So’zlash, ko’rgazmali vositalardan foydalanib tushuntirish va ko’rish, tinglashga asoslangan metodlar. Monologik ma’ruza metodi. Suhbat metodi. Savol-javoblar metodi. Bahs, munozaralar metodi. Ishchanlik o’yinlari metodi. Rolli o’yinlar metodi. Didaktik o’yinlar metodi. Hamkorlikda ishlash metodi va boshqalar.
Ta’lim metodlarining ushbu umumiy belgilari so’zlash- tinglash, ko’rsatish-kuzatish, tushuntirish-fikrlash, mustahkamlash-takrorlash jarayonlaridan iborat bo’lib, bu belgilar aslida har bir metod uchun xosdir. Bunday umumiylik ta’lim metodlarini amalda qo’llashda birmuncha keng imkoniyatlar berishi tabiiy. Bu esa, ta’lim metodlarini ma’lum maqsad bo’yicha tanlashda hisobga olinishi zarur omildir.
XULOSA
Xulosa qilib aytadganda amaliy ta’lim metodlari talabalarni olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash uchun katta xizmat qiladi. Amaliy metodlar orqali talabalar olgan nazariy bilimlarining natijasini amalda ko’ra olishadi, xatolarini amaliyot davrida to’g’irlasha oladi. Bu esa kelajakda talabalar uchun ko’nikma va malaka sifatida shakllanib boradi. O‘qish davomida orttirilgan bilimlar, ko’nikma va malaka kelajakda albatta o’z natijasini ko’rsatadi. Ya’ni ish mobaynida kamroq xato qiladi, to’g’ri xulosa chiqarishni o’rganadi va qaror qabul qilish jarayoni tezlashadi va albatta katta ko’nikmaga ega boladi.
Ta'lim metodlari - o'qitishning o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erishish usullarini hamda o'quv materialini nazariy va amaliy yo'naltirish yo'llarini anglatadi.
O'qitish metodlari ta'lim jarayonida ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchi faoliyatining qanday boiishi, o'qitish jarayonini qanday tashkil etish va olib borish kerakligini hamda shu jarayonda ta'lim oluvchilar qanday ish-harakatlarini bajarishlari kerakligini belgilab beradi. Shuningdek, ta'lim metodi o'qituvchi va ta'lim oluvchilarning o'qish vazifalarini bajarishga qaratilgan nazariy va amaliy bilish faoliyati yolidir. Ta'lim metodlari tevarak-atrofdagi dunyoni bilishning umumiy qonuniyatlarini tushunishga bog'liqdir, ya'ni ular falsafiy metodologik asosga ega va ta'lim jarayonidagi qarama-qarshiliklarni, ta'lim jarayoniningmohiyatini vatamoyillarini to'g'ri anglash natijasidir. Ta'lim materiali ta'lim mazmunida ifodalangan ilmiy fikr mantig'iga bog'liq. Pedagogik qarashlarda nazariya qancha kam ifodalangan boisa, ta'lim metodlari bu nazariyaga shuncha kam bog'liq bo'ladi. Pedagogika fani maktablar va ta'lim beruvchilarning ilg'or ish tajribalarini umumlashtiradi, an'anaviy ta'limning ilmiy asoslarini ko'rsatib beradi, o'qitishning zamonaviy, samarali metodlarini ijo-diy ravishda izlab topishga yordam beradi. Ta'lim mеtodlari tarkiban o’qitish mеtodlari va o’qish mеtodlaridan iborat. O’qituvchi bilimlarni Og’zaki bayon etsa, bolalar uni tinglaydi; o’qituvchi mustaqil ish topshirsa, o’quvchilar bajarishadi. Bilimlarni Og’zaki bayon etish, mustaqil ishlash kabilar o’qitish mеtodlari bo’lib, ular vositasida didaktik vazifalar (bilimlarni o’rganish, mustahkamlash, takrorlash va sh.k) hal etiladi. O’quv-tarbiya jarayonida ta'lim mеtodlarining samaradorligini oshirish maqsadida o’qitish va o’qish mеtodlari majmuasidan foydalaniladi. Masalan, ma'ruza mеtodi tarkiban o’qituvshining o’rganilayottan mavzuni mantiqiy izchillikka, Og’zaki bayon qilishi, o’quvchilarning esa o’quv matеriallarini izchil tinglashi kabi mеtodlardan iborat. Ma'ruza mеtodidan shu yo’sinda foydalanish o’qituvchining, o’quvchining ham faolligi talablariga, binobarin, ta'limning samaradorligini oshirish ehtiyojlariqa mos kеlmaydi.
Dostları ilə paylaş: |