Muqobil energiya manbalari



Yüklə 1,91 Mb.
səhifə9/26
tarix24.02.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#85397
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26
YO‘NALISHGA KIRISH Amaliy mashg\'ulot

Ekssergiya. Issiqlik mashinalarining xususiyatlarini analiz qilishda energetik balans to`ziladi. Ba'zi hollarda issiqlik balansi deb ataladi. Masalan: IES da issiqlik balansi ya'ni organik yoqilg`ining yonishi va olingan issiqlik miqdori 100% deb olinib undan elektr energiya ishlab chiqarishda har xil elementlarda saqlanishi taqqoslanadi. Bu issiqlikni sifatini hisobga olib xarakterlovchi eksergiya materianing maksimal ish bajarish qobiliyati bo`lib, natijaviy holati atrof muhit va termodinamika muvozanati sharti bilan aniqlanadi.
Bunda T1 issiqlik tashuvchi temperaturasi, K; T2 atrof muhit temperaturasi.
Issiqlik sifati uning ish qobiliyatini aniqlashi eksergiyada namoyon bo`ladi.Qayerda eksergiya katta bo`lsa,usha joyda issiqlik isrofi kamayadi. Ishchi jismni temperaturasi qanchalik atrof muhit temperaturasiga yaqin bo`lsa, shuncha issiqlik energiyasini yaroqliligi past bo`ladi. Eksergiyani konsentratsiyasi qancha yuqori bo`lsa, shunchalik inshootlar va energetik qurilmalarning ekspluatatsiyasi ko`rsatkichlari yaxshi bo`ladi.
Energiya resurslarini zahiralari va kovlab olish ko`rsatkichlarini baholashda,ularning foydali iste'molini aniqlash bilan bajariladi. Texnik qurilmalarni takomillashishi birlamchi energoresurslardan tularoq foydalanish imkonini beradi. Jism massasi m=m0 / 1*(v/c)2
bunda m0 -tinch holdagi massasi (υ =0)с=3*1010sm/s yorug`lik nuri tezligi.
Agar jism harakati nulga teng bo`lsa, unda m=m0.Agar tezlik oshirilsa jism massasi oshadi va (υ/c=1)uning massasi cheksiz bo`ladi.
Jism energiyasi
E=m*c2
FIKni oshirish va energiya jarayoni aktual masala hisoblanadi. FIK ni vatanimizda oshirish muhim hisoblanadi.
7-amaliy mashg’ulot. Energiya ishlab chiqarish.


Energiya – yunon tilidan olingan bo‘lib, harakat, faoliyat degan ma‘noni anglatadi. Energiya — har qanday koʻrinishdagi materiya, xususan, jism yoki jismlar tizimini tashkil etuvchi zarralar harakatining hamda bu zarralarning oʻzaro va boshqalar zarralar bilan taʼsirlarining miqdoriy oʻlchovi. Bu ish bajarishga bo‘lgan qobiliyatdir, ish esa ob`ektga fizik kuch (bosim yoki gravitatsiya) ta`sir etganda bajariladi. Ish bu harakatdagi energiya. Barcha mexanizmlarda ish bajarilganda energiya bir turdan ikkinchi turga aylanadi. Lekin bunda bir tur energiyasini har qanday o‘zgarishida ham boshqasiga nisbatan ko‘proq olish mumkin emas, chunki bu energiyaning saqlanish qonuniga ziddir. Energiyaning quyidagi turlari mavjud: mexanik, elektr, elektromagnit, issiqlik, kimyoviy, atom (yadro ichki).
Xalqaro birlik tizimi (SI) da energiyani o‘lchash birligi sifatida 1 Joul (J) qabul qilingan. 1 J=1nyuton metrga (Nm) ekvivalentdir. Agarda hisob- kitoblar issiqlik, biologik va energiyaning ko‘pchilik boshqa turlari bilan bog‘liq bo‘lsa, u holda o‘lchov birligi sifatida sistemadan tashqari birlik qo‘llaniladi - kaloriya (kal), 1 kal=4.18 J. Elektr energiya Vatt∙soat (Vt*s, kVt*s, MVt*s.) da o‘lchanadi; 1 Vt*s=3.6 MDj. Mexanik energiyani o‘lchashda 1kg*m qiymatdan foydalaniladi, 1kg*m=9.8 Dj.

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin