Muqobil energiya manbalari


-amaliy mashg’ulot. Elektr tarmoqlar



Yüklə 1,91 Mb.
səhifə14/26
tarix24.02.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#85397
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26
YO‘NALISHGA KIRISH Amaliy mashg\'ulot

12-amaliy mashg’ulot. Elektr tarmoqlar.

Elektr energetik tizimlarning asosiy elementlari elektr energiyani ishlab chiqaradi, o`zgartiradi, uzatadi va iste'mol qiladi.


Elektr stantsiyalarda har xil energiyadan-organik yoqilg`ining ximik energiyasi, ichki energiya, gidroenergiya va boshqa turdagi energiyadan elektr energiya olinadi. Elektr energiyani o`zgartirish, uzatish va iste'mol qilishda tarnsformatorlar qo`llaniladi. Elektr energiyani uzatishda havo va kabel liniyalari qo`llaniladi. Iste'moli asosan o`zgaruvchan tok dvigatellarida bo`ladi.
Sinxron generatorlar turbinaning mexanik energiyasini elektr energiyaga aylantiradi. GES va issiqlik elektr stantsiyalarda asosan gidro va turbogeneratorlar qo`llaniladi. Ularni sovitishda havo, vodorod va suv ishlatiladi. Generator bilan bir o`qda turbina joylashgan bo`lib ularning bloki 8-12 tagacha bo`ladi, quvvati esa 4000-6000 MVt dan oshadi.
Shaxsiy iste'moli uchun blokda energiya chiqimi 4-8% bo`ladi. Blokni ishga tushirish uchun uning yordamchi shaxsiy iste'moli mexanizmlari yurgiziladi. Turbinaga bug`ni berib, temperaturasi va bosimi oshirilib boriladi. Aylanishi nominaliga yetkaziladi. So`ngra qo`zg`atish toki beriladi va energotizimga ulanadi. Ulangan generator turbinasiga beriladigan bug`ni oshirib blok yuklamasini ko`paytirib boradi. Turbageneratorlarni asoan kchlanishi 24 kV gacha bo`ladi. Energiyani uzoq masofalarga uzatish uchun kuchlanishni 110-1150 kV va undan yuqori oshirish kerak bo`ladi.
Elektr energetik tizimda har xil turdagi qo`shimcha elementlar qo`llanilib, ularga mumkin bo`lgan avtomatika, kommutatsiya appparatlari, muvozanatlovchi
(kompensatsiya) qurilmalar va boshqalar kiradi.
Bilimlarni chuqurlashib kengayishi, texnikaning rivojlanishi asosida elektr energetik tizim elementlarining konstruktsiyalari takomilashadi va xarakteristikalari yaxshilanadi. Elektr energetik tizim elementlarining ishi tamoyili elektr texnikasi qonunlari asosiad bo`ladi.
Keng territoriyada joylashgan elektr iste'molchilarni elektr bilan ta'minlash uchun XEUL qurish zaruriyati tug`iladi.
Elektr energiyani masofalarga uzatish bir qator avzalliklarga ega:
-yakka holdagi energiya manbalarini qo`llash;
-generatoralarning yig`indi zaxira quvvatlarni kamaytirish;
-maksimum yuklamaga mos tushmagan yuklamalarni vaqtidan foydalanish.
-GES ning quvvatidan to`laroq foydalanish.
Iste'molchilarni elektr bilan ta'minlashni ishonchliligini oshirish va boshqalar.
Uzoq masofaga energiyani uzatishda o`tkazuvchanlik qobiliyati muhimdir. Elektr uzatish liniyalari muhimdir. Elektr uzatish liniyalari muhim inshootlar toifasiga kiradi va uning ishonchli ishlashi har xil kompensatsiyalovchi qurilmalar hamda avtomatik rostlovchi, boshqaruvchi qurilmalarni qo`llanilishiga bog`liq. Eneregetika tizimini bir qator mamlakatlarda analiz qilib ikki asosiy tendentsiyaga ajratildi:

  1. Elektr stantsiyalarni territoriyani birlashgan energotizim egallagan bo`lsa arzon energiya manbasi bo`lmasa yoki manbalardan foydalanib bo`lingan bo`lsa, elektr iste'mol markaziga yaqinlashtirish mumkin.

  2. Elektr stantsiyani arzon energiya yaqinida qurish va elektr energiyani iste'mol markaziga uzatish.

Elektr uzatish , neft jo`natish va gaz uzatish birgalikda malakatning yagona elektr ta'minoti tizimini yuzaga keltiradi.

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin