Quyosh kollektorlarining texnologiyasi o‗ta yangi deb bo‗lmaydi. Quyosh kollektorining birinchi modeli shishadan, yog‗och korobkadan va ichki qizuvchi qatlamdan yaratilganligi shvetsariyalik olim Goratsiy Sossyur tomonidan 18 asrda yaratilgan. Olim shu vaqtda bu konstruksiyaning ―kichik, arzon va oddiy‖ ekanligini ta‘kidlab o‗tgan. Amaliyotda birinchi bo‗lib bunday qurilmadan suv isitish uchun 19 asr oxirida Janubiy Kaliforniyada foydalanishni boshlashdi. Har xil firmalar yog‗och qutiga o‗rnatilgan, suv uchun qora bak ko‗rinishidagi va bir tomoni shisha bilan qoplanib quyoshga orientir qilingan sodda quyosh kollektorlarini ishlab chiqarishni boshlashdi. Bu holatda suv tun davomida
sovib qolib, ertangi kunda qizishini kutishga to‗g‗ri kelardi. 1909 yilda Kaliforniyada Vilyam Beyl suv uchun bakdan alohida o‗rnatilgan va issiqlikni issiqlik almashinuvchi kontur orqali uzatadigan zamonaviy yassi kollektorning prototopini yaratdi. Quyosh kollektorlarining industriyasi asosan AQSH ning Kaliforniya, Florida shtatlarida 1940 yillarning oxirigacha rivojlandi, so‗ngra suv isitishda elektr va gaz narxi kamaydi, shu sababli quyosh kollektorlarini ishlab chiqarish to‗xtadi. Quyosh kollektorlarining ikkinchi istiqboli 1970 yillarda neft krizisi vaqtida narxlar juda yuqoriga ko‗tarildi. Natijada ko‗pgina davlatlarda quyosh kollektorlarini massoviy ishlab chiqarish boshlanib, bu ayniqsa AQSH, Yaponiya, Avstraliya va O‗rta Yer dengizi hududlarida davom etdi.
Izroilda 1950 yillardan boshlab energiya tanqisligi sezila boshladi. Energiya tanqisligi shundan iborat ediki, kechqurungi, tungi vaqtlarda suv isitishga Izroil qonunchiligi tomonidan ta‘qiq bor edi. Bunday vaqtda mamlakatda suv isitish quyosh tizimlarini ishlab chiqarish rivojlandi. 1967 yilga kelib mamlakatning 20% aholisi quyosh kollektorlaridan foydalanishga o‗tdi. 1970 yillarda energetika krizisi vaqtida parlament qonun chiqardiki, yangi qurilayotgan uylar suv isitish quyosh tizimlari bilan ta‘minlanishi zarur. Hozirgi vaqtga kelib natijada Izroilda 85% ga yaqin uylarda quyosh kollektorlari xizmat qiladi. Ular tomonidan ishlab chiqarilgan energiya mamlakat energiya iste‘molining 3% ni tashkil etadi va yiliga 2 mln. barrel neftni tejaydi.
2000 yillarda energiya resurslarining narxi ko‗tarilishi bilan ishlab chiqarishda yangi bosqich boshlandi va quyosh kollektorlaridan foydalanish kengaydi. 2010 yil boshlarida sayyoramizda o‗rnatilgan quyosh kollektorlarining quvvati 150 GVt ortib ketdi (havo kollektorlari va basseynlarni isituvchi quyosh tizimlaridan tashqari).