5. Ta’lim oluvchilarning yoshiga muvofiqligiga tegishli belgilariga ko’ra ta’lim metodlarini quyidagi turlarga ajratish mumkin:
Oliy ta’lim muassasalari uchun mos metodlar.
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun mos metodlar.
Umumiy o’rta ta’lim muassasalari uchun mos metodlar.
Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun mos metodlar.
Maktabdan tashqari ta’lim muassasalari uchun mos metodlar.
Malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’lim muassasalari uchun mos metodlar.
Maxsus ta’lim muassasalari uchun mos metodlar.
6. Ayrim fanlarni (ijtimoiy, tillar, tabiiy, aniq, amaliy va boshqa fanlarni) o’qitishga tegishli belgilariga ko’ra ta’lim metodlarini quyidagi turlarga ajratish mumkin:
Ijtimoiy fanlarni o’qitishga mos metodlar.
Tillarni o’qitishga mos metodlar.
Tabiiy fanlarni o’qitishga mos metodlar.
Aniq fanlarni o’qitishga mos metodlar.
Amaliy fanlarni o’qitishga mos metodlar.
Texnika fanlarini o’qitishga mos metodlar va boshqalar.
7. Nazariy va amaliy bilim, ko’nikma va malakalarni o’rgatishga tegishli belgilariga ko’ra ta’lim metodlarini quyidagi turlarga ajratish mumkin:
Nazariy bilimlarni o’rgatishga mos metodlar.
Amaliy bilim, ko’nikma va malakalarni o’rgatishga mos metodlar.
Har turli texnika vositalaridan foydalanish, ularni boshqarishni o’rgatishga mos metodlar.
Axborot-kommunikastiya texnologiyalaridan foydalanishni o’rgatishga mos metodlar.
Kasb-hunarlarni o’rgatishga mos metodlar va boshqalar.
8. O’zlashtirishni nazorat qilishga tegishli belgilariga ko’ra ta’lim metodlarini quyidagi turlarga ajratish mumkin:
Yozma ishlar bajarish: diktant, bayon, insho va sh.k.
Nazorat ishlarini bajarish: joriy, oraliq, yakuniy nazorat ishlari.
Mashqlar bajarish.
Masalalar echish.
Mustaqil ishlar bajarish.
Og’zaki so’rov (savol-javoblar), imtixon, sinov.
Test sinovlari va boshqalar.
Yuqorida keltirilgan ta’lim megodlarining turlari ma’lum darajada shartli bo’lib, bu esa, har bir ta’lim metodi bir vaqtda bir nechta sifat va xususiyatlarga ega ekanligi bilan bog’liq. Shu sifat va hususiyatlarning eng umumiy belgilari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
So’zlash va tinglashga asoslangan metodlar.
So’zlash, tushuntirish va tinglashga asoslangan metodlar.
Dostları ilə paylaş: |