Galogen lampa va ventilyator elektr ta‘minotidan yoqiladi, keyin yoritish lampasi lyuksmetr yordamida o‗lchanadi, tok qiymati, termo- EYUK esa termoelektrik batareyaning yuzasida joylashgan ―issiq‖ va
―sovuq‖ haroratlar farqidan aniqlanadi.
3-rasmda o‗lchangan natijalar asosida TB termo-EYUK ning haroratlarlar farqi ΔT ga bog‗lanish grafigi keltirilgan.
rasm. Vismut-tellur asosidagi termoelektrik batareyaning termo- EYUK ning haroratlar farqiga bog‗liqligi
Grafikdan ko‗rinib turibtiki, termo-EYUK haroratlar intervalida ΔT ga chiziqli ravishda bog‗langanligini ko‗rishimiz mumkin, kuchlanish gradienti esa ~0,076 V/grad. TB ning elektr quvvati quyidagi formuladan aniqlanadi.
i=1
𝑃𝑇ℎ =£𝑡ℎ ×𝐼𝑚i𝑛. ∑n Ui
(1)
Bunda £𝑡ℎ- TBning volt-amper xarakteristikasini to‗ldirish
i=1
koeffitsiyenti, n- termoelektrik ustunlar juftlari soni, ∑n Ui – ketma ket
ulangan termoelektrik ustunlar termo-EYUK yig‗indisi.
O‗lchash natijalari oralig‗i 5 daqiqa vaqt intervaliga davom ettiriladi va TBdan vaqt intervali davomida generatsiya bo‗lgan tok va termo-EYUK orasidagi bog‗lanish grafik yasaladi (4-rasm).
Grafikdan malumki, galogen lampadan perpendikulyar ravishda tushayotgan yorug‗lik nuri mis plastinaning yuzasini kuchli ravishda qizitadi, oqibatda TB ning ―issiq yuza‖da nafaqat harorat ko‗tariladi va shunga mos ravishda TBda generatsiya bo‗lgan tok va vaqt o‗tishiga bog‗langan termo-EYUK qiymatlarining o‗sishi kuzatiladi.
rasm. TB termo-EYUK va tokining vaqt intervaliga bog‗liqligi Talabalar bilimlarini chuqurroq boyitishlari hamda natija olib
ko‗rishlari uchun Zebeek effekti asosida issiqlik energiyasini elektr energiyaga o‗zgartiradigan laboratoriya stendi ishlab chiqildi. Olingan natijalar asosida 1-jadvalni to‗ldiring
1-jadval
№
Vaqt intervali (min.)
I(mA)
T1(mV)-
termo- EYUK
T2(mV)-
issiqlik- EYUK
TB
quvvati (mVt)
∆T harorat farqi (0C)
1
0
2
5
3
10
4
15
5
20
6
25
7
30
8
35
Hisobotlarni tayyorlash
Berilgan laboratoriya ishiga zarur bo‗lgan ma‘lumotlarni ko‗rib chiqish.
Ishning nomi va uning maqsadi.
Termoelektrik materiallar, ularning sinflanishi. Zebek va Pelte effekti haqida ma‘lumotlar. Termoelektrik generatorlar va ularning qo‗llanilishi haqida to‗liq ma‘lumotlar yoziladi.
Tajriba natijalari bo‗yicha 1-jadvalni to‗ldiring.
Xulosa yozish.
Nazorat savollari
TB ning issiqlik-EYUK ga ta‘rif bering?
Bir kaskadli termoelektrik batareya qanday qismlardan iborat? 3.Zebek effektiga asosan haroratning turli qiymatlarini aniqlashning
usullari
4. Past haroratli termoelektrik materiallarni bilasizmi?
Ishdanmaqsad Quyosh nuridan hosil bo‗ladigan yoritilganlikni o‗lchash.
Lyuksmetr bilan ishlashda amaliy bilimlarga ega bo‗lish.
Qisqacha nazariy ma’lumotlar
Fotoelektrik lyuksmetr LX-101 qishloq xo‗jaligida, ko‗plab ishlab chiqarishda, ilmiy-tadqiqot izlanishlarda, konstruktorlikda hamda loyihalash tashkilotlarida yoritilganlikni o‗lchash sifatida qo‗llaniladi.
Texnikko‘rsatkichlar: Hozirgi vaqtda o‗lchashlar diapazoni va qo‗llanadigan nasadkalarning umumiy nominal bo‗shashish koeffitsyentini birinchi 1-jadvalda keltirilgan.
1-jadval
O‗lchamlar oralig‗i
Asosiy
Asosiy bo‗lmagan
Nasadkasiz ochiq
fotoelementi bilan
Nasadka bilan
KM
(lyuks)
KR
(lyuks)
KT (lyuks)
5-30
20-100
50-300
200-
1000
500-
3000
2000-
10000
5000-30000
20000-100000
Ilova. KM, KR, KT – Umumiy bo‗shashish koeffitsyentini hosil qilish uchun ishlatiladigan nasadkalarning sharti belgilari 10,100,1000.
Asbob shkalalari bir maromda bo‗lmaydi, birinchi shkala 100 ga bo‗lingan, ikkinchisi 30 ga bo‗lingan. Shkala 30 dagi ―5‖ belgisi, shkala 0
100 dagi ―20‖ belgisi, oraliqlarni o‗lchashdagi boshlang‗ich o‗lchamlarga to‗g‗ri keladi, ular nuqta bilan belgilanadi.
Lyuksmetr uchun ruxsat etilgan xatoliklar chegarasi, o‗lchashning asosiy diapazonida 5 – 30 va 20 – 100 lX (nasadkasiz) o‗lchanayotgan yorug‗lakdan 10% ga oshmasligi kerak.
1-jadvalda ko‗rsatilganidek, o‗lchashning asosiy diapazonidan nasadkalar bilan asosiy bo‗lmagan diapazonga o‗tishida o‗lchanayotgan yorug‗lik ko‗rsatkichidan 5% dan oshmasligi kerak.