15-amaliy mashg’ulot. Energetik audit va energiya tejamkorligi.
Energiya tejamkorlik sohasida ustuvor yo’nalishlarga quyidagilar kiradi: Tashkiliy – iqtisodiy yo’nalishlar: 1. Noan`anaviy va tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish
to‘g‘risidagi qonunni ishlab-chiqish va qabul qilish;
2. Yoqilg‘i-energetika resurslarini ishlab chiqish va foydalanish doirasida me`yoriy huquqiy bazani takomillashtirish;
3. Davlat sektorida energiya tejamlashni moliyalashning yangi bozor
mexanizimlarini rivojlantirish;
4. Energiya tejamlashning respublika, soha va rasional dasturlarini ishlab – chiqish va bajarish mexanizmining samaradorligini oshirish; 5. Soha iqtisodiyoti va loyihaviy rivojlantirishning energetik samaradorligini, davlat ekspertizasini takomillashtirish;
6. Energetik ko‘rikdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha rejalashtirilgan tadbirlarni o‘z vaqtida bajarish ustida nazoratni ta`minlash. YER sarfini rivojlanish - me`yorlash tizimini rivojlantirish.
7. Mahsulotni energiya sig‘imdorligi va energiya iste`moli bo‘yicha
sertifikatlash;
8. Qaytarish asosida innovatsion fond mablag‘idan energiya tejamlash tadbirlarini moliyalashtirish ulushini ko‘paytirish;
9. Energiya samarador innovatsion loyihalarni tatbiq etish uchun bank kreditlaridan foydalanishni kengaytirish sharoitlarini yaratish;
10. Ilmiy texnik dasturi ko‘lamida ishlab-chiqarilgan yangi energiya samarador texnologiyalar, jihoz va materiallarini faol tatbiq etish;
11. Hamma joylardagi tashkilotlarni, energiyadan tejamli foydalangani uchun maxsus rag‘batlantirish. Bu rag‘batlantirish davlat xo‘jalik hisobidagi tashkilotlarni byudjet mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi;
12. Noan`anaviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini, keng masshtabda tatbiq etish uchun, ularning harajatini qoplash muddatini pasaytirish maqsadida iqtisodiy va institutsional sharoitlarni yaratish;
13. Energiya tejamlash doirasi uchun kadrlar bilimi va tayyorgarligi
sifatini oshirish, hamda O‘zbekistonda energiya tejamlash faoliyatini
axborot ta`minotini oshirish.