Мундарижа



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə7/13
tarix31.03.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#91720
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bakirova Madina oxirgisi

2.2. Qirg`ovul Phasianus colchicus
Qirg`ovul turi doirasida 30 ta kenja turlari borligi ma’lum (Stepanyan, 1990). O’rta Osiyo qirg`ovulning 8 ta kenja turlari geografik izolab xolida uchraydi. Bular: Yettisoy, Zarafshon, Amudaryo, Xiva, Tojik, Murg`ob va
Fors qirg`ovullari deb nomlangan. Shulardan O’zbekiston Respublikasi xududida 6 ta kenja turi yashaydi. Quyida ana shu kenja turlar haqidagi malumotlarni keltiramiz.

Zarafshon qirg`ovuli. R. S. Zerafschonicus tarn.


Bu kenja tur qirg`ovullar Zarafshon vodiysi bilan Qashqadaryoning Shahrisabz va Kitob rayonlari atroflaridagi to’qayzorlarda yashaydi. Zarafshon qirg`ovulini bazan tog` daralarida ham uchratish mumkin.
Zarafshon va Qashqadaryo vodiysidagi qirg`ovullar keyingi yillarda juda kamayib ketdi. Ayrim joylarda uni topish amri mahol. Shuning uchun 1959 yili Samarqanddan 12 km narida Zarafshon zakaznigi tashkil qilingan edi.

Xiva qirg`ovuli R. S. Chrysomelos sev.


Qirg`ovulning bu turi Xorazim va Qoraqalpog`istonda tarqalgan bo’lib, Amudaryo vohasi daryo irmoqlari va o’zlashtirilgan yerlarda, orol dengizi bo’ylarida yashaydi.

Tojikiston qirg`ovuli. P. C. Bianchii but.


Bu xil qirg`ovulni Surxon vohasining To’ralang daryosi irmog`i boshlanadigan joydan tortib Amudaryogacha bo’lgan maydonlarda uchratish mumkin. Bu yerlarda ham qirg`ovul kamayib ketayotganligini ko’zda tutib, 1962 yilda yo’qolib borayotgan bazi hayvon va parrandalarni, jumladan, qirg`ovulni saqlab qolish hamda ko’paytirishi maqsadida konfrensiya tashkil etilgan edi.

Sirdaryo qirg`ovuli. P. C. Turcestaincus lorenz.


Angeren, Sirdaryo va Chirchiq daryolari bo’yilarida hamda Farg`ona vodiysida yashaydi. To’qayzorlar va qamishzorlarning o’zlashtirilis
Qirg`ovullarning hamma turiga xos biologik ma’lumotlarni eslatib o’tish kerak.
Amudaryo qirg`ovuli P. C. Zarudnyi but- bu o’troq yashaydi. Semirecheps qirg`ovuli P. C. Mongoligus branat ham o’troq yashaydi. Biotop. Yuqorida aytilgandek, qirg`ovullar asosan chakalakzor va butazor-
larda, ko’l va daryo bo’ylaridagi qamish qalin o’sgan pana joylarda yashab, bog`, shuningdek, bug`doyzor va bedazorlarga, supurgi o’t bosib yotgan joylarga ovqat qidirib boradi.Bulardan ko’rinib turibdiki, qirg`ovul yopiq, pana joylarda hayot kechiradigan beozor parranda.
Erkak qirg`ovul qichqirgani tong yorishmasdanoq eshitish mumkin. Lekin ular barvaqt qichqirgani bilan joyidan jilmay, kun yorshishini poylaydi. Qirg`ovul dastavval qorin to’ydiradi. Yaqin atrofdagi bug`doy, arpa, mosh va paxta ekilgan maydonlardan o’ziga ovqat topadi. 2 – 3 soatlardan keyin shu yaqin oradagi daryo yoki ko’lga borib, chanqog`ini bostiradi. Kun qizidi deguncha, soya – salqin joy topib dam oladi. Xo’roz, tovuqlarga o’xshab tuproqqa bulg`anishni yaxshi ko’radi. Kun botib harorat birmuncha pasayganda qamish qalin o’sgan joyda tunashadi, bordiyu, bunday joy bo’lmasa daraxt yoki butalarga chiqib olishadi.
Qirg`ovul yovvoyi qush bo’lsa ham yaxshi ucha olmaydi. Mabodo biror xavf – xatar ro’y bersa yoki dushmanini ko’rib qolsa qochadi, kutilishiga ko’zi etmasagina 2 – 3 m balandlikka uchadi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin