Kasparovga qarshi, Deep Bluening yanada kuchaytirilgan, soniyasiga 200 
million yurishnu tahlil qilib, eng maqbulini tanlay oladigan modifikatsiyasi qarshi 
qo‘yildi. Bu safar esa mashina g‘olib keldi. Lekin Kasparov piyodani qurbon qilish 
orqali qarshi hujumga o‘tishni rejalashtirgan holatda, kompyuter dasturi o‘rniga 
biror inson aralashib yurishni amalga oshirgan degan shubha mavjud. Zero 
kompyuter har qancha kuchli bo‘lmasin, bu kabi "ayyorona yurish"larning 
mohiyatini anglashi mumkin emas deb hisoblardi Kasparov. O‘yin yakunida u 
e'tirozini 
IBM 
kompaniyasiga 
ma'lum 
qilganida, 
kompaniya 
vakillari 


kompyuterning o‘yin davomida qilgan barcha yurishlari va uni mashina bosqichida 
bajarilishiga javob beruvchi barcha algoritmlarni chop etib, xolis ekspertlar guruhiga 
havola qilishga va'da berishgan edi. Lekin oradan mana qariyb 20 yil muddat o‘tsa 
hamki, IBM o‘sha o‘yin natijasinining algoritmik hisobotini yashirib, sir saqlab 
kelmoqda. Bu esa, itellektual o‘yinga g‘irromlik aralashgani haqidagi shubhalarni 
asosli deb qaralishini taqozo etadi. Ya'ni, insonni sun'iy intellekt emas, baribir, o‘zi 
singari insonning aralashuvi mag‘lub etgan bo‘lib chiqmoqda. 
Agar basharti, kompyuterning shaxmatda odamni yutganini baribir tan olishga 
to‘g‘ri kelgan taqdirda ham, mashinaning intellektga ega ekanligi borasida boshqa 
bir, o‘xshash o‘yin-tajriba bilan tekshiruv o‘tkazish mumkin. Masalan, qoida va 
o‘ynalishiga ko‘ra shaxmatga juda yaqin bo‘lgan xitoycha Go o‘yini bor. Bu o‘yin 
shaxmatga qaraganda ancha sodda va yurishlar soni ham unchalik ko‘p emas. Lekin, 
Go o‘yinini mashina va inson o‘rtasida o‘tkazilsa, shaxmatdagidan farqli o‘laroq, 
bunda yosh, tajribasiz o‘yinchi ham kompyuterni juda osonlik bilan yutib qo‘ya 
oladi. Sababi shaxmatda muayyan donalarning qiymati turlicha va ularning 
yurishdan keyingi egallaydigan eng optimal vaziyatini tahlil qilish mumkin. Lekin 
go o‘yinida hamma donalarning qiymati bir xil va go taxtasi ham shaxmat taxtasidan 
ko‘ra deyarli 5 barobar kattaroq bo‘ladi. Shunga muvofiq yurishlar variantlari ham 
yanda ulkan raqamni hosil qiladi. Qolaversa, go o‘yinidagi har bir yurish keyingi 
yuzlab yurishlarga ta'sir qiladi. Kompyuter esa, qanchalik tezkor bo‘lmasin, bu 
darajadagi ko‘p variantlar ichidan eng maqbulini oldindan ko‘ra bilmaydi va tanlay 
olmaydi ham. Shunday ekan, sun'iy intellektning salohiyati insonniki bilan tenglasha 
olishi haqidagi gaplar yana soyada qolib keta boshlamoqda. Yuqoridagilardan 
xulosa qilsak, haqli savol tug‘iladi: kompyuter biz uchun (bizning o‘rnimizga) 
fikrlay oladimi? 
Fikrlash jarayonini avtomatlashtirish masalasi ham sun'iy intellekt tushunchasi 
bilan uzviy bog‘liqlikka ega. Mashinaning fikrlashi birmuncha g‘ayrioddiy 
ko‘rinadigan g‘oyadir. Hozirgi kunda "intellektual" deb nomalanadigan 
mashinalarning, ya'ni, sun'iy intellekt "egalari"ning imkoniyatlari inson kabi fikrlash 
darajasida emas. Ulardan olinadigan eng maksimum natija, hozirda murkkab, uzoq 


vaqt talab qiluvchi va bir necha minglab xususiy va umumiy hollarni tahlil qilib 
chiqishni taqozo etuvchi ilmiy farazlarni, asosan matematik teoremalarni va shunga 
o‘xshash ho kazolarni muayyan shartlar asosida tezkorlik bilan tekshirib, natiajsini 
ma'lum qilish bo‘lmoqda xolos. Ba'zan turli OAVlar orqali og‘iz ko‘pirtirib shov-
shuv qilinayotgan robot-androidlarning ham intellektual salohiyati aytaylik 
o‘rtamiyona bilim darajasidagi o‘rta maktab bitiruvchisining bilim darajasichalik 
emasdir. Shunga qaramay, shubhasiz, intellektual tizimlar hozirdayoq inson og‘irini 
yengil qilishda, ma'nan mushkul va kuchli aqliy zo‘riqishni talab qiluvchi ishlarni 
osonlashtirish va eng muhimi havfsizlashtirishda ular yaqin yordamchimizga 
aylanib 
bormoqda. 
Yorqin 
misol 
sifatida 
aeroportlarda 
parvozlarni 
muvofiqlashtirishga xizmat qiluvchi axborot-tahlil tizimlarini keltirish mumkin. 
Ular, mavjud meteorologik vaziyat, samolyotlarning yetib kelish va uchib ketish 
jadvali, masofa, tezlik va shunga o‘xshash yuzlab parametrlarni umumlashtirgan 
holda, umumiy vaziyatni nazorat qiladi hamda, insonga - muhandisga eng maqbul 
rejim haqida ma'lumotlarni taqdim etadi. Samolyotlarning o‘zidagi avtopilot 
imkoniyatini ham shu qatorga qo‘shish mumkin. U parvoz davomida bemalol 
uchuvchini o‘rnini egallab, ulkan laynerni boshqarib borishi mumkin. Bunday 
tizimlar odatda ekspert tizimlar ham deyiladi. Lekin nima bo‘lganda ham, ular 
dasturchilar tomonidan avvaldan belgilangan va mashina xotirasiga yozuilgan 
muayyan algortim doirasida ishlaydi xolos. Aytaylik, algoritmda ko‘zda tutilmagan 
favqulodda vaziyatlarda mustaqil ijodiy (kreativ) noan'anaviy qaror qabul qila 
olmaydi. Baribir uchuvchi avtopilotdan voz kechib, o‘z bilimi va tajribasiga 
tayanadi. Shunday ekan, hozirgi kundagi eng yuksak nou-xau timsoli bo‘lgan eng 
mukammal intellektual mashinalarini ham inson kabi ong va tafakkur darajasiga ega 
deb bo‘lmaydi. Ong va tafakkur esa intellektning asosidir. Shunga ko‘ra, sun'iy 
intellekt atamasi, nazarimda biroz oshrib yuborilgandek go‘yo. Zero, sun'iy 
mulohaza yuritadigan, to‘g‘rirog‘i avtomatik tahlil qiladigan mashinalar, balki 
tahlilni bizdan ko‘ra tezkorroq bajarar, balki ularning xato qilish koeffitsiyenti 
biznikdan pastdir. Lekin ularda ijodiy yondoshuv, hissiyot, hamda avvaldan biror 


narsani ko‘zlab ish tutish hislati umuman mavjud emas. Ustiga ustak, shunday sun'iy 
intellektni ham, siz bilan bizga o‘xshagan inson yaratgan! 
Endi qiziq qiziq bir faktga e'tiboringizni qaratmoqchiman. Ma'lumki, har 
qanday kompyuter, demakki, sun'iy intellektga ega mashina, ikkilik sanoq tizimi 
asosida ishlaydi. Bu haqidan maktab informatika kursida yetralicha ma'lumot 
beriladi. Atiga ikkita raqamdan iborat sanoq tizimida esa, muayyan algoritmalarni 
bajarishda o‘ziga xos cheklov-chegaralar yuzaga keladi. Xossatan, haqiqiy sonlar 
bilan ishlashda, yoki taqribiy hisoblashlarda ikkilik sanoq tizimi yaramaydigan 
vaziyatlar yuzaga keladi. 1991-yilda matematik olim Devid Stautmayer 18 ta turli 
xildagi hisob-kitob amaliyotlarni kompyuter dasturi yordamida bajarib, ularning 
barchasida natija noto‘g‘ri chiqqanini, ya'ni, kompyuter (sun'iy intellekt) noto‘g‘ri 
ishlaganini isbotlab berdi. Demak, sun'iy intellekt-kompyuter hamma masalani ham 
to‘g‘ri hal qila olmasligining jiddiy ilmiy asosi bor ekan. Shu asosga ko‘ra, 
qo‘rqmay aytish mumkinki, sun'iy intellekt hali-beri tabiiy intellektga dov bera 
olmaydi. Uning ayrim xususiy hollarda (asosoan matematikada) insondan o‘zib 
ketishi esa, tezkorlik xossasi evaziga xolos... Fikrlaydigan mashina, yoki sun'iy 
intellekt esa, hozircha fantast yozuvchilar, hamda entuziast dasturchilarning orzusi 
o‘laroq qolib ketmoqda. Balki shu yaxshidir?!...
Olimlar sun'iy intellekt (Sun’iy intelekt) bilan tajriba o'tkazishga ishtiyoq bilan 
qarashsa-da, ko'p odamlar bu hodisadan ehtiyot bo'lishadi. Hatto Tesla rahbari Elon 
Mask ham buni insoniyat uchun "asosiy tahdid" va urush va ishsizlikning mumkin 
manbasi deb atagan. 
Keling, sun'iy aql bilan bog'liq 8 ta qiziqarli faktlarni ko'rib chiqamiz. 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin