Muqobil energiya manbalari



Yüklə 1,3 Mb.
səhifə17/22
tarix23.01.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#80353
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Muqobil energiya manbalari (1)

Ishni bajarish tartibi.


  1. O‗lchashni boshlash uchun o‗lchagich lyuksmetrni gorizontal holatda o‗rnatiladi. Uskuna shkalasi strelkasi nolda turishi tekshiriladi, buning uchun fotoelement, щlchagich lyuksmetrdan ajratiladi. Zarurat tugilganda korrentor yordamida uskuna strelkasi nolga qo‗yiladi. Fotoelementni o‗lchagichga qo‗shiladi.

  2. Yorug‗likni o‗lchashdagi ko‗rsatkichlar hisobi ketma-ketligi quyidagicha: Tanlangan nasadkalar yordamida (yoki nasadkasiz) bosilgan tugmaga qarshi o‗lchashlar diapazonining katta ko‗rsatkichi aniqlanadi. O‗ng tugma bosilgan holda, uning to‗g‗risida o‗lchash diapazonining katta ko‗rsatkichi 10 belgilangan, ko‗rsatkichlar hisobi uchun 0 – 100 shkalasidan foydalanish kerak. Chap tugma bosilgan holda, uning to‗g‗risida o‗lchash diapazonining katta ko‗rsatkichi 30 belgilangan, 0–30 shkalasidan foydalanish kerak. Uskuna ko‗rsatkichini shkala bo‗yicha bo‗shashish koefitsyentiga ko‗paytiriladi. Bo‗shashish koeffitsyenti qo‗llaniladigan nasadkalarga bog‗liq, M.R.T. nasadkalarda ham: Misol uchun: Fotoelement KR nasadkasi o‗rnatilgan, chap tugmasi bosilgan, strelka 0 – 30 shkalada 10 ni ko‗rsatyabdi. O‗lchanayotgan yorug‗lik quyidagiga teng; 10*100=1000 Ex

  3. To‗g‗ri ko‗rsatkich olish uchun lyuksmetr fotoelementini ortiqcha yorug‗likdan extiyot qilish kerak, buning uchun nasadkani to‗g‗ritanlash kerak. Shu bilan birga, agar o‗lchanadigan yorug‗lik o‗lchami noma‘lum bo‗lganda, o‗lchashni fotoelementga KT nasadkalarni qo‗yishdan boshlash kerak.

  4. Qoida bo‗yicha yorug‗lik aniqlashda fotoelement ishchi joylarga gorizantal holda o‗rnatiladi, gorizantal joylashgan o‗lchagich bo‗yicha hisobni fotoelementga ma‘lum bir masofada olinadi, bundan maqsad o‗lcham olayotganning soyasi fotoelementga tushmasligidir.

  5. O‗lchash oxirida:

    • Fotoelement lyuksmetr o‗lchagichdan ajratiladi;

    • Fotoelementga T nasadkani kiyg‗iziladi;

    • Fotoelementni futlyarning qopqog‗iga joylashtiriladi.


Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin