Muqobil energiya manbalari



Yüklə 1,91 Mb.
səhifə11/26
tarix24.02.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#85397
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
YO‘NALISHGA KIRISH Amaliy mashg\'ulot

Kondensatorlar. Turbinadan chiqqan bug` sovitilish uchun maxsus qurilmalar bo`lgan kondensatorga beriladi. Kondensator tsilindrsimon korpus bo`lib, ichiga ko`p miqdorda latun trubkalar joylashtirilgan. Trubkalarga suvni kirishida temperaturasi10150C, chiqishida esa suvning temperaturasi 20-250C bo`ladi. Bug` latun trubkalarning tashqi devoriga urilib suv darajasigacha sovuydi.1kG bug`ni sovutish uchun 50-100 kg/suv kerak bo`ladi. Agar suv daryodan olinib kondensatorga berilsa,sung daryoga tashlansa bu sovutish to`g`ri oqma deyiladi. Yopiq maxsus sovutish tizimlarda balandligi 50m gacha bo`lgan suv sovutgichlar (gradirnaya) quriladi. Ularda sovutilgan suv kondensatorlarga bug`ni sovutish uchun beriladi.


9-amaliy mashg’ulot. Quyosh energetikasi.

Quyosh –bu hayot manbai va planetamizda asosiy hamma turdagienergiya manbasi hamdir. Hozirgi vaqtda to`g`ri quyosh energiyadan foydalanishga asosiy diqqat qaratilgan. Quyosh elementlarida fotoeffekt hodisasidan foydalaniladi, ya'ni yorug`lik ta'sirida jismlardan elektronlarni yulib chiqaradi. Fotoeffektni 1887 yil Gerts ochgan va uni 1888 yil aniqlab, Gerts tekshirgan. Fotoefffekt allaqachondan buyon ma'lum bo`lgani bilan uning tabiati haligacha to`liq o`rganilmagan. Fotoeffektdan amaliy foydalanish elektr energiya olish uchun so`nggi yillarda yarim o`tkazgichlarning qo`llanilishi bilan mumkin bo`lib qoldi.



Elektronlar (n-tur), teshikli (p-tur) yarimo`tkazgichning jipslashtirgan kontaktlar farqi potentsiali buo`lib, elektronlar diffuziyasi bo`ladi. Agar teshikcha turli o`tkazgichli yarimo`tkazgich yoritilsa, uning elektronlari yorug`lik kvantlarini yotib, elektron o`tkazuvchanli yarim o`tkazgich bo`ladi. Yopiq zanjirda bu paytda elektr tok yuzaga keladi. Hozirgi vaqtda keng takomillashgan kremniyli fotoelementla rdir. Kremniyli fotoelement qishda va yozda yaxshi ishlaydi. Qishda yorug`lik oqimining kamayishi FIK o`sishi bilan kompensatsiyaladi. Temperaturaning kamayib ketishida kremniy fotoelementni FIK 15%ga yetadi. Katta miqdordagi quyosh energiyasining yerga tushishi (masalan 0,15 MVt s 1m2 yilda) quyosh radiatsiyasi zichligining pasayishi atmosferaga va yilning vaqtiga bog`liqdir. Quyosh stantsiyasini yerning sun'iy yo`ldoshida yaratish mumkin. Bunda quyosh energiyasi 24 soat ichida akkumulyatsiya bo`ladi va stantsiyaning effektiv ishlashiga bulutlar, havo halaqit bermaydi. Energiyani yerga uzatish ultra qisqa to`lqin kanali bo`yicha bajariladi. Quyosh stantsiyasining sun'iy yo`ldoshining printsipial ishlash tamoyili va uning umumiy ko`rinishi 15.4-rasmda ko`rsatilgan. Yo`ldoshning quyosh energiyasi kollektori o`lchash quvvatiga qarab o’lchami har xil bo`lishi mumkin (20-100 km2 gacha).


  1. Yüklə 1,91 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin