1.2. Kaklik–Alectorischukar Kaklikni soni Turkiston tizma tog`larida 1 km2 da 5 – 7 juft to’g`ri keladi. Kuzda ular gala hosil qiladi, shu sababli yirqichlardan himoyalanishi uchun bolalarini o’zi bilan olib yuradi. Har bir galasida 60 – 140 ta kaklik bo’ladi. Erta bahorda yirik guruhlar maydalashadi (8 –14 ta ).
Martning boshidan to mayning oxirigacha ularni sayrashi eshitiladi. Kakliklar juft hosil qilgan uya qurish, tuxum qo’yishiga kirishadi. Uyalari turli joy va turli sharoitlarda bo’ladi (toshlar kovaklarida, butalarning asosida, bo’shliqlarda va boshq.). Uyasi oddiy chuqurchani eslatadi. Uni ostiga xos – go’shalar to’shaydi. Uyasining o’lchamlari: uyani eni – 12 – 15 sm, eni – 8 – 10 sm, chuqurligi – 10 – 12sm.
Kaklikning ertangi tuxumli uyalarini martning oxirida uchratsa bo’ladi. Ko’p urg`ochi kakliklar orasida tuxum qo’yadi. Uyadagi tuxumlar soni 11
– 20 ta bo’ladi.Tuxumning o’lchami: 37 x 24,5 mmdan to 43,0 x 26,5mm gacha bo’ladi.Tuxumi oq va dog`li bo’ladi. Dog`lari tiniq jigarrang tusga bo’lib tuxumning paynak qismida ko’proqdir.
Tuxumlarni bosish bir oyga yaqin davom etadi. Asosan urg`ochisi bosadi. Erkagi uyani qo’riqlashda, urg`ochisini suvga borishda kuzatadi. Bazan erkak kaklik ham tuxumni bosadi.
Kakliklar bir yilda 1 – 2 marta tuxum qo’yadi. Kaklikning tuxumli uya- lari to iyunning oxirigacha topiladi. Tuxum qo’yish muddati vertikal mintaqalilik bilan bog`liq. Yani yuqoridagi kakliklar kechroq, pastdagilari esa ertaroq tuxum qo’yadi.
Har bir oiladagi jo’jalar soni 8 – 19 ta bo’ladi. Bedonadek kattalikdagi jo’jalarni 30. iylda qayd qilingan.
Kaklik asosan o’txo’r qush, Turkiston tizmalarida yozda uning oziqasi tarkibida 38 tur o’simlik topilgan. Hasharotlardan qo’ng`izlar, chumolilar, stikadalarni ham yeydi. Bahorda shirali o’simliklarni yaxshi yeydi (bargi, gulbandi, poya va boshq). Eozda turli mevalar bilan oziqlanadi. (gilos namatak, piyozbosh, tugunak va boshq). Kuzda kakliklar o’simlik urug`la-
rini, mevalarini xush ko’radi (Yaltirbosh, qo’ng`irbosh). Qishda bargi o’suvchi o’simliklarni yyeydi, tirik, yo’sin, xvosh va boshqalarni yeydi. Etuk kaklik oziqasida hayvon oziqalar kam bo’ladi. Faqat jo’jalarni ovqat- lantirish davrida kakliklar xasharotlarni yaxshi yeydi.
Kaklik – sport ovi obekti sifatida ancha ko’p ovlanadi. Masalan Oqcha ov xo’jaliklrida (Tirkvo) bir yilda 7 – 12 mingta kaklik ovlangan. Kuzda bu erdagi kakliklar soni 30 – 45 mingtaga etadi (ov xo’jaligini maydoniga Tog`larda kakliklarni ovlash keng tarqalgan bo`lib ko’p ovlanadi.
Shuning uchun uni soni cho’ldagiga nisbatan tog`larda ancha kamaygan.