Muqobil energiya manbalari


-amaliy mashg’ulot. Energiya tejamkorligi



Yüklə 1,91 Mb.
səhifə16/26
tarix24.02.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#85397
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26
YO‘NALISHGA KIRISH Amaliy mashg\'ulot

14-amaliy mashg’ulot. Energiya tejamkorligi.

O‗zbekistonning energiya sig‗imi iqtisodi o‗rta rivojlanish


darajasidagi davlatlarga nisbatan taxminan ikki hissa yuqoriligi energiya tejamkorligi bo‗yicha keng masshtabli tadbirlar o‗tkazilishi uchun asos bo‗lib hisoblanadi. Zamonaviy energiyaga bo‗lgan talabdagi energiya tejamlik potensialining 40-45% dan foydalanilmayapti.
Bu potensialdan foydalanish yoqilg‗i qazib olishdan ancha arzon. Uning
uchdan bir qismidan ko‗prog‗i yoqilg‗i energetika kompleksining butun texnologik zanjiri va sanoatda, shuncha qismi kommunal-maishiy
sektorda, 20% qishloq xo‗jaligida va 10 % ga yaqini transportdadir.
Respublikada energiyaga bo‗lgan talabning yuqori darajadaligi energiya talab etadigan jarayonlarning past texnikaviy darajasi va ishlab chiqarish energiya sig‗imi tizimi bilan belgilanadi.
O‗zbekiston Respublikasining 2010 yilgacha energiya tejamkorlik
Davlat dasturining asosiy vazifasi yangi texnologiyalar, mashinalar, jihozlar, maishiy uskunalar asosida yoqilg‗i-energetik manba‘larini ishlatish samarasini oshirishni ta‘minlash va dunyo miqyosidagi boshqa texnikaviy vosita va transportni qo‗llash, hamda ularni tejashning ma‘muriy-huquqiy, texnikaviy, iqtisodiy, texnologik va tashkiliy tadbirlari kompleksini o‗tkazishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi yonilg‘i energetika majmunini rivojlantirishning strategik yo‘nalishi energiyadan oqilona foydalanish va energiya tejamkorligi masalalari hisoblanadi. Ushbu masalalarni ko‘rib chiqishda elektr energiyani tejashning siyosiy, iqtisodiy, tashkiliy, boshqaruv, texnik va texnologik jixatlariga kompleks tarzda yondoshish lozimdir.
O‘zbekistonning davlat siyosati va energetika strategiyasi o‘zida
quyidagilarni aks ettiradi:
-energiya tejamkorligini, yoqilg‘i energetika majmuini ishlab
chiqarish tarkibiy tuzilishini takomillashtirish;
-faoliyat yurituvchi quvvatlarining tarkibiy tuzilishini o‘zgartirish;
-ikkilamchi resurslardan foydalanish;
-kichik va o‘rtacha IES larni qurish;
-energiyasi mo‗l-ko‗l bo‘lgan va energiya taqchil bo‗lgan tumanlarni
birlashtirishga asoslangan mintaqaviy energetika siyosati yuritish;
-atrof-muxitga texnogen jarayonlar ta‘sirini qisqartirishga yo‗naltirilgan ilmiy-texnik va ekologik siyosat yuritish;
-tashqi iqtisodiy energetik hamkorlikni yo‗lga qo‘yish;
-narx va soliq siyosati asosida energetika siyosatini yuritish mexanizmlari;
-investitsiya sohasidagi iqtisodiy siyosatni takomillashtirish;
-energetik komplekslar hamda me‘yorlarni ishlab chiqish. Sanoatda energiya iste‘molini tejash bo‘yicha 10 yil mobaynida, ya‘ni
1995 yilgacha amalga oshirilgan har xil tadbirlar natijasida yevropa mamlakatlarida energiyaning umumiy iste‘molini qisqartirish va 20% tejalishiga yerishildi. 1995 yilgacha esa energiyani sanoat ishlab chiqarishining qo‘shimcha ravishda ko‘payishiga erishilishi hisobiga yana
20% ga o‘sdi. Birinchi 20% tejamkorlik juda kam miqdorda kapital
mablag‘ sarflanishi hisobiga amalga oshirildi. 1995 yildagi 20% tejamkorlikka esa katta mehnat sarfi evaziga erishildi, bu miqdordagi tejamkorlikka erishish ko‘p darajada samarali bo‘lgan yangi texnologiyalarni qo‘llash va ko‘p miqdorda kapital yo‘naltirishni talab etdi.
Energiya tejamkorligi masalalarini ko‘rib chiqishda elektr energiya, issiqlikni tejashga doir barcha chora-tadbirlarni qo‘llagan holda kompleks yondoshuvdan foydalanish muhimdir.



Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin