ASOSIY QISIM Yuqorida aytilgan qushlar uchun xos xususiyatlar ularni yer sharida keng tarqalishiga olib kelgan va amalda qushlar quruqlikdagi barcha yashash joy-larini egallagan, bir qismi suv hayot muhtini tanlagan, unga nisbatan mos- lashgan.
Shu bilan birga urchishga chuqur ixtisoslashish sinf darajasida adaptiv radiastiyani cheklashishiga olib kelgan. Qushlar orasida yer ostida yashovchi va doim suvda yashovchi turlarni yo’qligi buni tasdiqlaydi. Qushlarning katta
kichikligida (razmerida) farqlar uncha katta emas. Buni qushlarni sut emi- zuvchilardagi holat bilan taqqoslaganda payqash qiyin emas.
Qushlarni klassifikastiyalash sohasida hozirgacha umumiy deb qabul qi- lingan sistema yo’q. Shuning uchun turli tadqiqotlar sinfda turlar sonini har xil qilib ko’rsatadilar. Chunonchi, universitet talabalari uchun yozilgan yangi darsliklarda (Konstantinov, va boshqa, 2004; Laxanov, 2005) keltirilgan sistematikada tafovutlar bor. Masalan, birinchi darslikda qushlar sinfini 2 ta kenja sinfga ajratgan (qadimgi qushlar kenja sinfi va yelpig`ichdumlilar, yoki haqiqiy qushlar kenja sinfi). Ikkinchi darslikda (Loxanov, 2008) esa faqat bitta kenja sinf – tipik qushlar kenja sinfi tilga olingan. Bunday holat turkumlar sonida ham ko’zga tashlanadi. Shunday bo’lsada sinfdagi kenja sinflar, turkumlar berilishi birinchi darslikda (Konstantinov va boshq. 2004) to’liqligicha o’xshaydi.
Shunday qilib hozirgi yashab turgan qush turlarining soni 8600 tani tashkil etadi. Bu turlar asosan tipik qushlar kenja sinfining pingvinglar, ko’krak tojsizlar, tipik qushlar (ko’krak tojlilar) degan katta turkumlarga mansub.
Mening bitiruv malakaviy ishim tovuqsimonlar turkumi, uning O’zbekis- tondagi vakillarining biologiyasi va xilma – xilligiga bag’ishlangan, men o’z ishimda quyidagi rejalarga to’xtalaman:
1.Qushlar, tovuqsimonlar turkumiga doir umumiy malumotlarni o’rganish;