Мундарижа



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə8/13
tarix31.03.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#91720
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bakirova Madina oxirgisi

Ko’payishi. Qirg`ovullarning urchish vaqti erta boshlanadi.Fevral oyining birinchi o’n kunligida erkak qirg`ovul aprel oylaridan qo’narg`a, yani o’z makiyonini chaqiradigan joy hozirlay boshlaydi.
Mart oyi o’rtalari va aprel boshlarida to’qayzorlarga borib qolgan odam- ning qulog`i qirg`ovullarning qichqirig`idan qomatga keladi. Ular bazan (ayniqsa bulutli kunlarda) 12 – 14 soat davomida betinim qichqirishi mum- kin. Kunlar isishi bilan xo’rozi erta tongdan kechgacha chulg`ilay boshlaydi (makiyonini chaqiradi). Makiyon qirg`ovullarni mart oyining oxirigacha – 3 –
4 tadan to’p – to’p bo’lib yurganlarini ko’rish mumkin. Aprel oyining birin- chi o’n kunligidan boshlab erkak hamda urg`ochi qirg`ovullar juft bo’lib yuri- shadi. Qo’narg`a joylarda juft holda yashayotgan qirg`ovulni ko’rish mumkin. Chug`ilash paytida makiyon qirg`ovul faqat bitta erkak qirg`ovul chaqirig`iga javob beradi. Shunisi qiziqki, bir paytning o’zida bir nechta xo’roz qichqirsa ham, makiyonlar o’z juftlari ovozini bemalol tanib oladi.
Qirg`ovullar qamish osti va o’t qalin o’sgan joylarga, bazan pastliklarga in quradi.
Qirg`ovul 8 tadan tortib 19 tagacha tuxum qo’yadi. Tovuqqa o’xshab tuxumlarini yig`maydi va bu jarayon ancha uzoqqa cho’ziladi. 2 – 3 ta tuxum qo’yilgan inlarni may oyining o’rtalarida ham ko’rish mumkin. Qirg`ovul odatda bir marta tuxum qo’yadi, bordiyu biror sabab bilan tuxumidan ajralsa (masalan tuxumi suv ostida qolib ketsa), u holda ikkinchi bor tuxum qo’yadi. Lekin bunda tuxumlari soni 4 – 8 tadan oshmaydi. 24 kun deganda tuxumdan jo’ja chiqaradi.
Mabodo qirg`ovulning tuxumini olish zarurligi tug`ilib qolsa bunisi juda ehtiyotlik bilan yaxshisi qirg`ovul yo’q paytda olgan maqul. Chunki parranda 2 – 3 marta qo’rqitilsa yoki bezovta qilinsa, u inini tashlab ketadi.
Moda qirg`ovul tuxum bosib yotgan dastlabki besh kun davomida hxech qayoqqa jilmaydi, oltinchi kundan boshlab, faqat ertalablari bir oz vaqtga inini tashlab ketishi mumkin. Shundan keyin, taxminan 22 kungacha uzog`i bilan bir soat muddatga tashqariga chiqadi. Oxirgi ikki kun ichida xuddi dastlabki kunlardagidek inida qimirlamay yotadi. Bazida ertalab 10 – 15 minutgina inini tashlab ketishi mumkin.
Qirg`ovul tuxumini nihoyatda ehtiyot qiladi. Iniga biron dushman, chunon- chi odam bostirib kelgudek bo’lsa, ustiga mahkamroq qapishib oladi, hech iloji bo’lmay qolgandagina nochor uchib ketadi. U yerdan ko’tarilarkan, tuxumlarini chor atrofga to’zg`itib yuboradi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin