Respublikamiz territoriyasidagi yovvoyi hayvonlar va qushlarning qiri- lib ketmasligi uchun hukumatimiz maxsus qonun chiqargan. Mazkur qonunda noyob va ayniqsa, qimmatbaho hayvonlarni ov qilish mumkindigi batafssil ko’rsatilgan.
O’rta Osiyoda ovlanadigan qushlar ichida qirg`ovul birinchi o’rinda turadi. So’nggi yillarda bu qush nihoyatda ko’p ovlanadi, shu sababli hamma yerda juda kamayib ketdi.
Qirg`ovulning kamayib ketmasligi va ovlanganlarining o’rnini to’ldirib turish uchun 30 – yillarda tuzilgan qo’riqxonalar hamda ovchilik xo’jaliklari aytarli tasir etolmadi.
Biroq 1937 – 1938 yillarda Qozog`istonda va 1938 – 1939 yillarda O’zbe-kiston territriyasida qirg`ovulni ovlash butunlay taqiqlanishi bu qimmat-baxo qushlar sonining o’sishiga malum darajada tasir ko’rsatdi.
Qirg`ovullar asosan butazorlar va to’qayzorlarda yashaydi. Butasimon o’simliklar, asosan jiyda mevasi qirg`ovullarning kuz va qishda yeydigan asosiy ozuqasi xisoblanadi.
Yuqorida aytib o’tilganidek, odam to’qayzorlarni o’zlashtirdi, daraxt va butalarni kesib o’tinga yoki qurilishga ishlatdi, o’tlarni o’rib oldi. Xullas to’qaylar yo’qola bordi, bazi joylardagi o’simliklar turi o’zgargan bo’lsa ham,
ayrim to’qaylar o’zlashtirib u yerlarda dexqonchilik qilina boshlaydi. Shu tariqa qirg`ovullar o’z makonlaridan asta – sekin ajrala boshladi.
O’rta Osiyoda tashkil etilgan xo’jaliklari va qo’riqxonalarda qirg`ovul-larni ko’paytirish hamda tarqatish uchun hamma shart – sharoit yaratib beril-gan edi. Bu xo’jaliklar 1957 – 1960 yillarga kelib turli qushlarni birmuncha ko’paytirdi. Zarafshon qo’riqxonasi va Sirdaryo ov xo’jaliklarida qisqa davr ichida qirg`ovullar soni tezdashib olib ketdi. Masalan, 1959 yili qirg`o-vullar soni 2 – 3 marta ko’paydi. Zarafshon qo’riqxonasida 1959 – 1960 yillar ichida 200 ta qirg`ovul ko’paydi. Sirdaryo ov xo’jaligida 1961 yili atigi 540 ta qirg`ovul bor edi, lekin bir yil davomida ular soni 1500 taga etdi.
Qishloq joylarida, bog` va polizlarga yaqin yerlarda qirg`ovullar kam uchraydi. Lekin bu sharoitlar qanchalik turli – tuman bo’lishidan qatiy nazar, qirg`ovullarning yashashi uchun albatta suv manbai – daryo, ko’l, botqoqlik bo’lishi kerak.
Ko’pincha, qirg`ovul boshoqli o’simliklarga zarar etkazadi, deb hisobla-shardi. Bir qancha omillar bu fikrni rad etishgan. Biz ham bir necha yil da-vomida qirg`ovullar hayot tarzini o’rgandik va ular mutlaqo boshoqli o’sim-liklarga tegmay, balki yerga to’kilgan donlarni terib yeyishini kuzatdik. Paxta dalalarida esa, ular chigirtka va boshqa zararkunandalarni qirib qishloq xo’jaligiga ancha foyda keltiradi.
Qirg`ovullarning ko’payishiga ovchilik xo’jaliklarida amalga oshirilayot-gan bazi biotexnik yo’nalishdagi tadbirlar ham tasir ko’rsatmoqda. Bu tad-birlar, eng avvalo Respublikamiz hayvonot va o’simligini himoya qilish yirtqich qush va hayvonlarni otishdan iborat. Bundan tashqari, foydali qushlarning oziqlanishi uchun ular yeydigan o’simliklarni ekishi, don sepil- gan maydonchalar tashkil etilishi ham yaxshi natija bermoqda.
Malumki, yirtqich qush va hayvonlar chorvador xo’jaliklarga ko’p zarar etkazadi. Ayniqsa qish sovuq kelgan yillari yirtqich hayvonlar qo’tonlarga va hatto qishloqlarga ham bostirib kelishdan toymaydi. Shuning
uchun yirt-qich qushlar va hayvonlarni ovchilik xo’jaliklariga yaqinlashtirmaslik, ularni qirishda cho’ponlar, ovchilar va umuman tabiat ishqibozlari jonboz-lik ko’rsatishlari kerak.
Har bir ovchilik xo’jaliklarida ozuqa ekinlari ekiladigan bo’lishi kerak. Bu esa parrandalarning asosiy ozuqa manbaidir.
Har qanday qush o’zi yashaydigan joyda har doim, aniqsa qish va bahor oylarida ozuqa topa olmaydi, shuning uchun boshqa joylardan ozuqa qidirishga majbur bo’ladi. Buning oldini olish maqsadida, xo’jaliklarda har yer, har yerda ekin maydonlari tashkil qilinishi muhim ahamiyatga ega.
Ozuqa maydonlarini katta yo’l va axoli turar joylaridan chetroqda qilgan maqul. Bunday maydonlar 3 – 4 gektar atrofida bo’lib, turli o’simliklarni aralash ekish mumkin, ekin maydonidagi hosilning bir qismi yig`ish-tirilib malum qismi dalada shundayligicha qoldiriladi. Yig`ib olingan hosil, qirg`ovullarni qishda boqishga ishlatiladi.
Ovchilik xo’jaliklarida o’tkazilgan tajribalar shuni ko’rsatdiki, ozuqa maydonlari kichikroq, masalan 0,5 yoki 1 gektar bo’lib, xo’jalikning hamma yerida joylashganligi ma’quldir. Shunday qilinsa, parrandalar ekinlarni tez cho’qilab tashlamaydi hamda ular hamma yerda bir tekis tarqaladi.
Ozuqa maydonlariga jo’xori, mosh, arpa, bug`doy, tariq ekiladi. Qirg`ovul-lar jo’xori va mosh nish urishi bilan yeb tugatadilar, qolgan ekinlari va sabzini ko’p istemol qiladilar.
Xo’jaliklarda qish oylari parrandalarga qo’shimcha ozuqa berishidagi bio-texnik usul asosida olib boriladigan tadbirlar ahamiyatga ega. Bu tadbirga ko’ra, birinchidan qirg`ovullarni qishda ovqat topolmay nobud bo’lishini, ikkinchidan xo’jalik territoriyasidan boshqa yoqqa ketib qolishdan saqlash maqsadi ko’zda tutiladi.
Qirg`ovullarni qish oylarida ovqatlantirish uchun oxur qilinadi. Bu oxurlardan bahor va kuzda qirg`ovullarni tutishda foydalansa ham bo’ladi.
Qirg`ovullarni himoya qilishdagi tadbirlardan yana biri ixota maqsadla-rida buta va daraxtlar ekishdir.
Qirg`ovullar yashaydigan to’qayzorlar, ovchilik xo’jaliklari atrofga, masa-lan jarlik, tepaliklar, ko’l va daryo qirg`ovullariga daraxtlar ekiladi. Bunday tabiiy to’siqlar, bir tomondan qushlarni yovvoyi hayvonlardan himoya qilsa, ikkinchidan yer usti va tog` qoyalarida namini saqlab, qum bosishi hamda tog`dan sel kelishini to’sib qolish bilan qishloq xo’jaligiga foyda keltiradi.
Ixota maqsadida asosan daraxtlar va butalar uch qator qilib ekiladi. Eng oxirgi qatorga na’matak, chingil, tikanli o’simliklar qalin qilib ekiladi. O’rta qatorga daraxtlar bilan birga jiyda, maymunjiyda, do’lana kabi baland o’sadigan butalarni ekish kerak. Xullas ixota maqsadida ekiladigan da-raxt va butalar asosan mevasi bo’lishi kerakki, bularning mevasi qushlarga yem bo’ladi.
Shuni aytib o’tish kerakki, yuqorida aytilgan ozuqa maydoni tashkil qilish, ixota daraxti va butalar ekish uchun ortiqcha mablag` va mehnat sarf bo’lmaydi.
Kolxoz va o’rmon xo’jaliklari biotexnika tadbirlarni malga oshirishdan manfaatdor bo’ladilar xolos.
Chunki, qirg`ovullar bir tomondan, qishloq xo’jalik zarar kunandalarni qirib xosilning oshishiga yordam bersa, ikkinchidan, bu parranda chet el bo- zorida chaqqon o’tadi, bundan tashqari ovchilarimiz uchun ham yaxshilanishiga mashg`ulot hisoblanadi.
Har bir ovchi, o’rmon va ovchilik xo’jaliklari, fermer va uning ishchilari, shuningdek tabiatni sevuvchi har bir kishi foydali qushlarni, shular qatori qirg`ovullarning ko’payishiga va yashash sharoitining yaxshilanishiga jon kuydirmog`i lozim.