Мундарижа


O’rta Osiyoda Qirg`ovulning tarqalish areali



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə9/13
tarix31.03.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#91720
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bakirova Madina oxirgisi

O’rta Osiyoda Qirg`ovulning tarqalish areali:


Uya qo’yishi, 2. Qishki uchrash joyi

Qirg`ovulni tutish.


Qirg`ovulni ko’paytirishni yo’llaridan biri uni sharoitga moslashtirishdir shu maqsadida respublikamizning ovchilik xo’jaliklari mart, aprel, sentyabr, oktyabr oylarida Sirdaryo va Angren daryolari yoqasidagi suv bosadigan o’tloq joylarda qirg`ovullarni tutishadi. Qirg`ovulni 10 – 15 sentyabrgacha ov qilmagan malum, chunki „am uch oyga to’lmagan qirg`ovul jo’jalari tutqinlikda yashay olmaydi.
Qirg`ovulni qamishzor atrofi, jiydazor, butazorlarga yaqin qishloq xo’jalik ekinlari ekilgan va ariq, daryoga yaqin joylarda tutish oson.
Kuzda qirg`ovullar qayrda ko’p yig`ilganligi suv va ovqatga qatnaydigan yo’llarda, bahorda esa erkak qirg`ovullarni qichqirishidan bilib olish mum- kin.
Qirg`ovullarni tuzoq bilan ovlash qadimdan bor. Bu usul juda oson va unum-lidir, chunki bir kishi kuniga 150 – 200 ga yaqin tuzoq qo’yish mumkin. Lekin bu usulning bir kamchiligi bor. Agar ovchi tuzoqqa ilingan qushni darrov tutib olmasa, qush undan chiqib ketish uchun tipirchilashi va oqibatda oyog`ini mayib qilishi mumkin.
Qirg`ovullarni tomi qamish, tol va shunga o’xshash materiallardan nishab qilib yopilgan uyalarda ham tutish oson. Bunday uyalarni yasash uchun to’rtta qo-ziq kerak bo’ladi. Old tomonidagi ikkita qoziqqni er ustidan bir metr ba- land qilib qoqiladi, uning orqasiga qoqiladigan qoziq esa erdan 45 sm chi-qib turadi. Qoziqlarning orasi 2 m bo’lishi kerak. Uyaning tomi yuqorida
aytganimizdek, qamish, tolga o’xshagan narsalar bilan yopiladi. Shiyponin es- latadigan bunday uyaning osti o’tlardan tozalanadi va uyerga arpa, makkajo’xo-ri sepib qo’yiladi.
Uyani odamlardan panaroq joylarga qurish kerak. Atrofdagi uyadan har to- monga eni 20 – 25 sm so’qmoq qilinadi va don sepib qo’yiladi. Parrandalar so’qmoq yo’ldan donlarni terib eyish bilan ovora bo’lib, uyaga borib qolgani- ni bilmay qoladi. Har bir uya oldiga 15 – 20 tagacha qirg`ovul yig`iladi.
Qushlar uyaga ancha o’rganib qolganlaridan keyin ularni tutish oson bo’ladi. Buning uchun uyani qoplaydigan (4 kv/m li) to’rning bir tomoniga taxta torti-ladi. Shu taxta tirgavuch bilan ko’tarib qo’yiladi. Tirgovuchlarga boylangan ip ovchining bekinib turadigan joyigacha tortiladi. Uya ostiga 5 – 6 ta qush yig`ilishi bilan ip tortilsa bas, taxta erga tushib ketib qushlar to’r ichida qoladi.
Bunday uyalar, bir tomondan, qirg`ovullarning kuz, qish paytlarida ovqat- lanishi uchun xizmat qilsa, ikkinchidan, ularni tutishda qopqon vazifasi-ni o’taydi. Suv ichgani bogan, dalada va uya atrofida donlab yurgan qirg`ovul- larni tutishda o’z – o’zidan yopiladigan qafas juda qo’l keladi. Qafas yengil (500 – 700 gramm) va uni o’rnatish ko’p vaqt talab qilmaydi. Bir kishi qushga 70 – 80 ta qafas o’rnatishi va uni kuzatib turishi mumkin. Qafasga tushgan qush deyarli shikastlanmaydi. Qirg`ovullarni va umuman qushlarni tutishda boshqa usullarga nisbatan qafas bilan qushlarni yil bo’yi ovlash mumkin.
Qirg`ovullarni tutishda bazan to’rdan foydalansa bo’ladi. To’r bilan ku- niga 25 – 30 qushni tutish mumkin.
To’r qirg`ovullar ko’proq yig`iladigan chingil, jiyda butalar ostida kuril- gan uya atrofidagi joylarga tutiladi. To’rning uzunligi 100 – 125 m, ba- landligi 3m va to’r orasi 40 x 40 mm bo’ladi. agar xo’jaliklarda tayyor to’r bo’lmasa uni qo’lda to’qish ham mumkin.
Qirg`ovulni to’r bilan ov qilishning eng qulay vaqti ertalab va kechqurun, parrandalar ovqatlanayotgan paytdir.
To’r o’rnatib bo’lingan, uning ikki ochiq tomonidan 4 – 5 kishi parranda- larni to’r ichiga joylaydi. Lekin bunda ehtiyotlik bilan harakat qilish ke-rak, aks xolda qushlar uchib ketishi ham mumkin. Qushlar bezovta qilinsa yashirinishga shoshiladi. Qushlarni shunday haydash kerakki, ular to’ppa – to’g`ri to’r tomon yo’l olsin. Mazkur usul bilan bir yo’la 6 – 8 qirg`ovul tujsa bo’ladi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin