Elektrenergetik tizim deb o`zaro bog`langan shunday elementlarning yig`indi siga aytiladiki ular elektr energiya ishlab chiqaradi, o`zgartiradi, uzatadi taqsimlaydi va iste'mol qiladi.
Elektr energetik tizim elementlariga: generatorlar-mexanik energiyani elektr energiyaga; transformatorlar-kuchlanish va tokni boshqa qiymatga o`zgartiruvchi; elektr uzatish liniyasi-uzoq masofalarga energiyani uzatish uchun; barcha turdagi yordamchi jihozlar; tizim xususiyatini o`zgartiruvchilar, shuningdek boshqaruvchi va rostlovchi qurilmalar kiradi.
Tizim rejimi- ish jarayonida ma'lum vaqtda holatini belgilovchi holatini belgilovchi parametrlaridir. Bunday parmetrlarga quvvat, kuchlanish, tok, chastota va boshqalar kiradi.
Rejim-o`tkinchi va o`rnatilgan holat turlarga bo`linadi. O`rnatilgan rejimio`rnatilgan parametrlar o`zgarmasdan saqlanib turadi yoki juda sekin kam o`zgaradi. O`tkinchi rejim tizimni bir o`rnatilgan holatdan ikkinchisiga o`tishidir.
Elektr tizimning elementlarining fizik xususiyatlari va ular orasidagi o`zaro bog`lanishni tizim parametrlari xarakterlaydi.
Ularga: elementlarning qarshiligi, inertsiya momenti, doimiy vaqti bo`lib-ular elektr va mexanik qiymatlar va boshqalarning o`zgarish tezxligini xarakterlaydi.
Elektr tizimning elementlari borayotgan yagona jarayonda bog`langan. Masalan, elektromagnit jarayonlarning kechishi-elektr tarmog`ida g`alayonlarni bo`lishi, turbinaning . ya'ni mexank energiyani elektr energiyaga o`zgarishiga ta'sir ko`rsatadi. Bunga esa o`z navbatida iste'molchilar bo`lgan elektr dvigatellar va ularning ishchi mexanizmlari ta'sir ko`rsatadi. Turbinaning ish rejimining o`zgarishi, bug` o`tkazgichblarda bug`ning parametrini o`zgarishga va bug`-generatorlarining ishini o`zgarishiga olib keladi.
IES yoki GES –organik yoqilg`i va suvni chiqimi tizimda iste'mol qilinayotgan energiyaga bog`liq bo`ladi. Ko`mir, gaz va neft bilan ta'minlovchi tiimlar elektroenergetik tizim bilan birgalikda yagona energetik tizimni yuzaga keltiradi.
Elektr energetika tizimi shunday qilib boshqa tizimlar bilan uzviy bog`liqdir.
Elektr energetik tizimni loyihalash va taraqqiyotida va rejimlarini boshqarishda quyidagilarni hisobga olish kerak.
A) Grafik holda tasvirlash uchun elektr energetik tizim va shuningdek uning elementlarini shartli belgilari, smvollari hamda boshqa umum qabul qilingan. Belgilanishlari: