Мундарижа


Qirg`ovulni sun’iy ko’paytirish



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə11/13
tarix31.03.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#91720
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bakirova Madina oxirgisi

Qirg`ovulni sun’iy ko’paytirish


Yuqorida qirg`ovullarning tabiiy sharoitidagi yashash tarzi, urchishi, ko’payishni to’g`risida gapirib o’tdik.
Malum shart – sharoitlarni nazarda tutib, qirg`ovullar tabiiy suniy va aralash usul bilan ko’paytiriladi.
Qirg`ovullarni suniy usulda ko’paytiriladigan bo’lsa, har bir parran- dadan 35 – 40 tagacha tuxm olish mumkin bo’ladi. jo’jalar esa yaxshi sharo-itda o’sadi. Jo’ja qirg`ovullar ikki oydan keyin, bu vaqtda ularga xaro-ratning o’zgarishi, yog`ingarchilik tasir etmaydigan hamda o’zlari mustaqil ovqat yeya oladigan bo’lganidan keyingina tutkinlikdan qo’yib yuboriladi. Bundan tashqari, qirg`ovul jo’jalarini boseradi, yani temir pan-jara bilan o’ralgan maydonda boqishning bir qancha qulay tomonlari ham bor. Masalan, bunda tuxum yig`ish tabiiy sharoitdagina qaraganda juda oson. Shu bilan birga, tuxumlarni yangilanishida va xoxlangan miqdorda yig`ib olish mumkin bo’ladi. Tuxumni uzoq masofadan tashishga hojat qolmaydi.

Qirg`ovullarni parvarish qilish.


Qirg`ovullarni parvarish qilinadigan qafasning katta – kichilikligi har xil bo’ladi. Sirdaryo ovchilik xo’jaligida qirg`ovullar kattaligi 40 x 14 m xajmidagi qafaslarda boqiladi. Qafas ichi bo’laklarga ajratilgan. Qafas uchun ishlatiladigan to’r simning oralig`i 20 x 20 mm dan katta bo’l-masligi kerak. Xuddi shanday to’r sim bilan qafasning tepasi ham yopila-di. Bunday katta qafas ichida bir necha tup daraxt bo’lgani maqul.
Agar xo’jaliklar doimiy qafas ko’radigan bo’lsa, u holda yirtqich xay- vonlar himoya qilish choralarini ko’rish ham nazarda tutilishi lozim.
Buning uchun qafaslar asosiga 30 – 40 sm chuqurlikda beton poydevor qilina yoki sim o’rin 50 sm chuqurlikka ko’miladi. Bu aytilganlarga amal qilingan holda qurilgan qafasdan yirtqich xayvon o’ta olmaydi.

Qirg`ovullarni oziqlantirish.


Qafasda boqiladigan qirg`ovullar ozuqasiga alohida ahamiyat berish kerak bo’ladi. qushlar yil davomida qafasda boqiladigan bo’lsa, ular nima berilsa shu bilan qanoatlanib qolaveradi. Shuning uchun qirg`ovullarga beriladigan ozuqa ular erkinlikda yeydiganiga muvofiq bo’lishi, boshqa-cha aytganda, tarkibida – uglevod, oqsil, vitaminlar, mineral tuz va mik-roelementlar bo’lgan to’yimli bo’lishi lozim. Bordi – yu ozuqa tarkibida biror zarur moddalar kamlik qilib qolsa, bu eng avvalo tuxum sifatiga, demak undan chiqadigan jo’jaga ham tasir etadi.
Qirg`ovullarga kuniga ikki marta – ertalab soat 7 – 8 larda xar xil aralash narsalar, kunning ikkinchi yarmida soat 17 – 18 da donli ozuqalar beriladi. Baxor va yoz oylarida, soat 12 – 13 da xar xil ko’katlar beriladi Qirg`ovullarga go’shtli narsalarni qiyma qilib bersa ham bo’ladi. Qirg`o- vullarozuqasida, ayniqsa urchish paytida, mineral va vitamini yetarli bo’lishi kerak.
Vitamin etishmasligi, ayniqsa ,,A” vitamining etishmasligi natija-sida tuxum avitaminoz kasalligiga uchraydi, va tuxumdan chiqqan jo’ja nimjon bo’ladi.
Qirg`ovullarni urchish paytida va tuxum qo’yadigan davrda undirilgan arpa yoki suli bilan boqish foydalidir. Chunki bu o’simliklar ,,E” vita-miniga boy bo’lib, bu moddalar parrandaning ko’payishiga va ko’proq tu-xum qo’yishiga yordam beradi.
Qushlar ozuqani parrandachilik xo’jaliklarida tovuqqa don beriladi-gan yog`och novlarda bergan maqul, suv hamisha toza bo’lishi, agar imkon bo’lsa, avtopalka, sirlangan yoki alyumin novda berish kerak.
Qirg`ovullar aprel oyidan boshlab urchiydi. Shuning uchun mart oyla- ridanoq xa bir katakka bitta erkak, 4 yoki 6 tadan moda qirg`ovul joylash-tiriladi.
Ochiq joyda yurgan urg`ochi qirg`ovul odatda in qurmay duch kelgan joyga tuxum yig`ishga to’g`ri keladi. Aks xolda, tuxum sinishi, iflos bo’lishi yoki qirg`ovullarning o’zi cho’qib tashlashi mumkin.
Maxsus qilingan inlarga 1 – 2 ta tuxum tashlab qo’yilsa moda qirg`ovul shunga qo’nib tuxum qo’yaveradi.
Tuxumni yig`ish va saqlash ham nozik ish. Tuxum maxsus savatlarda yig`iladi, xar bir tuxumga yig`ilgan vaqti va qaysi volerdan olingani yozib qo’yiladi. Bunday yozuv yomon tuxum qo’yadigan qirg`ovulni aniqlash, tuxum qanday saqlanayotganligini kuzatib borish, xar bir voleradagi tuxum-larning sifatini belgilashga yordam beradi.
Tuxumga qora qalam bilan belgi qo’ygan maqul. Bordiyu, jo’ja ochi- lishga qo’yilmoqchi bo’linsa, tush bilan yozish kerak.
Tuxum salqin, shmollatib turiladigan va yetarlicha namli bo’lgan xo- nada saqlanadi. Bunday xonaning xarorati 7 – 12 daraja issiq, namligi 70 prostent bo’lishi lozim. Tuxumni maxsus tuxum idishga bir qator qilib teriladi yoki maxsus teshigi bo’lgan shkaflarda saqlanadi. Uch tomoni pastga qaratib qo’yiladi. Agar tuxum 3 – 4 kundan ortiq saqlanadigan bo’lsa, xar kuni ,,oyog`ini osmonga” qilib ag`darib turish kerak, aks xolda sarig`i pastga cho’kib, po’choqqa yopishib qolishi mumkin. Bunday tuxumdan jo’ja chiqmaydi.
Tuxumni kul yo bo’lmasa qipiq orasida saqlash mumkin emas. Chunki tuxum po’stlog`i teshikchalariga qum yoki qatron moddalari tiqilib qoladi.
Bordiyu tuxumni uzoq saqlanib undan keyinchalik jo’ja ochirish mo’l- jallangan bo’lsa, tuxumni xar kuni 20 – 30 minut davomida 37,6 – 38 da-raja xaroratda isitib qo’yish kerak bo’ladi. bunday temperatura ona qir-g`ovulning tana xaroratiga mos keladi. Tuxum isitib turilsa uning ikku-bastion sifati yaxshilanadi. Bu tadbir tuxumning tabiiy sharoitda saq-langanday xolatga keltiradi.
Qirg`ovul tuxum qo’yib bo’lgan bo’lnach, malum vaqtgacha dastlabki tuxu-mi ustida o’tirib isitib turadi. Inkubator bor jyolarda bu ish, yani tuxum isitish stnchalik ko’p vaqtni talab qilmaydi jo’ja ochiriladigan tu-xumlarni yaxshi saqlash uchun tuxum saqlanadigan joyning xaroratini muntazam kuzatib borish lozim. Me’yoridan ortiq issiq ham, sovuq ham jo’ja ochirish uchun
saqlanayotgan tuxum sifatiga keskin tasir etadi va oqibatda pusht nobud bo’ladi. xarorat yuqori bo’lsa, tuxumdagi nam tez bug`lanib, parda qilib qoladi va oqsilning fizikaviy xossalari, qayish-qoqligi va zichligi o’zgaradi. Oqibatda rivojlanayotgan pushtda modda al-mashinuvi qiyinlashadi va ko’p xollarda nobud bo’ladi. Bundan tashqri, ayrim muloxazalar 20 – 21 gradus issiqda pusht sekin rivojlanadi, lekin bu rivojlanish normal bo’lmay oqibatda u nobud bo’ladi, deb aytish moqda. Yuqori temperaturada ham tuxum sarig`ida fermentataiv va ximiyaviy jarayonlar ro’y berishi oqibatida sariq moddaning tarkibi buziladi.
Uzoq vaqt yuqori xaroratda saqlagan tuxum ochirishga qo’yilganda pushtetorli darajada rivojlanmaydi yoki o’sishdan butunlay to’xtaydi.
Tuxum saqlanayotgan xonadagi havoning nisbiy namligi ham tuxum ochirishga tasir qiladi. Havoning nisbiylanishi ham tuxumga nisbiy nam-lik odatda Asmon psixrometri bilan o’lchanadi.
Tuxum saqlanayotgan joyda gaz almashinuvi jarayoni yaxshi kechishi uchun xona shamollatib turilishi kerak. Tuxum saqlanayotgan xonani har kuni yaxshisi erta bilan va kechqurun shamollatgan ma’qul. Qirg`ovul tuxumini kechi bilan ikki hafta saqlash kerak. Bordiyu, bu muddatdan ko’p. Masalan 20 kun saqlansa jo’ja ochirish 16 prostent 24 kun saqlansa 23 prostent va 40 kun saqlansa 30 prostent kamayib ketadi.
Tuxum saqlash uchun bunday cheklangan muddat qo’yilar ekan, nima uchun tabiiy sharoitda, uyada tuxumning inkubatsi sifatini uzoq vaqtgacha bu- zilmay turadi, degan savol tug`iladi. Masalan, qirg`ovul o’rta hisobda 10 – 13 tadan tuxum qo’ysa, tabiiy sharotida bu tuxumlarning 93 – 95 pro-stentidan jo’ja chiqadi. Bunda qirg`ovul modasi har gal yangi tuxum qo’yilgandan keyin oldingilarini qisqa vaqt bo’lsa ham isitib turishi katta rol o’ynasa kerak.

Katta qirg`ovullar uchun ozuqa rastioni







Nomi


Bir bosh qirg`ovulga bir sutkada beriladigan
ozuqa (grammlarda)

Qish

Bahor

Yoz

Kuz

1

Qora non

20

20

20

20

2

Suli

20

20

20

20

3

Tariq

25

25

25

25

4

Kepak

2

2

2

2

5

Krupa

15

15

15

15

6

Nasha urug`i

1

-

-

1

7

No’xat

-

5

-

5

8

Go’sht

5

8

5

-

9

Tovuq tuxumi

-

2

1

-

10

Baliq uni

2

3

-

2

11

Sabzi

10

20

20

20

12

Klyukva

5

5

-

-

13

Pomidor, o’t

-

30

30

-

14

Karam

-

10

10

-

15

Kartoshka

-

-

5

5

16

Piyoz

-

3

-

3

17

Achitqilar

2

3

-

2

18

Baliq moyi

1

1

-

1

19

Bo’r

1

1

-

1

20

Maydalangan suyak

0,5

0,5

0,5

0,5

21

Osh tuzi

0,25

0,25

0,25

0,25




Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin